Talaba: Isroilova Madina Kurs: 1bts-22-guruh Topshiriq


Download 19.25 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi19.25 Kb.
#1244933
Bog'liq
Madina sj


Talaba: Isroilova Madina
Kurs: 1BTS-22-guruh
Topshiriq: Savol-javob

1. Abu Abdulloh Xorazmiy, Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.




Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari:«Аl jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Er satxini o‘lchash», «Quyosh soatiari to‘g‘risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birinchilardan bo‘lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
ffiudlarning o‘nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi. Abu


Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.
Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o‘rganish haqida» va boshqalar.
Pedagogik qarashlari:
Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir:
Ta’lim - so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi.
Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilhomlantiruvchi so‘zlar va majbur etish.
Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo'Isa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi.
2. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik» asari - pandnoma asar sifatida.


Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asarida ta’lim-tarbiya masalalari.
Maqollar:
«Odamning olasi ichida - yilqiniki tashqi(sirti)da». «Ho‘kizning ortin oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq» «Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik». «Odobning boshi - til». «Ilon o‘zining egriligini bilmay, tuyaning bo‘ynini egri deydi». «Ko‘kka suzsa yuzga tushun». «Bir qarg‘a bilan qish kelmas». «Keng to‘n to‘zimas, kengashli bilig artamas». «Kichikda qatiqlansa ulg‘adu sevinur». «Erdamsizdan qurt chertilur».
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik» asari - pandnoma asar sifatida.
«Qutadg‘u bilig» - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasihat, ta’lim-tarbiyaga oid yetuk didaktik asar, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. «Qutadg‘u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilingan holda tuzilgan. Avval nasriy muqadddima, so‘ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi. Dastlabki o‘n bir fasli debocha bolib, hatnd, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim maqsadi, o‘n ikki buij, tilning ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik haqida, bilim olishning ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. 0 ‘n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea bayoni e’tirof etiladi. Lekin asarda to i t qahramon - Runtug'di - adolat ramzi, vazir - Oytoldi - davlat va baxt ramzi, vaziming o 'g li 0 ‘g‘dulmish - aql ramzi, sifatida, 0‘zgurmish - vaziming qarindoshi - qanoat timsoli o‘rtasidagi munozara asosida xayotiy masalalar bir-biriga bog‘langan holda bayon etilib, kitobni yozishdan o ‘z oldiga ko‘ygan maqsadga bo‘ysundiriladi.
• Q‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar, Bilim kimda bo‘Isa, buyuklik bo‘lar.
• O‘quv qut beradi, bilim - shon-sharaf, Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
• Yaxshi nom oladi, ko‘r, ezgu kishi, Yomonlar nasibi — el-yurt qarg‘ishi.
• Kishiga chiroydir uyat-andisha, U asrar nojo‘ya ishdan hamisha.
• Yomonlik qilgannmg uiushi - о ‘kinch, Yomongayaxshi bo‘l, mayli har qachon.
• Oq sut bilan kirsa qaysi bir qiliq, 0 ‘lim tutmaguncha o‘zgarmas yo‘riq.

3. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.




Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. Bobur 1526-yilning 21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo‘diy qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g‘alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelda Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o‘qildi. Shu tariqa, yangi saltanat Boburiylar
saltanatiga asos solinadi. Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik
kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yo’li bilan birlashtiradi va 1530-yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to liq bosib olgunga qadar hukm surdi.
Bobur xayotiy esdaliklar yozish maktabini «Boburnoma» asari orqali boshlab berdi. «Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya», «Xatti Boburiy» kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Uning ijodiga mansub bo’lgan «Xatti Boburiy» uzoq yillar davomida maktablarda, madrasalarda savod o'rgatish kitobi sifatida foydalanilgan.
Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar - «Bobumoma»dir.
Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling