Talaba: Toshpo`latov Javohirbek Ilmiy rahbar: ph


Download 415.31 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi415.31 Kb.
#1567177
  1   2   3   4   5
Bog'liq
bm (1)


O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti
X
alqaro munosabatlar yo’nalishi



BITIRUV ISHI


MAVZU: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishlari
Talaba: Toshpo`latov Javohirbek
Ilmiy rahbar: ph. Shakarov O`ktam

O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishlari


Reja:
Kirish
1.Bob. O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini o`rganishning nazariy asoslari.
1.1. Mustaqillikning dastlabki yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va Tashqi siyosat konsepsiyasining ishlab chiqilishi.
1.2.O`zbekiston Tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishlari
2.Bob.O`zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan Tashqi siyosatning ustuvor yo`nalishlari.
2.1. Harakatlar strategiyasi doirasida Markaziy Osiyo - O`zbekiston Tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishi.
2.2. Xalqaro maydomda O`zbekistonning Tashqi siyosat sohasida erishilgan yutuqlari va tashabbuslari.
3.Bob.O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyating istiqbollari.
3.1.Yangi O`zbekistonning 2022-2026-yillarga mo`ljallangan taraqqqiyot strategiyasi doirasida tashqi siyosiy faoliyat istiqbollari.
3.2.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.

Kirish
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egallashga intilib, dunyoning ko`plab davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda o`z tashqi siyosiy munosabatlarini amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari va prinsiplariga, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonuniga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktiriniyasiga, boshqa qonunlarga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining prinsiplari va maqsadlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga asoslanadi1.
Shuningdek tashqi siyosatimiz xalqaro munosabatlar doirasida kechayotgan globallashuv jarayonlarini va Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy ahamiyatinini chuqur anglab yetgan holda Tashqi siyosat konsepsiyamiz va tashqi siyosat bilan shug`ullanuvchi barcha idoralar va vazirliklar qayta isloh qilindi. Xususan,” O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirishda uning mas`uliyatini kuchaytirish chora tadbirlari to`g`risida”2 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoning qabul qilinishi Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lning samarali davom ettirilishi mamlakatda keng ko‘lamli islohotlarni va demokratik o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashda va aholi farovonligining oshishini ta’minlashda eng muhim omil bo`lib xizmat qilmoqda.
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.
O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatida ko`ptomonlama va ikkitomonlama hamkorlik omili muhim yo`nalish hisoblanadi. Yaqin qo`shnilar bilan konstruktiv va o`zaro manfaatli munosabatlar o`rnatish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O`zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini shakllantirish, mintaqani keng taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish, mintaqa davlatlari o`rtasida o`zaro hamkorlik va integratsiyasi yo`lida O`zbekiston Respublikasi va davlat rahbari tomonidan bir qator tashabbus va sa`y-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo`lida 2017-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo : yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Yakunda BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanish ta`minlash bo`yicha Xalqaro konferensiya bayonati qabul qilindi2.
2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi 72-yalpi majlisida “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta`minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash rezolutsiyasi qabul qilindi. O`zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTga a`zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qo`llab-quvvatlandi. Bosh Assambleya mintaqa davlatlarining Markaziy Osiyoda barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa`y-harakatlari va tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashini bildirdi. Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 ta davlati rezolutsiyaning hammualliflari bo`lishdi. Rezolutsiya xalqaro hamjamiyatni, xususan, BMT tizimidagi ixtisoslashgan muassalarni, fondlarni va dasturlarni mintaqa davlatlari o`zlari belgilaydigan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror rivojlanishning ustuvor yo`nalishlarini qo`llab-quvvatlashga chaqiradi.
Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatida shakllantirish yo`lida 2018-yildan buyon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvi o`tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi 2018-yil mart Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o`tkazildi. 2019-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkiinchi maslahat uchrashuvi Toshkentda, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvi esa 2021-yil avgustda Turkamanistonda o`tkazilib kelinmoqda. Bu uchrashuvlardagi o`zaro teng va manfaatli hamkorliklar natijasida mintaqada ko`p yillar davomida yig`ilib kelgan muammolar birin- ketin o`z yechimini topmoqda.
Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti mintaqada uzoq yillar to`planib qolgan muammolarga yechim topishda muhim siyosiy iroda namoyish etmoqda. Turkiyadagi nashrlardan biri- “Derin Ekonomi” davlatimiz rahbarini mamlakat, mintaqa hamda xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta`sir ko`rsatadigan yetakchilar o`ntaligida qayd etganining o`zi va boshqa mutaxasislarning nafaqat O`zbekistonning tashqi siyosat sohasida, qolaversa barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishyapkanini e`tirof


Download 415.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling