Talaba-amaliyotchilar uchun metodik qo'llanma book · February 021 citations reads 46,492 author


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana10.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1659548
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
metodichka

 Eslatma:  Yuqorida aralash dars turining namunaviy tuzilishi berilgan. 
Amaliyotchi
darsning to’liq rejasi va konspektiga ega bo’lishi kerak. 
6. Darslarni kuzatish va tahlil qilish malakalari 
 
6.1. Aralash darsni kuzatish va tahlil qilishning pedagogik malakalari 
1. Darsning mavzusi; 2. Darsning maqsadi (ta`limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi
) uning umumiy dars tizimida tutgan o’rni; 3. Dars tuzilishi; 4. 


Darsning
didaktik xususiyatlari; 5. Dars bosqichlari; 6. Darsni tashkil qilish: - 
amaliyotchining
(o’qituvchining) va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi; ish 
rejasi
, dars jihozlarining mavjudligi yoki yo’qligi; dars xonasining holati; 
o’quvchilarning darsga psixologik jihatdan moslashishi; sinfdagilarning tartibi; 
o’quvchilar diqqati; o’quvchilarning ishlashga tayyorligi; dars maqsad va 
vazifalarining
aytilishi; o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun foydalaniladigan 
usullar
; 7. O’tilganlarni takrorlash va o’quvchilarning malakaviy ko’nikmalarini 
tekshirish
: takrorlash maqsadi, o’rni, hajmi, metodi va turlari; o’quvchilarning 
bilish
darajasini rivojlantirish usullari; savollarning berilishi; javoblarni 
to’liqtirish va xulosalash; o’yin shaklida beriladigan misollarni qo’llash va h.; 8. 
Yangi
mavzu bayoni: yangi mavzuni o’rganishning maqsad va vazifalarini 
o’quvchilarga yetkazish; yangi mavzu mazmunining davlat ta`limi me`yorlari, 
o’quv dasturiga mos kelishi; foydalanilgan o’qitish metodlari va didaktik asoslari
o’quvchilarda mavjud bilimlarga tayanish, muammoli, asoslangan savollarning 
o’rtaga tashlanishi, ko’rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, yangi 
mavzuni
tushuntirish paytida o’qitish tamoyillarining hisobga olinishi, darsda 
yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanishi; o’quvchilarning mustaqil 
ishlashlarini
tashkil etishi, darslik, qo’llanmalardan, gazeta va jurnallardan va 
hokazolardan
foydalanish, jadval, sxema va diogrammalar tuzish; 9. Uy 
vazifasining
bajarilishini nazorat qilish shakllari: uy vazifasi qay vaqtda 
tekshirildi
, tekshirishning maqsadga muvofiqligi, o’quvchilar javobining 
to’liqliqi, aniq chuqur va mushohadali
javob
berishi; eng asosiysi, ajratib olish va 
yechimini topish malakasi, nutq madaniyati va hokazolar; bilimni baholashning 
odilona
bo’lishi; o’tilganlarni takrorlash shakllari; Yangi mavzuni o’tilganlar, 
o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog`liq ravishda, mahalliy manba va 
misollardan
foydalanishi, mohirligi, material hajmi, uning dasturi va darsliklarga 
muvofiqligi
, materialning ilmiyligi, uning g`oyaviy yo’nalishi, loyiq rag`batni
amalga
oshirishi, dasturiy o’qitish elementlari, muammoli vaziyatlar yaratishi, 
bilimning
mustahkamligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, amaliy 
malakalar
va ko’nikmalar bilan jihozlanishi; o’quvchilarning dunyoga ilmiy 
dunyoqarashini
, umuminsoniy va milliy fazilatlarni rivojlantirish; 10. Yangi 
bilimni
mustahkamlash shakllari:  uy vazifasi qachon berildi, uning hajmi, yangi 
berilgan
topshiriqlar; 11. O’quvchilarning darsga qatnashishi (faolligi, ijodiy 
yondashuvi
va h.); 12. Amaliyotchining darsdagi axloqiy madaniyati; sinf jamoasi 
bilan
ishlashish mohirligi; hamkorlik pedagogikasini qo’llashi; nutq madaniyati, 
yuz
ifodasi, o’zini erkin his qilish va h.; 13. Amaliyotchining (o’qituvchining) 
darsdagi
yutuqlari, o’quvchilar tomonidan olingan yangi bilim, malaka va 
ko’nikmalar sifatida: dars turini, tuzilishini, metodlarini tanlashning maqsadga 
muvofiqligi
; 14. Darsning qiziqarli o’tishi, o’ziga xos xususiyatlari; dars 
jarayonini
demokratiyalashtirish; darsni baholash, asosiy yutuq va kamchiliklar. 



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling