«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri


 “Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining moddiy ma’naviy merosi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana15.11.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1775883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA

2.2. “Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining moddiy ma’naviy merosi 
sifatida 
Ma’lumki dastlabki tsvilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda, so’ngra Yunonistondagi 
Krit orolida Minoy tsvilizatsiyasi bilan boshlangan edi. Shuningdek svilizatsiyalar 
dunyoning ko’plab mintaqalarida bo’lganidek, O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston 
hududlarida ham vujudga keldi. Buni «Avesto» nomi bilan ma’lum bo’lgan muqaddas 
kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik 
zoroast¬rizm) dinidir. «Avesto» ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi 
hisoblanadi. Unda O’rta Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik 
ozarbayjon, afg’on va boshqa xalklarning qadimgi davr-lardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, 
diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z 
aksini topgan. Manbalarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (ba’zi manbalarda 
Zardo’st) ‘bo’lganligi qayd etiladi, U xayotda yashab o’tgan tarixiy shaxs. Taniqli 
faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” jurnalining 1992 yil 11-12-(23-24) sonlarida 
chop etilgan «Zardushtiylik xaqida xaqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 
589-512 yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o’tganligini yozadi. Olimning 
ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma O’rta Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan iloxiyotchi, 
faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. Uning uch o’g’il va bir qizi bo’lgan. 
Zardusht 30 yohga etganda o’zigacha bo’lgan ko’p xudolilik diniy aqidalariga hamda 
tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob - 
«Avesto»ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va 
e’tirof etilgan. 


29 
Shu paytga qadar zardushtiylik hakida olimlar o’rtasida turlicha qarash va g’oyalar 
mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo’lganq Ikkinchisi
yakkaxudolik dini bo’lganmi yoki ko’pxudolik kabi masaladir. 
Ba’zilar Zardushtiylik dinini Midiyada kelib chiqqan desalar, ayrimlar uni eronda 
paydo bo’lgan deb isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani erondir deb isbotlovchi 
olimlardan biri e. Berzinning fikricha, zardushtiylik dini «Hind- eron qabilasi dinidan 
kelib chiqqan».
Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struve, V. V. Trever, S. P. Tolstov, N. Proxorov 
va boshqalar zardush¬tiylik dinining vatani O’rta Osiyo deb isbotlaydilar. A. O. 
Makovelskiy ham shu fikrga qo’shilishga moyildir. Bu guruh olimlar zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi «Avesto»da yakkayu yagona xudo-Oxuramazda 
(«Oxuramazda»—«Yuksak daholi hukmron» demakdir) yaratgan 16 mamlakatning nomi 
berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy bo’lsa, to’qqiztasi O’rta Osiyoga tegishli 
bo’lgan viloyat va shaharlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston 
hududlariga qarashlidir. Masalan: Sug’diyona (Gava), Marg’iyona (Mavru), Baqtriya 
(Baxdi), Nisoya (Ashg’abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Aryonvayjon (Xorazm), 
Varana (Turkmaniston eron chegaralari oraligi) tilga olinadi. «Avesto» kitobida er 
dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeyanlar o’ralganligi, nomlari keltirilgan 
mamlakatlarda xudo Oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht orqali vahiy qilganligi 
haqida yozilgan. 
Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholiging 
markazi Nisoya va Midiyaning eng katta shahri Raga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi 
Kapadia fikricha, Zardushtning iloxiy faoliyati Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx 
shahri bilan bog’liqdir. U podshohlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg’ambariga 
aylanganligiga diqqat-etiborni haratadi. 


30 
Zardushtiylik bo’yicha ilgarigi ko’pxudolilik dinidan rasm-odat bo’lib qolgan 
murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marxum ‘Suyaklarini 
maxsus ostadon (ossuar)larga solib, ko’mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan. 
Bundam ostadonlar tadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta’kidlashicha, asosan O’rta Osiyo 
hududlari er ostidan topilayotir, eron hududida esa 
bitta-yarimta 
uchramoqda, 
xolos. 
Bu 
hol 
zardushtiylikning vatani O’rta Osiyo deb aytish 
uchun tarixiy asos bo’la oladi. 
Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o’zi bizgacha 
etib kelmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy 
manbalar bor xolos. Zardusht yashagan davrda 
kishilik jamiyati ilga-rilab rivojlana bordi. O’rta 
Osiyoda o’trog’ ho’jalikka o’tila boshladi
sug’oriladigan 
dehqonchilik 
chorvachilik 
hunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi-
yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi 
o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini 
ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining 
odamlarga 
benixoya 
kulfatlar 
keltirayotgan 
ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga etkazish 
davrning asosiy muammosi bo’lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan 
oldin ko’ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, 
farovonlikka erishtirishning birdan-bir yo`li yakka xudolik- vahdoniyatga o’tish, deb bildi 
va o’zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag’ishlab, yakka xudolik uchun 
olib borilgan urush (jihod)da o’zi ham halok bo’ldi. 
Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to’plami «Avesto» Iskandar Zulqarnayn 
hokimiyati inqirozga yuz tutgach, miloddan avvalgi 250- yillarda, arshohiylar davrida 
yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Sosoniylar hukmronligi 
davrida (milodning III— VII asrlarida) bu ish poyoniga etkazilgan. «Avesto»ning uchta 
kitobi qadimgi oromiy tilda va bittasi pahlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob «Videvdat», 


31 
ya’ni devlarga qarshi qonun deb ataladi. «Yosin» va «Visparad»ni ko’shganda u 
«Videvdat»- «Sade» deb ham yuritiladi. «Videvdat»ni poklanish qonun-qoidalari 
majmuasi deb aytsak bo’ladi. Ikkinchi kitob «Yosin» bo’lib, Zardusht xat (noma) lari 
uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo’lib, birinchi 
bashoratida tabiat va xalolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga 
qodir Oxuramazdaning vaxiylari xaqligiga imon keltirishga doyr duolar bor. 19- 
bashoratda olam yuzaga kelmasdan oldin mavjud bo’lgan xudo sha’niga shukronalar 
bayon qilinadi
13

Kitobda poklanish (yuvinish gigienasi), yovuzlikni qarg’ayotgan paytda tanani qanday 
maromda tutishlik shayton-iblislarni xaydashga qaratilgan harakatlar, gunoxdan forig’ 
bo’lish, kechirim so’rashga doir duolar ham katta o’rin olgan. Jumladan, imonni saqdab 
kolish, gunoxdan forig’ bo’lishlik uchun quyidagi duoni o’qish tavsiya qilinadi: «Ey, 
olamning hukmdori Oxuramazda! Men barcha gunoxlarimga iqrorman, ularni 
takrorlamaslik uchun senga so’z beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har 
qanday yomon so’zlardan, har qanday yomon amallardan voz kechaman, men fikrlagan 
va gapirgan yoki qilmoqchi bo’lgan va qila boshlagan va qilgan hamma nojuya 
ishlarimdan voz kechaman, niyatlarim, so’zlarim va amaliy ishlarim orqali bundan buyon 
ishonchingni oqlayman, qilgan gunoxlarimni keng karaming ila kechirgil, tanam va 
jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim». Ikkinchi kitobning 7 
ta bobida Zardusht orqali xabar berilgan bashoratlar o’z ifodasini topgan. Zardusht xudo 
Oxuramazdadan o’z axloqiy qonun-qoidalarini ma’lum qilishni so’raydi. Oxuramazda 
butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi- ezgulik va yovuzlik to’g’risida vaxiy qiladi. Bir-
biriga qarama-qarshi bu boshlang’ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo’lib, ular xayot 
va o’lim, osmon jahannam ma’nolarini bildiradi. Jaxannam Oxuramazda vahiysida 
«Hayotning eng yomon onlari», osmon esa ruhning eng yuksak xolati sifatida 
gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillik — hodisalar va ularning mohiyatidan
kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilariing faolligi 
tufayligina bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxura¬mazda yuborgan qonun-qoidalar, 
13
Asqarov A. O’zbekiston tarixi. (Eng qadimgi davrlardan milodning Y asrigacha) T. O’qituvchi. 1994. 106-bet


32 
tartibotlar, nasixat va o’gitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g’alabaga
erishib boraveradi.
Kitobda qayd etilishicha, 
olam qarama-qarshiliklar asosida
qurilgan jismoniy narsalarda
yorug’lik bilan zulmat, jonli 
tabiatda hayot bilan o’lim, 
ma’naviy olamda ezgulnk bilan 
yovuzlik 
ijtimoiy 
xayotda 
adolatli 
qonunlar 
bilan 
qonunsizliklar o’rtasida doimiy 
qarama-qarshiliklar bor. Diniy soxada ezgulikni qaror toptirish ruxi bilan yovuzlik ruxi 
o’rtasida keskin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik 
ruxi bo’lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzliklarga 
boshlayveradi. Kitobning 30- bashoratida takidlanishicha, ezgulik va yovuz¬lik 
o’rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo`q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida 
ishtirok etishga majbur. Shu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barakamollik nishonasi 
sifatida muhim o’rin tutadi. Imon-e’tiqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan| farkqlash 
imkonini beradi. Imonli e’tiqodli odam albatta ezguliq yaxshilik sari intiladi. Yovuz 
ruhlar- dev, pari, iblis va boshqalar gunoxlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli 
sifatida tasvirlanadi. Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o’zini chetga olishga 
da’vat etadi. Yosinning 14-bashoratida xudo: «Men ezgu fikr (niyat)larni, ezgu so’zlarni 
va ezgu amallarni yoqtiraman. Men mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni 
ulug’layman», deydi, Bundan ko’rinadiki, zardushtaylik imoni uch tayanchga asoslanadi: 
fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odam¬larni «... 
o’z istaklarida xolis bo’lib, bir-birlari bilan muro’sa qilib yashashni odat qilishlari, 
g’arazgo’yliq hasadg’uylik kattazanglik (dimog’dorlik), shuhratparastlik qonunsiz 
ishlardan o’zlarini tiyib yurishi uchun...» intilishga chaqiradi. «...Bergan so’zning ustidan 
chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga kat’iy amal qilish, qarzni 
vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo’lish» imonlilik alomatlaridir, deyiladi. 


33 
Iymonli odam ug’irlik va talonchilikdan, begonalarning mol-dunyosiga ko’z 
olaytirishdan, o’z-o’ziga xiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o’zini saqlay 
biladigan komil insondir. «Tanlaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring», 
ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal 
bo’lib boraveradi, deydi Oxuramazda.
«Avesto»da shaxsning axloqiy xislatlari, haqgo’ylik adolatlilik ulug’lanadi. Bunday 
ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o’zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid
bo’lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir. Asarda Oxuramazda tilidan bunday 
deyiladi: 
«Men borliqning Quriqchisiman 
Nomdir menga tag’in Himoyat 
Yana bir nom bilguvchilikdir 
Voqiflikdir yana bir tarzim,
Mening nomim Haqgo’klik erur 
Mening nomim aldovsizlikdir. 
Mening nomim Asraguvchidir
Mening nomim erur Qaqshatqich,
Ostin-ustun qilguvchi ham men
Barchani vayron etguvchi ham men,
Yuqlikdan bor etguvchi ham men,
Yana bir nomim ezgu farog’at,
Haqqoniyat yana bir ismim ». 
«Avesto» kitobida materialistik 
dunyo, borliq muqqadaslashtiriladi. 
Er, 
suv, 
havoni 
bo’lg’ash, 
ifloslantirish eng og’ir gunoxlar 
qatoriga qo’shiladi. Oxuramazda 
«...erga yaxshi, sog’lom urug’lar 
sepishdan ortiq savob ish yo’q..» 
deydi. Xudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki 


34 
yuzlab jonivorni xudo yo`liga qurboilikka so’yishdan afzalroq xisoblangan. Oxuramazda 
erga ekin ekishni erdagi yovuzliklarga barham berishdan iborat, deb hisoblaydi. 
Bashoratlardan birida: «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’ 
qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo’lib, qolgani 
sarobdir», deyiladi. Bohqa bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymiz: Bug’doy 
o’stirila boshlasa, devlarni ter bosadi, sovrilgan bug’doy tayyor bo’lsa, devlar zaiflashib 
qoladi. Un tayyor bo’lgach, devlar nolayu fig’on chekishadi... Devlarni maglub etish 
uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo’lishi lozim. Bu ovqatni odam egandan so’ng, 
devlar juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi». 
Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida 
adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan keyingi savobli ish esa
oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini ko’paytirishdan iborat bo’lgan. 
Zardusht xudo nomidan hukmdorlarga qarata bunday deydi: «Yomon ovqatlangan xalq
na yahshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom, baquvvat bolalarga ega bo’ladi. Yomon 
ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l ko’l bo’lsa, muqaddas 
so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi». 
Bir 
qarashda 
oddiygina 
kurinadigan bu so’zlarda juda katta 
falsafiy ma’nolar, tarbiyaviy ugitlar 
borligiga 
amin 
bo’lamiz. 
Zardushtiylik 
o’gitlarida 
ona 
zaminga, 
dehqonchilikka, 
hunarmandchilik chorvachilik Vatan va xalqqa ulug’ muxabbat ruxi markaziy o’rinni 
egallaydi. Buni biz zardushtiylikning Navro’z, Ro’za, Mexr va boshqa barcha 
marosimlarida ochiq-oydin ko’ramiz. 
Yosinning 29- basho’rat 5-hikmati va 50-bashorat 8-xikmatida 
ibodatdan so’ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko’targan holda Ollohdan o’z 
talablarini qon-dirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida rap boradi. Undagi bashoratlarda 
Er, osmon, ummon boshlanishi, jannat xaqida fikrlar bayon qilinadi. 


35 
Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda 
ta’kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko’ra 900 
yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va kushlarni parvarish qiladi, qizil 
shu’lali olovni ko’paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a 
qiladi. Er odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani erga sanchib erni 
kengaytirishni ilti¬jo qilib xudodan so’raydi va unga erishadi. Oxuramaz¬da Odam 
Atoga erga sovuq ofat kelayotganligini va uni oldini olish lozimligini aytadi. Iyim o’ziga 
bir uy qurib hayvonot va o’simlik zotlarining eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda 
ularni saqlab qoladi va shu tarika Odam Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab kolishga erishadi. 
Ammo Odam Ato o’z kilgan ishlaridan ortiqcha mag’rurlanib ketadi va xudo 
tomonidan taqiqlangan ne’mat- qoramol go’shtidan iste’mol qilib qo’yadi. U xudoning 
kahriga uchraydi va abadiylikdan judo bo’ladi. Odamzod xayotning bu birinchi 
bosqichidan so’ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning 
diniy isloxoti bilan bog’liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan harakterlanadi. Olib 
borilgan 3000 yillik kurashlardan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik 
osoyishtalik va farovonlik yuzaga keladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli bo’lgan 
dev- Axriman engiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo’ladi. Barcha o’lganlar tirilib 
xudo oldiga keladilar va o’z qilmish kechirmishlari bo’yicha unga hisobot beradilar. 
Xudoy taolo hamma ishlardan voqif va uni ko’rib turibdi. Xudoni aldab bo’lmaydi. 
Zar’dushtiylik dini bo’yicha odamzod olamdan o’tgach uch kunga qadar joni uning 
tanasida saqlanadi. To’rtinchi kunida har bir odam zoti go’zal kiz qiyofasidagi o’z 
mahrami- farishta yo`lboshchiligida narigi dunyodagi qilko’prik - «Chinvot»dan o’tadi. 
Yaxshi va, ezgu ishlar qilgan insonlarga bu ko’prik kengayib turadi va yo`l beradi. Undan 
omon inson o’tgan har bir zot abadiy roxat-farog’atta- jannatga yo`l oladi va o’liklar 
tiriladigan kunda o’z tanasiga jon kirishini kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan 
shug’ullanganlarga «Chinvot» qilday torayadi va ular jahannam azoblariga maxkum 
bo’ladalar, do’zaxga tushadilar. 


36 
«Avesto»ning uchinchi kitobi «Vasparat» deb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma 
narsani bilishga oid pandu nasihatlar o’rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig’indisi 
bo’lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob 
«Bundaxash», Qadimiy eron tili paxlaviy 
tilidan yozilgan
14

Eshtlar va Yosinlar uch katlamdan 
iborat: 
birinchisi 
xalq 
eposlarining 
Zardushtgacha bo’lgan qo’shiqlari (she’rlari), 
ikkinchisi Zardusht xat (noma)lari va 
uchinchisi Zardusht halok bo’lgandan keyin 
kitob holiga keltirilgan va «Kichik Avesto» 
nomi bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi. 
Shuning uchun «Avesto» ning dastlabki ilk 
va kichik (so’ngi) qismlarida uning asosiy qismi Zardusht nomalarini bir-biridan farq qila 
bilish kerak. Zardushtnomalar ko’p xudolikni, o’tga va tabiatning stixiyali kuchlariga 
sajda qilib sig’inishni qoralaydi va yakka xudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy 
adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan «Kichik Avesto»ga asoslangan g’oyalar bo’lgan. 
Bunda ko’p xudolilik bilan yakka xudolilik g’oyasi aralashib, qorishib ketganligidan 
Zardushtiylikni ko’p xudolilik va yakka hudolilik dini sifatida qarab kelganlar. Bu yakka 
hudolikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo’nalishi ko’p xudolikdan iborat bo’lgan 
mazdaniyliq bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha ham Oxura, Matra, Mazda va 
boshqa xudolar haqida fikrlar bo’lgan. Ammo u hudolar huddi odamlardek hayot 
kechirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo Oxuramazda esa Oliy ibtido bo’lgan, uning 
xotin, bola chaqalari yo’q. U hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo’lib, 
barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos 
solgan yakka xudolilik dini eronda Ahamoniylar hokimiyat tepasiga kelib, ular O’rta 
Osiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. To’g’ri, eron shohlari o’z saltanatlarini barqaror 
qilishda zardushtiilik dinining ahamiyati va o’rniga etarli darajada baho berganlar. Ammo 
14
Asqarov A. O’zbekiston tarixi. (Eng qadimgi davrlardan milodning Y asrigacha) T. O’qituvchi. 1994. 56-bet


37 
bu dindagi o’rtahol dexdonchilik mo’tadil kamtarona xayotdan iborat turmush tarzini 
iloxiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash eron shohlariga yoqmaydi. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling