Talab va taklif elastikligi


Nega OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi?


Download 1 Mb.
bet12/14
Sana14.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1093302
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu

Nega OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi?
O’tgan bir necha o’n yillik mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun eng ko’p putur yetkazadigan hodisalar neft bozorida vujudga kelmoqda. 1970-yilda neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni ko’paytirish maqsadida neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga ular birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha neftning narxi 50 % dan yuqoriroqqa ko’tarildi. Bir necha yildan so’ng, OPEK bu ishni yana bir amalga oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikka barobar ko’tarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982-yildan 1985yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada esa OPEK davlatlari o’rtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK a’zolari o’rtasidagi hamkorlik butunlay sindi va neftning narxi 45% ga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda uning narxi deyarli o’zgarmadi (XXI asrning 1-o’n yilligida neftning narxi yana oshdi, lekin OPEK uni kamaytirganidan emas, balki neftga bo’lgan talab oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan ko’tarilayotganidan).
1970-1980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa muddatda va uzoq muddatda talab va taklif qanday harakatlanishini ko’rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo’lgan talab va taklif nisbatan elastik emas. Taklif elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez o’zgarmaydi. Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi o’zgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, qisqa muddatdagi taklif talab tik qiya holda turadi. Taklif S1 dan S2 ga o’zgarganda, P1dan P2 ga narxning ko’tarilishi katta bo’ladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida, OPEK dan tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini ko’paytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini barpo etishadi. Istemolchilar esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani yangisiga almashtirishadi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, uzoq muddatli talab va taklif egri chizig’ielastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri chizig’ining S1 dan S2 ga o’zgarishi narxning ozgina ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishga erishganini ko’rsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig’ini chap tomonga surishdi. OPEK mamlakatlarining har bir kam neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni ko’tarib daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik bo’lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig egri chizig’ini gorizontal tomonga surdi va narxda biroz o’sish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi.
Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqt>talab qiladi. Qisqa muddatli davrda, (a) panelda talab va takliμ biroz noelastik. shu tariqa taklif egri chizig’ining S1 dan S2 ga siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatli davrda esa aklif va talab biroz elastik.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling