«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri
I-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA
I-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi
xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri. 1.1. Zardushtiylik e’tiqodining vujudga kelishi. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din eramizdan avvalgi vii-vi asrlarda dastavval o’rta osiyoda-xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg`ambari zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdaiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakkaxudolik dinini ijod etgan. Dunyoda yangi dinlarni insonlarga etkazuvchi, ijtimoiy-madaniy hayotda va tarixda o’chmas iz qoldirgan siymolar ko’p bo’lgan. Shulardan biri zardushtdir. U eramizdan oldingi vii asrning oxiri va vi asrning birinchi yarmida axura-mazdani yakka-yagona ilox deb e`lon qilib, tarixda birinchi bor vahdoniyat g’oya siga tayangan - zardushtiylik diniga asos solgan. Zardusht spitama qavmidan (so’g’diycha spitamen degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo’lib, otasini - purushasp, onasini - dug’dova deb ataganlar 3 . Zardushtiylik ini bundan kariyib 3000 yil mukaddam urta shark, urta osiyodagi kupgina davlatlar xududiga yoyilgan va asosiy diniy e`tikodga aylangan. Eramizdan oldingi v-iv asrlardagi qadimgi yunon olimlarining asarlarida ilk bor zardushtning nomi uchraydi. Yunonlar uni zoroastra, u asos solgan dinni esa "zoroastrizm" nomi bilan yuritishgan. Zardushtiylik atamasi dinga nisbatan shartli ravishda ishlatilgan. Bu hol dinni uning payg’ambari nomi bilan boglashdir. Aslida zardusht dini mazda yasna deb atalgan, ya`ni mazdaga, «mutloq oqil» zotga sig’inish demakdir. Zardushtiylik ta`limotiga ko’ra bu dunyoning boshi bo’lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o’lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o’rtasidagi doimiy va kelishtirib bo’lmaydigan kurashlardan iborat. Yo’rug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini 3 Sh.Karimov, R.Shamsuddinov. «Vatan tarixi» Toshkent, “O’qituvchi”, 1997. 64 bet 5 axura-mazda va muqaddas ruh "spenta-mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh angramanyu (keyinchalik axriman deyilgan a.a.) Boshqaradi.. Axriman qo’shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo’lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o’limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. Axura-mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "biz axura-mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o’simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi. Har bir e`tiqodli zardushtiy butun hayoti davomida yuqoridagi uchlikni o’ziga mujassam etmog’i kerak. Bu to’g’risida zardusht: «madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom ila ezgu amalni. Jamiy ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman, jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman" - deb ta`kidlaydi. Tarixiy manbalar va adabiyotlardan ma`lumki, zardushtiylik dinining asosiy qonun-qoidalari, axloqiy g’oyasi, falsafasi, urf-odatlari va an`analari ushbu dinning muqaddas kitobi -»Avesto«da bayon qilingan. «Avesto«ning o’n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilganligi to’g’risida qator tarixiy manba va adabiyotlarda ma`lumotlar mavjud. Ushbu fikrlar hozirgacha qator ilmiy nashrlar va maqolalarda ko’p marotoba ta`kidlangan bo’lsada, biz uchun mazkur faktning uch jihati juda muhimdir. Birinchidan, «Avesto»ning 12 ming qoramol terisiga yozilganligi o’sha davrlarda o’lkamizda chorvachilik xo’jaligi juda taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, biz bundan bir necha ming yillar oldin ham mamlakatimiz xududida yozuv madaniyati bo’lganligi va ajdodlarimizning yuksak rivojlangan hamda nozik hattotlik maktabi bilimdonlari bo’lganligiga ikror bulamiz. Qolaversa ushbu faktning uchinchi muhim jihati shundan iboratki, aynan 12 ming qoramol terisiga muqaddas kitobning yozilganligi, bu davrda teriga ishlov berish san`at darajasida taraqqqiy etganligidan dalolat beradi. 6 «Avesto« nafaqat ko’hna sharq dini, tarixi va ma`naviyatining ilk yozma merosi tarzida, balki buyuk umuminsoniy qadriyati hamdir. Unda mazdoparastlik dinining asosiy qoidalari, farz va sunnatlari, yazdoni pokning yakkayu yagona yaratuvchilik qudrati zikr qilinishi bilan birga milloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalaridan birinchi ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar ilk davlatchilik an`anlari, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, xar-xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o’rni, dunyo va insonning nokomilligi,oilaviy turmush-tarzi va u bilan bog’liq urf-odatlarga oid oid qimmatli ma`lumotlar mavjud. Zardushtiylik ta`limotiga ko’ra bu dunyoning boshi bo’lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o’lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o’rtasidagi doimiy va kelishtirib bo’lmaydigan kurashlardan iborat. Yorug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini axura-mazda va muqaddas ruh "spenta-mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh angramanyu (keyinchalik axriman deyilgan) boshqaradi. Axriman qo’shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo’lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o’limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan 4 . Axura-mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "biz axura-mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o’simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi. Endi esa tadqiqotning asosiy muammosi zardushtiylik urf-odatlari va marosimlarini hada ularning o’zbek halqi an`anaviy turmush -tarzida islomiy an`analar bilan sinkretik tarzda saqlanib kelayotgan ko’rinishlarini tahlil borasida kengroq to’xtalib o’tamiz. «Avesto« ning ko’p o’rinlarida oila, oila a`zolari va oila boshlig’ining vazifasi va majburiyatlari, oilada nikoh munosobatlari turli o’rinlarda, har-xil munosabatlar bilan mahsus bayon qilingan. 4 «Jamiyat va boshqaruv» jurnali, N° 4, 2004 . 7 Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o’zlarining urf-odat va marosimlarini shakllantirganlar. Zardushtiylar yil fasllari bilan bog’liq bayramlar, navro’z, oylar bayrami, ajdodlar e`tiqodi, turli duolar aytish, poklanish marosimlari, o’smirlarni zardushtiylikka qabul qilish (sidrapo’shlik oq libos kiyib, belbog’ bog’lash) va boshqa zardushtiylik tantanalari muhim rol’ o’ynagan. Bundan tashqari zardush¬tiy¬larda nikoh marosimi, bola tug’ilishi va dafn bilan boglik kator marosimlari ham mavjud bo’lib, bularda asosan yaqin qarindoshlari, shahar va qishloqning hurmatli kishilari bilan birga ruhoniy ham ishtirok etgan. Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling