Talab va taklif elastikligi


-rasm. Narx o’zgarganda umumiy daromad qanday o’zgaradi


Download 1 Mb.
bet7/14
Sana14.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1093302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2-mavzu

3.3-rasm. Narx o’zgarganda umumiy daromad qanday o’zgaradi



3.4-rasm. Chiziqli talab elastikligi

Talabning boshqa elastikliklari


Talabning narx elastikligiga qo’shimcha ravishda, iqtisodchilar bozordagi haridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishadi.

Talabning daromad elastikligi


Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi o’zgarganda talab miqdorining qanday o’zgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi o’zgarishini iste’molchilar daromadining foiz o’zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:


4-bo’limda muhokama qilganimizdek, ko’plab tovarlar normal tovarlardir: Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yo’nalish bo’yicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar, misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega. Hatto normal tovarlar o’rtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli darajada o’zgaradi. Oziq-ovqat va kiyim kabi zaruriyatlar kichik daromad elastikligiga ega bo’ladi, chunki iste’molchilar daromadlari past bo’lganda ham bu tovarlarning ba’zilarini sotib olishni tanlaydilar. Qimmatbaho taqinchoqlar kabi hashamat tovarlar katta daromad elastikligiga ega bo’ladi, chunki iste’molchilar daromadlari juda ham past bo’lganda ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga bo’lgan talab miqdori boshqa bir tovarning narxidagi o’zgarishiga munosabati qanday bo’lishini ifodalaydi.
Bu 1-tovarga bo’lgan talabning foizdagi o’zgarishi 2-tovar narxining foizdagi o’zgarishi nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:

Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega bo’lishi tovarlarning bir-birini to’ldiruvchisi yoki o’rnini bosishiga bog’liq. Masalan, hot dog narxining oshishi odamlarni gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga bo’lgan talab bir xil yo’nalish bo’yicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. Bu misol bir-birini o’rnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini to’ldiradigan tovarlarni ko’rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini to’ldiradi. Bu holda elastiklik salbiy bo’ladi. Chunki kompyuter narxining oshishi dasturiy ta’minotga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi.

  1. Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling