Talaba: Hajiboyev Odilbek
Download 36.39 Kb.
|
9-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- BERI” indeksining asosiy ko’rsatkichlarini aytib bering.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati?
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar: - erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo‘la oladi; - bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir; - to‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard maqsaddir; - umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi; - iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. “BERI” indeksining asosiy ko’rsatkichlarini aytib bering. «BERI» indeksiga kirgan ko'rsatkichlar orasida siyosiy barqarollik (0,12 ball) eng kata ahamiyatga ega.Tahlillar ko'rsatishicha, G'arb aynan, harbiy ichki vaziyatning bergani bois, va siyosiy nobarqarorlik tufayli Gruziya, Moldava reytinglarda berishgan, ya'ni indeksining eng past darajasiga ega. Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro'li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha va ularing yig'indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo'yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ulaming quyidagilardan iborat: - siyosiy barqarorlik. (0,12), - xorijiy investitsiyalarga bo'lgan munosabat (0,06); - milliylashtirilish xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq to'lamasdan ekspropriatsiya qilish ko'zda tutilgan bo'lsa, 0 ball qo'yiladi; - valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli darajasi (0,06); - to'lov balansining holati (0,06); - biznesning byurokratlashish darajasi (0,04); - iqtisodiy o'sish sur'ati (0, , - valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1); - shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06); - mehnat darajasi va haqi (0,08); - yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati (0,02); va tashkil qilish (0,04); - davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04); - qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08); - uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08), Umuman olganda, “BERI” xizmati bu borada katta obro' qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi marnlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. “BERI” xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo'yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi. Hozirda bu xizmat ko'rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko'rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchaiik yuqori ballga ega bo'lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta'siri ham hisobga olinadi. Bu tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan o'zgarishlarni ham baholaydi. Bu kabi xizmatlar faqatgina xususiy firmalar tomonidangina emas, balki davlat yoki davlat-xususiy firmalari tomonidan ham bajariladi. Bu kabi xizmatlami tashkil etishda ko'proq investitsiyaga talabi bo'lgan mamlakatlarning taklifi bo'lishi zarur. Shuning uchun bu tarzdagi tashkilotlarni O'zbekistonda ham tashkil qilish xorijiy investorlar uchun ham, ichki investorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Download 36.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling