Talab va taklif elastikligi


Talab, taklif va elastiklikning uch ko’rinishi


Download 1 Mb.
bet10/14
Sana14.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1093302
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu

3.5-rasm. Taklif egri chizigining turlari
    1. Talab, taklif va elastiklikning uch ko’rinishi


Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar bo’lishi mumkinmi? Nima uchun OPEC yoqilg’ining narxini baland saqlab tura olmadi? Dorilar ta’qiqi o’sadimi yoki dorilarga bog’liq jinoyatlar kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson tuyulishi mumkin.

3.6-rasm. Qanday qilib taklifning narx elastikligi farq qilishi mumkin


Fermer xo’jaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar bo’la oladimi?
Tasavvur qiling siz bug’doy yetishtiradigan fermersiz. Sizning barcha daromadingiz bug’doyni sotishdan kelishi sababli, siz yeringizni iloji boricha unumdorligini oshirishga ko’proq harakat qilasiz. Ob-havo va turoq holatini kuzatasiz, daladagi zararkunanda va kasalliklarni yo’qotasiz va ilg’or texnologiyalardan foydalanasiz. Siz bilasiz qancha ko’p bug’doy yetishtirsangiz, shuncha ko’p hosil olasiz va sizning daromadingiz ko’proq bo’ladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi.
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganligini e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo’limi tadqiqotchilari fermerlar har bir akrdan (0.4 gektar) oladigan bug’doydan 20 % ko’p hosil beradigan yangi bug’doy navini kashf qilishdi. Bu xabarga qanday munosabat bildirasiz?Bu kashfiyot siz uchun yaxshimi yoki yomon?
Bu savollarga 3 ta qadamda javob beramiz. Birinchi, biz talab yoki taklif egri chizig’i siljigan yoki siljimaganligini tekshiramiz. Ikkinchi, biz egri chiziq qaysi tomonga siljiganini hisoblaymiz.Uchinchi, biz bozor muvozanati qanday o’zgarganligini ko’rish uchun talab-taklif rasmsidan foydalanamiz.
Bu holatda kashfiyot taklif egri chizig’iga ta’sir qiladi. Chunki yangi nav hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda ko’proq bug’doy yetishtirishni xohlashadi. Boshqacha qilib aytganda taklif egri chizig’i o’ng tomonga suriladi. Talab egri chizig’io’zgarmaydi, chunki iste’molchilarning berilgan narxda bug’doy mahsulotlarini sotib olishga bo’lgan istaklariga yangi navning ta’siri yo’q. 3.7rasmda bunday o’zgarish tasvirlangan. Taklif S1 dan S2 ga siljiganda,sotilgan bug’doy soni 100 dan 110 ga ko’tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling