Talaba: Hajiboyev Odilbek


Download 36.39 Kb.
bet3/7
Sana01.11.2023
Hajmi36.39 Kb.
#1736802
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-variant

Moliya bozori instrumentlari haqida nimalarni bilasiz?

Moliyaviy instrumentlarning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun uning instrumentariysini tashkil etuvchi jahon moliya bozori nazariyasi va amaliyotidagi mavjud zamonaviy konseptual tushunchalarga tayanish lozim.
Instrumentariy – bu moliyaviy instrumentlarning mazmunini to’liq ifodalovchi maxsus tizimlashtirilgan terminologiya bo’lib, bazaviy (tayanch) bo’lgan konseptual (nazariy) tushunchalar majmuasi sifatida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, moliyaviy instrumentning zamonaviy tushunchasini avvaldagilariga asoslanib, lekin hozirgi zamon jahon moliya bozorining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib (1-chi bobga qaralsin), quyidagicha ta‘riflash mumkin: moliyaviy instrument – bu, umuman olganda, monetiza-tsiyalashgan real bazisga ekvivalent (egiz-analog‖) qiymatga va hossalarga ega bo’lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni belgilovchi, shakllantiruvchi va rivojlanti-ruvchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimla-nishini ta‘minlovchi, muayyan hollarda ma‘lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo’ladigan ham investitsion kapital (aktiv, jamg’arma), ham to’lov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir.
Moliyaviy instrumentning ekvivalentlik hossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy bo’lishi mumkin.
Moliyaviy instrumentlarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo’lganligi uchun undagi har qanday faoliyat kapitalni (jamg’armani) orttirish sohasi ekanligi munosabati bilan ularning bozori – bir vaqtning o’zida kapitallarga qo’yilmalar uchun muljallangan bozor hamdir.
Pul mablag’lari moliyaviy instrumentlarning har qanday turiga qo’yilishi (yo’naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo’naltirilgan pul mablag’lari vaqt mobaynida o’z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo’lishi, ya‘ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin.
Demak, moliyaviy instrumentlar o’z bozorida moliyaviy resurslar jarg’armachilardan (investorlardan) iste‘molchilarga tomon va aksincha yo’nalishda harakat qilishini ta‘minlovchi vosita.
Moliyaviy instrumentlar yordamidagi resurslar harakati quyidagi omillarga bog’liq:
- moliyaviy instrumentlarning daromadlilik va risk darajasi;
- moliyaviy instrumentlarni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
- moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta‘minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
- jamiyatning mentalitetiva tanlab olgan rivojlanish modeli;
- makro va mikroiqtisodiy barqarorlik;
- tashqi kuchlar va hodisalarning moliyaviy instrumentlar bozoriga ta‘siri va boshqalar


  1. Download 36.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling