Oilada bola tarbiyasi
Download 195 Kb.
|
OILADA BOLA TARBIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Oilada bola tarbiyasi MUNDARIJA: KIRISh Asosiy qism: 1. Oilada milliy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari 2. Sharq va g’arb mutafakkirlari oilada tarbiyalash to’g’risidagi fikrlari 3. Oilada bolalarni milliy ruhda tarkib toptirishning shakllari va vositalari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Har qanday mustaqil davlat o’zining iqtisodiy, siyosiy ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha tayanch yo’nalishlarni belgilab oladi. Ushbu yo’nalishlar asosida asosiy maqsad va vazifalar aniqlanadi. Xuddi shuningdek O’zbekiston Respublikasi ham turli hayot sohalar bo’yicha o’z yo’nalishlarini, maqsad va vazifalarini belgilab oldi. Hamda ularni hal qilinishi davlat, millatning porloq kelajagini belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimiznining iqtisodiy – ijtimoiy, manaviy – ma’rifiy rivojlantirish jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar ayniqsa ta’lim sohasini tubdan isloh qildi. «Ta’lim to’g’risidagi qonun»1, asosida ta’limning quyi bosqichidan boshlab oliy ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim – tarbiyasini sifat jixatidan qayta ko’rib, uni yangilashga muvaffaq bo’lindi. Yosh avlodni tarbiyalash murakkab va ko’p qirrali jarayon. Yoshlarni har tomonlama ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muxim va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizning taqozosidir. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Oila insoniyatning naslining davomchisidir. O’zbekiston Respublikasi o’tish davri jarayonida ham mamlakatning ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha sharoitga mos ravishda har tomonlama rivojlantirish haqida xarakatlar qilmoqda. Ushbu ishlar mamlakatning ta’lim – tarbiya sohasini ham o’z ichiga olgan. Bunga misol tariqasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Qonunlarini keltirish mumkin». Ushbu xujjatlar ta’lim – tarbiya sohasini to’liq takomillashtirish, yoshlarni milliy an’analar asosida tarkib toptirish masalalariga ham qaratilgan. Mana shu fikrlar nuqtai – nazarida bitiruv ishiga tanlangan mavzu o’zining dolzarbligi va muximligi bilan ajralib turadi. Shuni ta’kidlaymizki xalqning keng qatlamlarini va birinchi o’rinda yoshlarni umuminsoniy va milliy ma’naviy talablariga mos ravishda tarkib toptirish o’ta muhimdir. Tanlangan muammo hozirgi paytda o’rganish arafasida turibdi, chunki uni o’rganish har tomonlama ma’noda tahlil qilish kelajak avlodni ijobiy tomondan shakllantirish masalasini hal qilishda katta rol o’ynaydi. Shu ma’noda Oynisa Musurmonova, A.Munavvarov, M.Ochilov, Malika Inomovalarning tadqiqotlari katta e’tiborga molik, oilada bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda xalq an’analarining milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda va uni shakllantirish borasida bir qator pedagogik muammolarni yechishga xarakat qiladi. «Bizning nazarimizda – deb ta’kidlaydi Malika Inomova – barcha xalqlarda bo’lganidek o’zbek an’analari zamirida mazkur xalqqa xos qadriyat sifatida namoyon bo’ladi». Ana shu narsa yoshlarda milliy ong, milliy g’ururni shakllantirishiga yordam beradi. Haqiqatdan ham taqqos qilib tadqiqotchi qayd etgani kabi bolalarda milliy g’urur, milliy ong, milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyat an’analari orqali shakllanadi va tarbiyalanadi. Mavzuning dolzarbligini yana bir muhim sabablaridan biri sobiq tuzim davrida qator urf – odatlarimiz, an’analarimizna putur yetganligi tufayli ularda kelib chiqadigan va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy qadriyatlarimiz ham xira torta boshladi. Xalqimizga xos bo’lgan xushmuomilalik, andishalik, bolajonlik, kattaga xurmat – kichikkka muruvvat, mehr – shavqat ko’rsatish, xalollik kabi odatlarimiz sekin – asta yo’qola boshladi. O’zbek xalqiga xos bo’lgan milliy odatlarimizga zid bo’lgan ovropacha odatlarga ko’r – ko’rona taqlid qilish kuchaydi. Maslan kelin – kuyovni to’y bazmida o’pishishlari va davraga chiqib o’ynashlari va hakozolar. Mustabid yillarda milliy oilaviy tarbiyada milliy va ma’naviy qadriyatlardan o’z o’rnida foydalanmaslik ko’plab ko’ngilsiz voqyealarni keltirib chiqaradi va hozir ham yosh avlodning tarbiyasiga ta’sir ko’rsatmoqda. O’quvchilarga o’zbek xalqini maktabda va oilada milliy qadriyatlar sohasida qimmatli g’oya va tajribalarning moxiyati mazmuni haqida ta’lim – tarbiya bermasdan turib, o’quvchilar tarbiyasida jiddiy o’zgarishlar kutish qiyin. Tarbiyaga o’rgatilgan fazilatlarni o’quvchilardan qanday qilib talab qilish mumkin axir? Xalqimizda «Aql, bozorda sotilmas» - degan naql bor. Shunday ekan oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash har birimizning hoxish irodamizga qat’iy nazar olib borish shart bo’lgan hayotiy extiyojdan kelib chiqadigan zaruriyatdir. Yuqorida yuritilgan fikr – muloxazalarimizdan kelib chiqqan holda ishimizning maqsadi o’quvchilarni o’z millati va uning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari, an’analari, urf – odatlari haqida to’la ma’lumot berish, o’zligini anglash, milliy ong, g’ururga ega bo’lish bilan bog’liq milliy bilim ko’nikma va odatlarni shakllantirish eng muximi bolani o’z qadrini bilishga va o’zgalarni qadrlashga o’rgatishdan iboratdir. Ushbularni xisobga olgan xolda biz o’z ishimizga yosh avlodni milliy urf - odat va an’analarini turli tomonlari xaqida fikr yuritish va imkon darajasiga uni ochib berishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Mana shu fikrlar negizda xalqning milliy an’analari xalq tomonidan qadrlanishi uning o’ziga xos xususiyatlari xaqida tasavvur tushuncha va ma’lumot berish xozirgi vaqtda dolzarb masalalardir. Ushbu fikrlar negizida mavzuning ilmiy jumbog’ini qo’g’idagicha izoxladik: Milliy urf odat», «milliy an’analar deganda nimalar ko’zda tutiladi? Bizning yuqorida bayon etilgan ilmiy ishimizning maqsadidan kelib chiqqan holda bitiruv ishimizning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi. - Milliy an’analari haqida nazariy va amaliy tushunchalar berish. - Milliy an’analar yosh avlod tarbiyasida, ularda milliy g’urur, milliy ong, milliy iftixor, milliy o’zlikni anglash bevosita ijobiy ta’sir qiladigan vositaligi haqida o’quvchilarda ishonchni hosil qildirish, tushuntirish anglatish haqida samarali takliflar kiritish. - Milliy an’analari tiklanayotganligi, ularga nisbatan kishilar munosabatini o’zgarayotganligi, eng muhimi ma’naviyatni rivojlanish borasidagi, davlat siyosatining izchil va qat’iyat bilan olib borayotganligi oilaviy tarbiyaning mazkur muammosini ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatni ochilayotganligini tushuntirish. - O’quvchilarda milliy an’analarni qadrlash, hurmatlash tuyg’usini o’stirish va tarbiyalashning o’ziga xos jixatlarini tahlil qilish va hakozo. Oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda milliy urf – odatlar va qadriyatlarning tutgan o’rnini va o’rgatish va tahlil qilish asosiy maqsadimiz ekan. Shu maqsadda o’zbek xalqi udumining tiklanishi millat milliy an’analar chuqur milliylik bilan umuminsoniylik bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganishdan ruhiyatga xulq – atvor falsafasiga ega bo’lish jarayonlarini tahlil qilishdan iborat. Xo’sh bu maqsad va vazifalar qanday amalga oshiriladi. Bizningcha bu vazifani ilmiy hal qilishning to’g’ri yo’li o’quvchilar ongida xalqning tarixi va millat sifatida rivojlanishi haqida ham milliy an’analar to’g’risida ilmiy ma’lumot berishdan boshlash demakdir. Buning uchun har bir millat mavjud ekan albatta u millatning rivojlanishi uchun tarbiya mazmuni mohiyati o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilib qo’ymog’i kerak. Aksincha, shunday tarbiyaviy tadbir olib borilmasa, millatning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati va axloqi haqida to’la ilmiy ma’lumotga ega bo’la olmaydi. Tarbiyani milliy qadriyatlar asosida olib borib bormoqchi bo’lsak, ularni e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar avvalo ota – ona o’ziga mujassamlashgan bo’lishi zarur. Demak ota – ona oilada bolalarni milliy qadriyatlar asosida, ularda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi uchun qanday ta’lim – tarbiya berishi lozim degan savol tug’iladi? Bu savolga javobni kurs ishimiz orqali yoritib berishni lozim topdik. Download 195 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling