«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri


 Zardushtiylikning tarqalishi va uning O’rta Osiyoning


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana15.11.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1775883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA

1.2. Zardushtiylikning tarqalishi va uning O’rta Osiyoning 
eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri. 
Zardushtiylik-ilgarigi diniy tasavvurlar va ko’p xudochilikka asoslangan diniy 
e`tiqodlarni takror zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu 
qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko’p 
tadqiqotchilar zardusht tarixiy shaxs bo’lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab 
ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e`tirof 
etadilar. Bu haqiqatga yaqindir. 
Zardushtiylik paydo bo’lgan davr dastlabki sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik 
tuzumi endigina paydo bo’layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib 
aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu 
din eng avval o’rta osiyo, so’ng eron, ozorbayjonda qaror topgan edi. 
I.A.Karimov “o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz”
5
degan 
asarida biz o’zbek xalqi mansub bo’lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, 
betakror ekanini ta`kidlab, bunday degan edilar; “biz jahon maydonida kuni kecha 
paydo bo’lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz xalqimiz ko’xna xorazm 
zaminida “avesto” paydo bo’lgan zamonlardan buyon o’z hayoti, o’z madaniyati, 
o’z tarixi bilan yashab keladi” . 
5
Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so’zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.



O’zining “tarixiy xotirasiz kelajak yo’q“ degan asarida bu fikrni yanada 
kengaytirgan va terranlashtirgan akademik olimimiz yana bunday degan edi: “eng 
mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “avesto” ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. 
Bu nodir kitob bundan xxx asr muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda 
umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy, tarixiy 
merosidir” . Bu, ta`bir joiz bo’lsa shaklan diniy, mazmunan boshdan oyoq 
dunyoviy yozuvning qadr-qimmatini teran anglab, uning o’zbek yozma 
madaniyatining ilk sarchashmalaridan biri sifatida xorazmda yaratilgan durdonaga 
yuksak baho berib, yana bunday deb yozgan edi muallif: “avesto” ayni zamonda bu 
qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan 
guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi” . 
Butun o’rta osiyo xalqlari, jumladan o’zbek xalqi moddiy va ma`naviy 
madaniyatining beshigi xorazm vahasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo’lgan. 
Shulardan keyinchalik o’zbek elati, so’ng xalqi, millati tashkil topgan. 
I.A..Karimov yuqorida qayd etilgan asarida juda o’rinli qayt qilganidek, 
xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Bu o’rinda birinchi davlat 
tashkil topgandan keyingi “yozma tarix” nazarda tutilgan. Yunon, xitoy tarixchi 
sayyohlari o’z xotiralarida yozib qoldirgan,keyin zardushtiylik yozuvlarida berilgan 
tarixiy dalillar g`oyat o’rinli tarzda nazarda tutilgan. 



Xorazmda o’troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan; davlat 
esa uning maxsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil 
avval yaratilgan “avesto”ning qo’lyozmasi, binobarin, yozma tarixning ilk 
debochasi ishonchli dalolat bergan. Yuqorida qayd qilganimizdek, yurtboshimiz 
“avesto” xorazmdek qadimiy o’lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat, qimmatli 
madaniyat yodgorligi ekanligi hech kim inkor eta 
olmasligi ham ta`kidlagan. 
Zardushtning diniy islohotini tushunish uchun 
o’sha davr turonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va 
siyosiy vaziyatni e`tiborga olish kerak. Gap 
shundaki, turon iqlimining kontinental
ya`ni 
nisbatan mo’tadilligi, geografik jihatdan ikki katta 
qit`a o’rtasida, amu va sir daryolari oralig`ida 
joylashgani sababli savdo-sotiqning kuchayishi bu 
mintaqada sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga kelishiga 
sabab bo’lgan. Xuddi shu tarixiy davrda hunarmandchilik va ovchilik ham 
anchagina rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa farg`ona 
vodiysida qorabariy zotiga o’xshash otlar boqish keng ko’lam olgani ham ijtimoiy 


10 
hayotda katta rol o’ynagan. Buning ustiga mis va qo’rg`oshin konlariga boy 
bo’lgan oltoyning yaqinligi bu yerda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bo’lgan.
Zardusht yashagan davrda o’troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon 
bo’lgan. Ammo unga qabilalar o’rtasidagi qirg`inbarot urushlar raxna solayotgan 
edi. Urushlar ko’pincha har bir qabila va elatning o’z xudolariga ko’plab 
qurbonliklar qilish odatlari zaminida ham yuzaga kelardi. O’z davrining kohinlari, 
sehrgarlari va mo’tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan zardusht 
imkonini yaratish uchun ko’pxudolik e`tiqodlariga va otashparast-likka barham 
berib, yakkaxudolikka sig`inishni targ`ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan. 
Shunday qilib, zardushtiylik eradan avvalgi vii-vi asrlarga xos bo’lgan din 
sifatida undan oldingi urug`-qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka 
xudolik dini bo’lgan. U eramizning to vii-ix asrlargacha turli shaklda davom etib, 
so’ngra uning o’rni islom egallagan. U dastavval xorazm vohasida shakllanib, 
yaqin va o’rta sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda. 
Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy 
voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va 
ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqilagi manba hamdir. Unda 
bayon etilgan asosiy g`oyalar diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari zardusht degan 
payg`ambar nomi bilan bog`langan. U “avesto” ning eng qadimiy qismi “gat” (xat 
nomi) ni ijod etgan. “avesto” tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyb milloddan 
avval 3000-yillik oxirlari va 2000-yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha 
o’tgan davrda yuzaga kelgan; avloddan-avlodga og`zaki o’tib olingan, uning buqa 
terisiga yozilgan ko’p qismi yo’qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U miloddan 
avvalgi 3 asrda ashrakiylar sulolasi davrida to’plangan. 
Zardushtiylik dini ta`limotini quyidagi uch tarixiy qismga bo’lish mumkin;
1.Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan 
yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari 
tasvirlangan;
2.Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda axuramazda nomli xudo haqida fikrlar 
yozilgan;


11 
3.Qadimiy ko’pxudolilik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash 
sharoitlarida eramizdan avvalgi v asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini 
shakllangan. “avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. 
Shoh vishtasia farmoniga binoan “zardusht 1200 bobdan iborat pandnomasi 
“avesto”ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan” deb 
yozgandi firdavsiy. Keyinchalik bu “kitob” 12 ming buqa terisiga bitilgan, 
makedoniyalik iskandar zulqarnayn sharq ulamolari bir qismini zabt etganda uning 
nodir nusxasini elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini 
yondirgan”. “avesto” yuqorida aytilganidek, eng qadimiy yakka xudochilikka 
asoslangan dinning birinchi muqaddas kitobigina bo’lib qolmay hozirgacha, 
e`tiborli tarixiy manba va madaniyat yodgorligi hisoblanadi. Unda dastlabki oddiy 
ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan diniy-mifologik tasavvurlar uyg`unlashib ketgan; 
shu zaminda ma`naviy, jumladan ahloqiy barkamol odam ezgulikni barqaror qila 
oladigan kurashchan, adolatparvar insonni shakllan-tirish g`oyasi markaziy o’rinni 
egallagan. “avesto”da tabiiy bilim-lar-agronomiya, meteorologiya, zootexnika, 
meditsina, falakiyot, astronomiya, geografiyaga doir bilimlar ham mavjud. 
Zardushtgacha bo’lgan oxura, mitra, mazda, onaxit va boshqa xudolar haqida 
har xil fikrlar bo’lgan. Ammo ular odamlardek hayot kechirgan bo’lsalar, zardusht 
talqinida oxuramazda oliy ibtido bo’lib, uning na xotini, na bolalari bor. U hamma 
mavjudotlarni yaratuvchi va boshqaruvchi sifatida, ezgulikni barqaror qiluvchi, 
odamlar qalbini munavvar etuvchi oliy ruh sifatida namoyon bo’lar emish. 
Eron shohlari o’z imperiyalarini barqaror qilishda zardushtiylikning o’rni va 
roliga to’g`ri baho berganlar. Biroq, bu dindagi o’rtahol dehqonchilik, mo’tadil, 
kamtarona 
hayotdan 
iborat 
turmush 
tarzini 
ilohiylashtirib, 
quldorlik 
munosabatlarini qoralash ularga yoqmaydi. Shuning uchun eron shohlari 
zardushtiy-likni zardusht payg`ambargacha bo’lgan va yaqin sharqda ham keng 
tarqalgan ko’p xudolilik g`oyalari bilan aralashtiradilar. Zardusht o’rniga o’zlarini 
xudo vahiylarini odamlarga yetkazib turuvchi payg`ambar o’rniga qo’yadilar. 
“kichik avesto”da oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib o’rnatuvchilikdan ko’ra 
ko’proq qabilaviy xudolarni boshqaruvchi bosh xudoga aylantirib qolgan. 


12 
Ahamoniylar gretsiyani bosib olish uchun olib borgan urushlari (bunda markaziy 
osiyodagi turk jangchilari katta rol o’ynagani uchun iskandar zulqarnayn ulardan 
qasos oladi) hamda greklarning eron va turonni ishg`ol etishi oqibatida oxuramazda 
qadimgi gretsiyada bosh xudo zevs, aflotun (platon) sifatida talqin etila 
boshlaganiga tadqiqotchilar e`tiborni qaratadilar. Ahamoniylar zardushtiylikni o’z 
e`tiqodla-riga bo’ysundirgan bo’lsalar, iskandar bu dinni butunlay yo’q qilish 
uchun unga oid yozuvlarni yoqtirib yuborgan. Arab istilochilari eron va turonni 
bosib olishgach, mazdaizm ko’rinishidagi zardushtiylikka e`tiqod qiluvchilarni 
zo’rlik bilan islomga kiritganlar. O’z e`tiqodidan voz kechmaganlarni o’ldirganlar, 
quvg`in ostiga olganlar. Zardushtiylikning bizgacha yetib kelishida unga e`tiqod 
qilib kelayotgan hindistondagi eronliklarning hissasi kattadir. 
Zardushtiylikning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik 
(yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o’lim o’rtasidagi kurashga 
bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni ahuramazda, yomonliklarni ahriman 
ifodalaydi; bu kurashda odam asosiy kuch va rolni o’ynaydi, u tanlash erkinligiga 
ega, u o’z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. 
Demak, hozir ham kimki, o’zining irodasi, aql-zakovatiga ishonib, uni ishga solsa, 
o’ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo’lsa, adolatsiz-likka duch kelsa, unga 
qarshi kurashsa aslo kam bo’lmaydi, adolatning tantanasiga erishadi. 
“Avesto” ning muqaddas kitoblarida qadimgi dunyo falsafaning 4 asoslari 
(substansiyasi)-tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashti-rilgan. Tuproq, suv, havoni 
bulg`ash, ifloslantirish eng og`ir gunohlar qatoriga qo’shilgan. Hatto 
marhumlarning murdalari yerni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasliklari uchun 
ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko’mish rasm bo’lgan. Oxuramazda 
“yerga yaxshi, mustahkam urug`lar sepishdan ortiq savob ish yo’q“, degan. 
Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab 
jonivorni qurbonlikka so’yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish yerdagi yovuzlikka 
barham berish, hisoblangan. “odam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, - 
deyilgan bashoratlarda,-kimki yerga urug` qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, 
shu yo’lgina yagona haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir. Zardushtiylikning vazmin, 


13 
musiqa bilan uyg`unlashib ketgan dono o’gitlari ona zaminga, dehqonchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilikka va vatanga, xalqqa ulug` muhabbat ruhi bilan 
uyg`unlashib ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar 
ko’p bo’lganidan dalolat beradi. 
Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, navro’z, mehrjon 
bayramlari tantanalarida bu ruh ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bo’lgan. 
Boychechakning chiqishi, lolaqizg`aldoqning ochilishi, bodomning gullashi, 
umuman bahor bilan birga tabiatning go’zallashib borishi ezgulik ruhining 
tantanasi bo’lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo’lgan. Odamlar 
tabiatning bu go’zalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga 
aylantirib yuborganlar. 
Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidagi g`oyalar bilan birga real, dunyoviy, 
hozir ham foydali nasihat, tavsiya, cheklash, taqiqlash, rag`batlantirishga doir ugit 
va da`vatlar ko’p bo’lgan. Ulardan hozirgi mustaqilligimiz davrida ham foydalanish 
mumkin va lozim. 
Hozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, ya`ni meros qilib olish 
tamoyili bor. Shunga binoan o’rta osiyoda tarqalgan yahudiylik va islomda 
zardushtiylikning muayyan ta`siri borligi hozir ham seziladi. Bu din keng 
yoyilganligi va uzoq vaqt davom etganligi uchun u ajdodlarimiz ongi, turmushiga 
katta ta`sir o’tkazgan. U ham vaqt, sharoit, o’ringa qarab o’zgargan, 
zamonaviylash-gan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va bilvosita
singgan. Masalan, mehnatga, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni 
rivojlantirishga da`vatlar bajonidil qabul qilingan
6
. Uning to’rt element: suv, 
tuproq, havo, olovni e`zozlash, avaylash, asrash haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa 
dolzarbdir. Shuningdek zardushtiylikdagi halollik, poklik, vijdonlilik, odillik, 
mehnatsevarlik kabi nasixatu da`vatlari deyarli barcha diniy ta`limotlarda ham 
uchraydi. 
Zardusht asos solgan g`oyalar kishilar ongi, turmushiga singib, uzoq vaqtlar 
yashab kelmoqda. Uning olam, odamning yaratilishi, ikki dunyo haqidagi g`oyalari, 
6
«O’zbekiston tarixi» 6-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi”, 2003. 


14 
jannat va do’zax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar 
yozib borilishi, so’roq-savollar, “chinvot” ko’prigi, jihod, erkin va ozod turmushga 
asoslangan barqaror tartibotlarni qaror toptirish, yakka xudo bilan odamlar 
o’rtasidagi vositachi-payg`ambar v.h. To’g`risidagi fikrlar budda, xristian, islom 
dinlarida o’ziga xos ravishda hanuz yashab kelmoqda
7
. Shuning uchun 
tadqiqotchilar jahon dinlarining vujudga kelishi va shakllanishida zardusht asos 
solgan dinning o’rni va rolini munosib baholashlari talab etiladi. Masalan, 
zardushtiy-likka binoan katta va izchil tadqiqot olib borayotgan ingliz olimasi meri 
boys bunday deb yozgan: “zardushtiylikning ulug`vor va original ta`limotlari butun 
yaqin sharq hududiga ta`sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va 
islom paydo bo’lgan”, shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham 
zardushtiylikdan oziqlangan. “shuning uchun, - degan u, - jahon dinlarining barcha 
jiddiy tadqiqotchilari zardushtiylikni o’rganadilar” . 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling