Talaba-amaliyotchilar uchun metodik qo'llanma book · February 021 citations reads 46,492 author
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
metodichka
Eslatma: Yuqorida aralash dars turining namunaviy tuzilishi berilgan.
Amaliyotchi darsning to’liq rejasi va konspektiga ega bo’lishi kerak. 6. Darslarni kuzatish va tahlil qilish malakalari 6.1. Aralash darsni kuzatish va tahlil qilishning pedagogik malakalari 1. Darsning mavzusi; 2. Darsning maqsadi (ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ) uning umumiy dars tizimida tutgan o’rni; 3. Dars tuzilishi; 4. Darsning didaktik xususiyatlari; 5. Dars bosqichlari; 6. Darsni tashkil qilish: - amaliyotchining (o’qituvchining) va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi; ish rejasi , dars jihozlarining mavjudligi yoki yo’qligi; dars xonasining holati; o’quvchilarning darsga psixologik jihatdan moslashishi; sinfdagilarning tartibi; o’quvchilar diqqati; o’quvchilarning ishlashga tayyorligi; dars maqsad va vazifalarining aytilishi; o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun foydalaniladigan usullar ; 7. O’tilganlarni takrorlash va o’quvchilarning malakaviy ko’nikmalarini tekshirish : takrorlash maqsadi, o’rni, hajmi, metodi va turlari; o’quvchilarning bilish darajasini rivojlantirish usullari; savollarning berilishi; javoblarni to’liqtirish va xulosalash; o’yin shaklida beriladigan misollarni qo’llash va h.; 8. Yangi mavzu bayoni: yangi mavzuni o’rganishning maqsad va vazifalarini o’quvchilarga yetkazish; yangi mavzu mazmunining davlat ta`limi me`yorlari, o’quv dasturiga mos kelishi; foydalanilgan o’qitish metodlari va didaktik asoslari, o’quvchilarda mavjud bilimlarga tayanish, muammoli, asoslangan savollarning o’rtaga tashlanishi, ko’rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, yangi mavzuni tushuntirish paytida o’qitish tamoyillarining hisobga olinishi, darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishi; o’quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etishi, darslik, qo’llanmalardan, gazeta va jurnallardan va hokazolardan foydalanish, jadval, sxema va diogrammalar tuzish; 9. Uy vazifasining bajarilishini nazorat qilish shakllari: uy vazifasi qay vaqtda tekshirildi , tekshirishning maqsadga muvofiqligi, o’quvchilar javobining to’liqliqi, aniq chuqur va mushohadali javob berishi; eng asosiysi, ajratib olish va yechimini topish malakasi, nutq madaniyati va hokazolar; bilimni baholashning odilona bo’lishi; o’tilganlarni takrorlash shakllari; Yangi mavzuni o’tilganlar, o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog`liq ravishda, mahalliy manba va misollardan foydalanishi, mohirligi, material hajmi, uning dasturi va darsliklarga muvofiqligi , materialning ilmiyligi, uning g`oyaviy yo’nalishi, loyiq rag`batni amalga oshirishi, dasturiy o’qitish elementlari, muammoli vaziyatlar yaratishi, bilimning mustahkamligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, amaliy malakalar va ko’nikmalar bilan jihozlanishi; o’quvchilarning dunyoga ilmiy dunyoqarashini , umuminsoniy va milliy fazilatlarni rivojlantirish; 10. Yangi bilimni mustahkamlash shakllari: uy vazifasi qachon berildi, uning hajmi, yangi berilgan topshiriqlar; 11. O’quvchilarning darsga qatnashishi (faolligi, ijodiy yondashuvi va h.); 12. Amaliyotchining darsdagi axloqiy madaniyati; sinf jamoasi bilan ishlashish mohirligi; hamkorlik pedagogikasini qo’llashi; nutq madaniyati, yuz ifodasi, o’zini erkin his qilish va h.; 13. Amaliyotchining (o’qituvchining) darsdagi yutuqlari, o’quvchilar tomonidan olingan yangi bilim, malaka va ko’nikmalar sifatida: dars turini, tuzilishini, metodlarini tanlashning maqsadga muvofiqligi ; 14. Darsning qiziqarli o’tishi, o’ziga xos xususiyatlari; dars jarayonini demokratiyalashtirish; darsni baholash, asosiy yutuq va kamchiliklar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling