Takrorlash uchun savollar


Download 22.74 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi22.74 Kb.
#1232897
Bog'liq
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. O’zSSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan sanani aniqlang.
1990-yil 20-iyun
2. “O'zbekiston Respublika­sining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida”gi qonuni nechta moddadan iborat? 17 ta
3. Mamlakatimizda qachondan o‘lim jazosi bekor qilingan? 2008-yildan
4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasiga muvofiq, Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo'mondoni hisoblanadi? 93-modda
5. O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi qachondan doimiy faoliyat yurituvchi organ sifatida faoliyat boshlagan? 2014-yil
6. Bugungi kunda O’zbekistonda nechta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda? 29 ta
7. 1998-yildan boshlab paxtachilikda qaysi davlat texnologiyalari asosida tomchilatib sug'orish usuli yo'lga qo'yildi? Isroil
8. O’zbekistonda “SamAuto” (Samarqand avtomobil zavodi) qo'shma korxonasi qachon tashkil etildi? 1999-yil
9. 2015-yilgi statistika bo‘yicha O’zbekistonda o'rtacha umr ko‘rish yoshi necha yoshni tashkil etgan? 74 yosh
10. O’zbekiston hududida o‘z madaniyati va o‘z an’analariga ega bo'lgan nechta millat va elat vakillari yashaydi? 130 dan ortiq
11. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan?2000-yilda
12. 2008-yildaXalqaro intermodal logistika markazi qayerda tashkil qilingan?“Navoiy”
13. 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra aholisining soni 3 mlndan oshgan hududlarni aniqlang.Samarqand, Farg’ona, Andijon, Qashqadaryo
14. 2005-yil – «Sihat-salomatlik yili»da qancha yolg‘iz nuroniyning uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, kam ta’minlangan oilalar va keksa fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi? 2 mingga yaqin
15. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining nechanchi moddasida «O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» deyilgan? 8-modda
16. YUNESKO 1995-yil qaysi shaharda «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni qabul qilgan?Parijda
17. Shomahmudovlar oilasi haykali qachon «Xalqlar do‘stligi maydoniga qaytarildi»? 2018-yil
18. 2007-yili AYSESKO tomonidan qaysi shaharga « Islom madaniyati poytaxti» maqomi berildi? Toshkentga
19. Bugungi kunda respublikada nechta diniy konfessita mavjud? 16 ta
20. 2017-yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qaysi shaharda tashkil qilingan? Samarqandda
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlash bo’yich komissiya nechta kishidan iborat bo’lgan? 64 kishi
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining …-sessiyasida, xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o’zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o’tdi? 72 sessiya
Quyidagi qaysi rang qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi? Siyoh rang
Uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli dinamik aniqlab olish bu—…? Strategiya
Huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora bu—….? Sanksiya
O’zbekistonda sovet tuzumi davrida qanday iqtisodiy siyosat olib borilgan? rejalashtiruvchi iqtisodiy siyosat
O’zbekistonni dengiz yo’liga olib chiqadigan eng yaqin yo’l qaysi davlat orqali o’tgan? Afg’oniston
Toshkent-Samarqandni bog’lovchi tezyurar poyezd? Afrosiyob
Tezyurar poyezdning 2015 yilda qaysi yo’nalishi ishga tushirildi? Qarshi
Dunyoda necha davlat dengizga to’g’rida-to’g’ri chiqish imkoniga ega emas?
34 davlat
Toshkent xalqaro aeroportiga qachon O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov nomi berildi? 2017
Jamiyatda ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritish nima deyiladi?ko‘ppartiyaviylik
O’zbekistonda saylovlarda ishtirok etish yoshi nech yoshdan boshlanadi? 18 yosh
2017-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qanday nomlandi? Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
Qachon Harakatlar Strategiyasi tasdiqlandi? 2017-yil 7-fevral
Mahalliy davlat hokimiyatining mustaqil organi bo’lgan Mahalliy vakillik organlariga qaysi tuzilma kiradi? Xalq deputatlari Kengashlari
Mahalliy hokimiyatning vakillik organlariga necha yoshga kirgan fuqarolar saylanadi? 21
O‘zbekiston bugungi kunda qaysi qo‘shni davlatlar o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda? Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston
O‘zbekiston bugungi kunga qadar nechta davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan? 133 ta
“Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi»da «O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog‘liq» deb qaysi mintaqa nazarda tutilgan? Markaziy Osiyo
Qaysi konsepsiyda O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ta’kidlandi? tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi
Qachondan boshlab O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr boshlandi? 2017-yildan
Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, qanday organ negizida tashkil qilingan? xalq deputatlari Sovetlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari qaysi organlarga bo’lindi? vakillik va ijroiya hokimiyatiga
Xalq deputatlari Kengashlari qaysi organga kiradi? Mahalliy vakillik organlariga
Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli bu…… sessiya
Viloyat va Toshkent shahar hokimi kim tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi? O’zbekiston Respublikasi prezidenti
Tuman va shaharlarning hokimlari kim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi? Tegishli viloyat hokimlari
Tuman va shaharlarning hokimlari qaysi organ tomonidan tasdiqlanadi? Xalq deputatlari Kengashi
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari kim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi? Tegishli shahar hokimi
Tumanlarga bo’ysunadigan shaharlarning hokimlari kim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi? Tuman hokimlari
Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi kimning shu joylardagi vakili hisoblanadi? O’zbekiston Respublikasi prezidentining
Hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb ataladigan institut, O‘zbekistonda nima deb ataladi? Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda necha yoshga to‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan? 18
Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. ….. yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, …… yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, ….. yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega 35. 25,21
Jamiyatda demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovi nima hisoblanadi? siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi
Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu…… O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
1991-yilning noyabrida asos solingan partiya qaysi? O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
2000-yil aprelda qaysi ikki partiyalarning qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi va ikkita partiya birlashdi? Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi
O`zbekistonda so`m valyutasi qachondan muomalaga kiritildi? 1994 yil 1 iyul
Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi nimaga qartilgan? jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga
Qaysi partiyaning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.? O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)qachon tashkil topgan 2003-yil noyabrda
Qaysi partiya o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi
Qaysi partiya umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi? O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)
Qaysi partiyaning asosiy maqsad vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat.? O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidi
Qaysi partiya besh yillik faoliyati o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi? «Vatan taraqqiyoti»
Qaysi partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi? O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
«Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni qancha deputatdan iborat bo‘ldi? 150
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga ilk bor Murojaatnomasi qachon e’lon qilindi? 2017-yil 22-dekabrda
1993-yil 9-aprelda … Qaraqalpog’iston Konstitutsiyasi qabul qilindi
Ro’za hayitini qachondan dam olish kuni deb e’lon qilindi? 1992-yil 27-martda
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti - ISESCO
Toshkentga nechanchi yilda Islom madaniyati poytaxti maqomining berildi? 2007
“O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonuni necha moddadan iborat? 17 modda
O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbida quyidagi qaysi rang mavjud emas? Qirmizi
Konstitutsiya bo’yicha umumxalq muhokamasida jami qancha fikr bildirildi? 6 ming
Qachonga kelib O’zSSR ning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi? 1990-yil 20-iyun
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’ristidagi qonun necha moddadan iborat? 17
O’zbekistonda ilk marotaba saylovlarda qaysi partiyalardan nomzodlar ko’rsatilgan edi? Xalq va Erk
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga nechtadan ko’p bo’lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa nechitadan ko’p bo’lmagan deputatalar 5-yil muddatga saylanadi? 60, 30
Nechi yoshdan kam bo’lmagan fuqaro O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, nechi yoshga to’lganlar Oliy Majlisga, nechchi yoshga to’lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega? 35, 25, 21
1993-yil 1-noyabrda O’zbekistonda qanday pul muomalaga kiritildi? so’m-kupon
1994-yil 1-iyulda so’m muomalaga kiritilganda necha xil pul muomalaga chiqariladi? 7
1994-2001-yillarga mo’ljalnagan Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’lining uzunligini belgilang? 700 km
O’zbekiston dengizga chiqa olmaydigan nechta davlatdan bittasi hisoblanadi? 34
2010-yilda qaysi ikki davlatdan olib intensive texnologiya asosida pakana va yarim pakana olma, nok, gilos, shaftoli, ko’chatlari ekildi? Ukraina va Polsha
Dotatsiya bu…? lot. - tuhfa
Diversifikatsiya bu…? lot. O’zgarish
Milliy valyutaning amaldagi kurs bo’yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqtorda almashtirilishi bu? Konvertatsiya
Bugun O’zbekistonda qancha milliy madaniy markazlar millatlararo totuvlik g’oyasini hayotga tadbiq etmoqda? 138
YUNESKO tomonidan qaysi kun “Xalqaro bag’rikenglik kuni” deb e’lon qilingan? 16-noyabr
Konfessiya bu…? lot. Tan olish
Magistr so’zi qaysi so’zdan olingan bo’lib “ustoz”, “boshliq” ma’nolarini beradi? lotincha
Nechinchi yildan boshlab yurtimizda to’liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi? 2009-yil
”O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risidagi’’ Qonun Oliy Majlisning nechanchi sessiyasida qabul qilingan? 11
Nechanchi yildan boshlab parlament Oliy Majlis nomi bilan ataladigan bo’ldi? 1995 yil
Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil nima deyiladi? Deputat
O‘zbekistonda favqulodda sudlar tuzishga ……. yo‘l qo‘yilmaydi
Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi …… o‘tkazildi? Sudga
O‘zbekiston Respublikasida 14-yanvar qachondan boshlab «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi? 1993-yildan
Lotincha – sud qilish, sud jarayoni degan ma’noni anglatadigan atamani toping. Yurisdiksiya
Mahalliy vakillik organlariga nima kiradi xalq deputatlari Kengashlari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qaysi sessiyasida, xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi? 72-sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan Harakatlar strategiyasi qaysi yillarga mo‘ljallagan? 2017–2021-yillarga
Qachon Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan «Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi? 2007-yilda
Toshkent islom instituti kimning nomiga qo‘yilgan? Imom Buxoriy
Quyidagi qaysi atama lotinchadan – tan olish, e’tirof etish degan ma’nolarni anglatadi? Konfessiya
Qachondan boshlab har yili 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda? 1997 yil
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” raisi bir paytning o‘zida… Prezidentning Davlat maslahatchisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarga o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkil etilgan jamg‘arma qaysi? Umid
Kimning tashabbusi bilan Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berildi? O‘zbekiston Respublikasi hozirgi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi Pezidentligiga muqobillik asosida saylov qachon bo’lgan ? 1991 yil 29-dekabr
Prezident mamlakat Qurolli kuchlarining oily bosh qo’mondoni hisoblanishi konstitutsiyamizning nechanchi moddasida aytib o’tilgan? 93-modda
BMTning Bosh kotibi kim? Antoniu Guterrich
Toshkentda birinchi bo‘lib qaysi davlatning elchixonasi ochildi? AQSH
BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot –bu… YUNESKO
Islom Karimov qaysi asarida yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi? “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li"
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qachon qabul qilingan? 2017 yil 30 iyun
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qaysi davlat ramzi qabul qilindi? O‘zbekistonning Davlat gerbi
O‘zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda necha kishini tashkil etgan? 21,5 mln kishini
1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug‘anievich Karimov uchun ovoz berishda qatnashganlarning necha foizi ovoz berdi? 86 foizi
“Transparenky International”ning indeksi qanday indeks hisoblanadi? Korrupsiyani qabul qilish indeksi
Qachonga kelib O’zSSR ning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi? 1990-yil 20-iyun
Harakatlar strategiyasiga qanday masalalar kiritilgan? Ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni qachon qabul qilgan? 2020 yil 2 iyun
BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining -(YuNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida nechanchi o‘rinni egalladi? 92
“Transparenky International”ning indeksi qanday indeks hisoblanadi? Korrupsiyani qabul qilish indeksi
“Vorld Justise Projekt” qanday indeks ? Qonun ustuvorligi indeksi
“Global innovatsiyalar indeksi” qaysi tashkilotga tegishli? Xalqaro intellektual mulk tashkiloti
BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami nechta milliy indikator tasdiqlangan? 206
O‘zbekiston qaysi indeks bo‘yicha 191-o‘rinda turadi? Normativ sifat indeksida
O‘zbekiston qaysi indeks bo‘yicha 184-o‘rinda turadi? Normativ sifat indeksida
O‘zbekiston qaysi indeks bo‘yicha 183-o‘rinda turadi? Korrupsiyani nazorat qilish indeksida
O‘zbekiston qaysi indeks bo‘yicha 182-o‘rinda turadi? Qonun ustuvorligi indeksida
Jahon matbuot erkinligi indeksida nechanchi o‘rinda turibmiz? 156
GREKO nima? Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi
Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling