«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob. “Avesto” O’rta Osiyo tarixini aks ettiruvchi tarixiy manba sifatida
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 2 Kirish
- Islom Karimov
1 «AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA R e j a: Kirish I-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri. 1.1. Zardushtiylik e’tiqodining vujudga kelishi. 1.2. Zardushtiylikning tarqalishi va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri. II-bob. “Avesto” O’rta Osiyo tarixini aks ettiruvchi tarixiy manba sifatida 2.1. “Avesto” kitobi va undagi tarixiy ma’lumotlar bayoni 2.2. “Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining moddiy ma’naviy merosi sifatida 2.3. “Avesto” da ijtimoiy tuzumning aks etishi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 2 Kirish “Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi 1 . Islom Karimov O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan. “Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan 1 .Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelalak yo`q. –T.: Sharq. 1998. 1 25-bet 3 eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi “Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan 2 . ’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan .Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqini dagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilarMarkaziy Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va e`tiqodlari, payg’ambarlari va ular ta`limotlarining yoyilishi ko’pgina olimlar orasida ilmiy munozaralarga sabab bo’layotgan masaladir. Ma`lumki, Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din zardushtiylik edi. Bu ta`limotning asoschisi Zaradushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” va paydo bo’lgan hudud haqidagi masalalar ham Hozirgi kunda Ko’pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi. Umuman olganda, 2 Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.M. Mirizyoyev.- Toshkent. O’zbekiston. 2017. 4 Zaradushtraning Vatani Markaziy Osiyo deb hisoblovchi olimlar ko’pchilikni tashkil e’tadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling