«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA
42 Xulosa «Avesto» qadimgi O`rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonning tarixi, siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, goegrafiyasi va tabiati, ilm-fani, etnografiyasi va hokazolar bilan tanishtiruvchi manba sifatida ham juda qimmatlidir. «Avesto»da tasvirlangan jamiyat chorvachilar va dehqonlarning qadimgi jamiyatidir. Unda o`z davrida emirila borgan ibtidoiy jamoa tuzumi ham, quldorlik va tug`ilib kelayotgan feodal munosabatlari ham qisman bayon etiladi. Kishilar xudolarga murojaat qilib, ulardan ko`p chorva, katta yaylovlar va sug`oriladigan keng ekin maydonlarini tilaganlar. «Avesto» chorvasi, yaylovi va ekin maydoni ko`p bo`lgan kishilar ham, tobe bo`lgan yo`qsillarni ham ko`z o`ngimizda gavdalantiradi. Zodagonlar mol- mulklarini ko`paytirish uchun qo`l ostilaridagi dehqonlarni va chorvadorlarni eksplutasiya qilish bilan qanoatlanmay, bosqinchilik urushlari olib borib, chorva mollarini, yangi yaylovlarni va qullarni qo`lga kiritadilar. Zardushtiylikning sinfiy mohiyati Axura Mazdaning so`zlarida ham ravshan ifodalanadi, u xudo qiyofasidan chiqib, tobora shoh qiyofasiga yaqinlashib boradi. «Avesto» madaniy hayotning turli sohalariga doir, chunonchi , qadimgi medisina, astronomiya, kosmogoniya va falsafaga doir material va ma’lumotlar ham beradi. «Avesto» ma’lum darajada adabiy yodgorlik hamdir. Unda badiiy til vositasi, obrazli so`zlar xiyla ishlatilgan bo`lishidan tashqari og`zaki adabiyot yodgorliklarining to`plagan bir manba hamdir. Unda Kayumars, Yima, Gershasp, Arjasp va boshqa mif hamda afsonalar hikoya qilinadi. Uning ancha qismi (asosan «Gotlar» va «Yashi» ) she’r bilan bitilgan. She’riy misralar hijolarning miqdori prinsipi asosida tuzilgan. Yasht ko`pincha 8 (ba’zan 10-12) hijoli misralardan tarkib topgan. «Avesto» kitobi mukammal suratda nashr etildi. Ellik bosma taboqdan iborat bu tarixiy-adabiy obida bugungi kungacha er yuzida saqlanib qolgan «Avesto» matnlarini tugal o`z ichiga oladi. Kitob so`zboshi, so`nggi so`z, olti daftar, avestoyi tushunchalar va islohotlar mukammal sharhlangan izohlardan iborat. Nufuzli tahrir hay’ati nazorati ostida chop etilgan kitob shoir Asqar Mahkamning o`n yillik mashaqqatli va samarali mehnati tufayli tilimizga o`girildi. 43 Qo`limizdagi «Avesto» kitobi Zardushtning «Gohlar»i bilan boshlanadi. Gohlar bu ulug` obidaning eng qadimiy bo`limlaridan, yoxud Zardushtning beklik qo`shiqlaridan tashkil topgan. Aslida avestoyi «Goso» bo`lgan bu istiloh keyincha tilimizda «goh» shaklida o`zlashdi, chunonchi, «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh» va hokazo. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tabiri bilan aytganda “Avesto” ning tub ma`no –mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal 17 ” degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi manaviy idiallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechogli mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa etiborlidir” deb yozdi Islom Karimov. Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson bo`lib yetishishlari shart. Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi. Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz. 17 Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so’zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling