Takt va pedagogic Takt xaqida tushuncha
Download 6.64 Kb.
|
Pedagogik texnika va takt
Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv taʼlim fakulteti 105-guruh talabasi Eshniyozova Sevinchning umumiy pedagogika fandan tayyorlagan taqdimoti Takt va pedagogic Takt xaqida tushuncha Режа:
Pedagogik texnika nima? Pedagogik texnika – bu tarbiyachining pedagogik jarayonda qo‘llaydigan yo‘l, usul va ko‘nikmalari yig‘indisidir. Pedagogik texnikaga oid ko‘nikmalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh ko‘nikmalariga tarbiyaining o‘z xulqi va xatti –xarakatlarini boshqarish, idora qila olish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalar kiradi. Masalan, mimika, pantomimikadan unumli foydalanish, emosiya va kayfiyatni boshqarish, nutq texnikasi, diqqat kuzatuvchanlik, ijodiy hayollar kabilar shular jumlasidandir. Ikkinchi guruh ko‘nikmalar bevosita shaxsga va jamoaga ta’sir etishda namoyon bo‘ladi va ta’lim tarbiya jarayoning texnologik tomonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Bu guruh ko‘nikmalarga didaktik (o‘qitish va tarbiyalash metodlarini muvaffaqiyatli ko‘llay bilish), tashkilotchilik, konstruktiv (bolani kelajakda qanday kishi bo‘lib yetishishini oldindan ko‘ra bilish va loyihalashtirish), kommunikativ (bolalar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnata olish, bir-birini tushunish) ko‘nikmalari kiradi. Bulardan tashqari, bolalar oldiga talablar ko‘ya bilish, pedagogik muloqotni boshqarish, bolalarning ijodiy ishlarini tashkil qilish kabilar ham shu guruh ko‘nikmalariga kiradi. Pantomimika – bu gavda, qo‘l va oyoq harakatlaridir. Ta’lim –tarbiya jarayonida bularning ham rolikattadir. His – hayajon bilan mashg‘ulot o‘tayotgan tarbiyachiga razm solsak unda bosh, bo‘yin, qo‘l, gavda harakatlarining bir – biriga nihoyatda uyg‘un ishlayotganining guvohi bo‘lamiz. Kishining gavdasi, qomati, xatti-harakatlarida uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ichki his-tuyg‘ulari yaqqol sezilib turadi. Xuddi shu singari, boshning egilgani, qo‘l va oyoqlarning bo‘shashganiga qarab kishining kuchsizligi, o‘ziga ishonmaganini ham yaqqol sezish mumkin. Pedagog - bolalar oldida tik turish, uyoq-buyoqqa yurish san’atini ham egallashi lozim. Masalan, oyoqlar bir-biridan 12-15 sm uzoqlikda turishi bir oyoq ozgina oldinda bo‘lishi kerak, tik turganda tebranmaslik, stul yoki devorga suyanmaslik lozim. Xatto qo‘lda keraksiz predmetni o‘ynab turmaslik, boshni qashimaslik, quloqni ushlamaslik zarur. Aks holda bular pedagog uchun yomon odatga aylanib qoladi. Qomatni tik tuta bilish uchun mahsus mashqlardan foydalanish mumkin Kuzatishlarimizdan ma’lumki, yosh tajribasiz tarbiyachi - o‘qituvchi yuqoridagi pedagogik ko‘nikmalarning barchasi mavjud bo‘lmaydi yoki ular o‘z takomiliga yetmagan bo‘ladi. Shu sababli ularning pedagogik faoliyatda ko‘plab kamchiliklar darrov ko‘zga tashlanadi. Ana shunday kamchiliklar qatoriga bolalar yoki ularning ota-onalari bilan yurakdan gaplasha olmaslik, nutqda tez gapirish yoki jumlalar tuzishda xatolarga yo‘l qo‘yish, bolalar guruhiga birinchi kirganda o‘zini yo‘qotib qo‘yish, nutqining monotonligi, ovozning baland yoki pastligida eng qulay darajasini topa bilmaslik, qo‘l, oyoq, gavda xarakatlarini nazorat qila olmaslik kabilarni kiritish mumkin. Bularning barchasi yosh o‘qituvchida pedagogik texnikani yetishmasiligining oqibatidir. Bu kamchiliklar pedagogik jarayonga, bolalar ta’lim tarbiyasiga so‘zsiz salbiy ta’sir etadi. Pedagogika institutlarining vazifasi esa bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik texnikani yaxshiroq shakllantirish, ularni pedagogik faoliyatga yaxshiroq tayyorlashdir. Pedagogik texnikada tarbiyachi - o‘qituvchining tashqi qiyofasi ham muhim rol o‘ynaydi. Tashqi qiyofasining pedagogik maqsadga muvofiqligi uning tashqi ko‘rinishida, hissiyotlarni boshqara olishida, mimika va pantomimika o‘z aksini topadi. Avvalo tarbiyachi-o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi estetik jihatdan ko‘rkam, qomati tik, kiyimlari toza va kamtarona bo‘lishi lozim. O‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tibor bermaslik (soqolni o‘sib ketishi, yoqasining kir bo‘lishi, tuflisining chang yoki loy bo‘lishi) ham, aksincha ortiqcha bezanishga berilish ham tarbiyachi, pedagog kasbiga ziddir. Chunki bolaning taqlidchan bo‘lishini unutmasligimiz kerak. Tarbiyachi-o‘qituvchining yuzidan, qo‘zidan, xarakatlaridan o‘ziga bo‘lgan ishonch yaqqol sezilib turishi kerak. Bolalar esa kuchli, bilimi chuqur, o‘ziga ishongan tarbiyachi-o‘qituvchilarni ko‘poq xurmat qiladilar.Ta’lim tarbiya jarayonida tarbiyachi-o‘qituvchining o‘z his- tuygularini boshqara olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, ishni endigina boshlagan yosh tirbiyachi-o‘qituvchida qo‘rqish, o‘ziga ishonmaslik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish hislari kuchli bo‘ladi. Bu his-tuyg‘ular so‘zsiz uning nutqiga, fikrlarining ketma-ketligi va izchilligiga, psixik xolatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 6.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling