Takrorlash uchun savollar


Download 22.43 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi22.43 Kb.
#102790
Bog'liq
3 мавзу топширик SAVOLLAR javobi


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. "Xalqaro-huquqiy javobgarlik" tushunchasi nimani bildiradi?

2. Xalqaro-huquqiy javobgarlik instituti manbalari mavjudmi?

3. Kimlar xalqaro-huquqiy javobgarlik subyekti bo`lishi mumkin?

4. Xalqaro-huquqiy javobgarlikning qanday turlari va shakllari mavjud?

5. Xalqaro-huquqiy javobgarlikni vujudga keltiruvchi qanday

asoslar bor?

6. Xalqaro-huquqiy javobgarlik qanday amalga oshiriladi?

7. "Xalqaro jinoyatlar" nima degani?

8. Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslar qanday javobgarlikka tortiladi?

9. Xalqaro jinoyat sodir etgan xalqaro tashkilotlar qanday javobgarlikka tortiladi?

10. "Restitutsiya" va "reparatsiya" nima?
1. "Xalqaro-huquqiy javobgarlik" tushunchasi nimani bildiradi?

Xalqaro-huquqiy javobgarlik - huquqbuzarlik subyektining xalqaro huquqni boshqa subyektiga etkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo`yicha Yuridik majburiyatlaridir.



2. Xalqaro-huquqiy javobgarlik instituti manbalari mavjudmi?

Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi me’yorlar asosan xalqaro shartnomalarda o`z aksini topgan, shuningdek, BMT va bosh-qa xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalarida tasdiqlangan. Xalqaro huquqda eng avvalo davlatlarning xalqaro javobgarligi xususida so`z boradi. 1969 yildan BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi tegishli me’yorlarni kodifikatsiya qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda.



3. Kimlar xalqaro-huquqiy javobgarlik subyekti bo`lishi mumkin?
Huquqbuzarlik holati (mutlaq javobgarlikda - moddiy zarar etkazish holati) aniqlanganda zarar ko`rgan taraf da’vo qo`zg‘atadi. Da’vo qo`zg‘atuvchi faqat bevosita xalqaro huquqning zarar ko`rgan subyekti bo`lishi mumkin.

Faqat xalqaro huquq subyektlarigina xalqaro-huquqiy javob-garlik subyekti bo`lishi mumkin. Jismoniy va mustaqil Yuridik shaxslar oddiy huquqbuzarlik uchun bunday javobgarlikka tortil-maydilar, chunki bunda fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga keladi.


4. Xalqaro-huquqiy javobgarlikning qanday turlari va shakllari mavjud?

Javobgarlik - xalqaro huquqning eng qadimiy institutlaridan biridir. Biroq, ushbu institutning huquqiy me’yorlari hanuzgacha kodifikatsiya qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida shakllangan oddiy-huquqiy me’yorlarga asoslanadi.


5. Xalqaro-huquqiy javobgarlikni vujudga keltiruvchi qanday

Siyosiy javobgarlik boshqa subyektlarning manfaatlarini himoya qiluvchi xalqaro huquq me’yorlarini buzish (masalan, diplomatik vakolatxonalarning daxlsizligini buzish) holatidan kelib chiqadi.

Moddiy javobgarlik xalqaro huquq me’yorlarini buzish holat-lari majmuining mavjudligidan, huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar kelib chiqishi va huquqbuzarlik bilan zarar o`rtasida bevosita sababli bog‘lanishning mavjudligidan kelib chiqadi.
6. Xalqaro-huquqiy javobgarlik qanday amalga oshiriladi?

Davlatning qilmishi faqat xalqaro huquq asosida xalqaro huquqqa xilof deb baholanishi mumkin. Faqat subyektning harakati (harakatsizligi) mazkur majburiyat bo`yicha undan talab qilinadigan xatti-harakatlarga mos kelmagan taqdirdagina xalqaro majburiyat buzilishi tan olinadi. Bunda ushbu majburiyat shartnomaviy yoki oddiy-huquqiy harakaterga ega ekanligining ahamiyati yo`q.

Xalqaro jinoyat sodir etilganda huquqbuzarga da’voni har qanday davlat yoki bir necha davlatlar qo`g‘atishi mumkin.

Moddiy zararni qoplash miqdori hujjatlar bilan asoslanti-rilishi va tasdiklanishi lozim.


7. "Xalqaro jinoyatlar" nima degani?

Xalqaro jinoyatlarga davlatlar va xalqlarning hayotiga, xalqa-ro huquqning asosiy tamoyillariga, xalqaro tinchlik va xavfsiz-likka tajovuz qiladigan og‘ir xalqaro huquqqa xilof qilmishlar kiradi.


8. Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslar qanday javobgarlikka tortiladi?

Hozirgi xalqaro huquqda jismoniy shaxslarning tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun indi-vidual javobgarligi tan olinadi. Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyat uchun javobgarligi ko`proq ularning jinoiy qilmishi davlatning jinoiy faoliyati bilan bog‘liq ravishda vujudga keladi. Jinoyat sodir etgan davlat xalqaro-huquqiy javobgarlikka, jismoniy shaxslar - jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


9. Xalqaro jinoyat sodir etgan xalqaro tashkilotlar qanday javobgarlikka tortiladi?
Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi ularning xalqaro shartnomalardan va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan o`z xalqaro majburiyatlarini buzishi oqibatida vujudga keladi.
10. "Restitutsiya" va "reparatsiya" nima?

Moddiy xalqaro-huquqiy javobgarlik restitutsiya (huquqbuzarlikka qadar bo`lgan moddiy holatni tiklash) va reparatsiya (zarar ko`rgan tarafga etkazilgan zararni pul bilan yoki boshqa tarzda qoplash) shakllarida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan, etkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatida ifodalanadi.
Download 22.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling