Mavzu: trigger turlari va tadbiqi
Download 385.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5 mavzu (1)
MAVZU: TRIGGER TURLARI VA TADBIQI Reja: 1. Trigger haqida umumiy ma’lumotlar 2. Bistabil yacheykalar 3. Triggerlarning sinflanishi Tayanch so’z va iboralar: Ketma-ket mantiqiy qurilmalar, RS-trigger, D- trigger, T-trigger, JK-trigger. Trigger haqida umumiy ma’lumotlar Yuqorida koʻrib oʻtilgan barcha raqamli mantiq kombinatsion sxemalarda tuzilgan edi. Ularda chiqishdagi signal kirishning joriy (hozirgi) holati bilan aniqlanadi. Bu sxemalarda «xotira» mavjud emas. Agar kombinatsion sxemalarga xotira kiritilsa, u holda, ularning yordamida hisoblagichlar, arifmetik registrlar va boshqa «aqlli» sxemalarni hosil qilish mumkin. Bunda ular bir funksiyani bajarib boʻlgach, keyingisiga oʻtadi. Bunday sxemalarning asosiy tuguni boʻlib trigger hisoblanadi. ME va triggerlardan tuzilgan sxemalar, ya’ni ketma-ketli sxemalar kirish signalarining hozirgi holati boʻyicha yoki ularning avvalgi holatini bilgan holda kombinatsion funksiya shakllantirishi mumkin. Demak, hodisalarni roʻy berish ketma-ketligidan kelib chiqqan holda, kirishda bir hil oʻzgaruvchili signal boʻlgan holatda bunday sxemalarning chiqishidagi signal turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun sxemalarni loyihalashtirish va tahlil qilishda hodisalarni roʻy berish ketma-ketligini ajratib olish muhim hisoblanadi. Raqamli tizimlarning, birinchi navbatda EHMning kuchi shunda-ki, bir holatdan ikkichisiga bir necha marta oʻtishlar ketma-ketligini berilgan tartibda amalga oshirish imkoniga ega. Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yoki raqamli avtomat deb ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda N ta triggyerdan tashkil topgan. Raqamli avtomat holati N - razryadli ikkilik so‘zdan iborat bo‘lib, uning har bir razryadi mos triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak, raqamli avtomat holatini 2 N kodli to‘plam ifodalaydi. Download 385.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling