Talaba: Toshpo`latov Javohirbek Ilmiy rahbar: ph


Markaziy Osiyo mintaqasida o`zaro hamkorlik muhitini yaratish O`zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida


Download 415.31 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi415.31 Kb.
#1567177
1   2   3   4   5
Bog'liq
bm (1)

Markaziy Osiyo mintaqasida o`zaro hamkorlik muhitini yaratish O`zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida.

Markaziy Osiyo atamasi o`tgan asrning 80-yillaridan qo`llanila boshlandi`.G`arb olimlari esa Markaziy Osiyo deganda Mo`g`liston, Sibirning janubi, Qozog`izton, Tojikiston,Turkmaniston,Qirg`iziston, O`zbekiston, Afg`oniston shimoli, Eronning Xirot atroflari, Tibet,Siznyan,Gansu xududlari kirishini qayd etadilar.
1993-yil 4-yanvarda Toshkentda O`zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog`izton,Qirg`iston davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrachuvida mintaqaning Markaziy Osiyo deb nomlanishi, unga O`zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston,Qozog`iston,Qirg`iziston kirishi kelishib olindi.Ayni vaqtda bu mintaqa 4mln km maydonni egallab,70mlnga yaqin aholi yashaydi.
Xalqaro munosabatlarning yetakchi ishtirokchilari o`rtasidagi o`z ta`sir doirasini kengaytirish uchun keskinlashib borayotgan raqobat sharoitida Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati qayta ko`rib chiqilmoqda. Uning jahondagi yirik kuch markazlari – eng avvalo AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Yevropa Ittifoqi manfaatlari kesishuvining muhim nuqtalaridan biri sifatida ahamiyati yuksalib bormoqda. Shu bilan bir qatorda, uning yangi yoki shakllanayotgan kuch markazlari, jumladan, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron hamda Arab dunyosi tashqi siyosati kun tartibidagi maqomi ham dolzarblashmoqda6.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo`nalishi sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar qayta ko`rib chiqildi. So`ngi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlari tarixida yangi davrning boshlanishi sifatida baxolash mumkin. Qisqa davr mobaynida davlatlararo aloqalarda muhim ijobiy natijalarga erishildi. Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida o`zaro teng va manfaatli hamkorlik muhiti shakllanib bormoqda. Ko`p yillar davomida shakkllangan muammolar va kelishmovchiliklar ikki va ko`p tomonlar o`zaro manfaatli va teng hamkorlik muloqotlarining yo`lga qo`yilishi va konsensus asosida boshqichma-bosqich hal qilinib borilmoqda. Mintaqadagi geosiyosi holatdan kelib chiqqan holda mintaqamizda hamkorlik tarixiy zaruriyat hisoblanadi. Markaziy Osiyo davlatlari yakka xolda 21–asrning tahdidlariga, globallashuvning salbiy oqibatlariga munosib javob berishi, davlatlar orasida yuqori mavqeiga ega bo`lishga erishishi qiyin kechadi va hozirgi globallashuv jarayonida hech bir davlatning yakka o`zi rivojlanish imkoniyatining o`zi ham mavjud emas. Bu tarixiy zaruriyatni to`g`ri anglagan holda, davlatlararo aloqalarda qisqa davr mobaynida muhim ijobiy natijalarga erishildi. Mintaqada chegara muommolari hal qilinyapti, Markaziy Osiyoda yangi davlatlar tashkil topgan davrdan boshlab ilk marotaba yon qo`shnilar sanoat kooperatsiyasini, o`zaro investitsiyalarni jalb qilish, xavfsizlik sohasida hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida bunday o`zaro ijobiy hamkorlik muhitining shakllanishi va unda O`zbekiston Respublikasi va davlat rahbarining o`rni G`arb va dunyoning yetakchi tadqiqotchilari tomonidan ham alohida ta`kidlab o`tilgan. Xususan, mintaqa bo`yicha mashhur yetakchi olim, tadqiqotchi F.Starrr so`ngi yillarda unda xududlashuvning yangi shabadasi Markaziy Osiyoda esayotganini takidlaydi.Markaziy Osiyo davlat rahbarlari xududiy birlashuv sohasidagi xarakatlarini yanada kattaroq ishtiyoq bilan va erkinroq muvofiqlashtira boshladilar.Markaziy Osiyoda hamkorlik aloqalarining keng yo`lga qo`yilishiga eng ta`sir qilgan omillardan biri sifatida olim 2016-yilda O`zbekistonga yangi rahbar SH. Mirziyoyevning kelishini ta`kidlaydi7.
Shuning bilan birgalikda, Qozog`izton Respublikasi poytaxti Ostona shahrida 2018-yilning mart oyida ilk bor o`tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvi ham o`zaro munosabatlarning yangi munosabatlari boshlanishiga asos bo`ldi. Ma`lumki, davlatimiz rahbari 2017-yil 10-noyabr kuni BMT shafeligida Samarqand shahrida o`tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik “mavzusidagi xalqaro konferensiyada mazkur uchrashuvni o`tkazish taklifini ilgari surgan edi. O`shanda bu tashabbusni mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar qo`llab-quvvatlagan va Qozog`iston rahbari Nursulton Nazarboyev birinchi uchrashuvni Ostonada o`tkazishni taklif qilgan.
Oliy darajadagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezident Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Respublikasi Majlisi raisi Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi.
Sammitda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Mintaqa mamlakatlari davlat rahbarlari yaqin yillarda bu kabi tarkibda yig‘ilmagani, bugungi yig‘ilish istiqboldagi hamkorlikning muhim poydevori bo‘lishi qayd etildi.
Ta’kidlandiki, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. Shu nuqtai nazardan mamlakatlarimiz o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini to‘la ishga solish imkonini beradi.
Uchrashuvda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarini ko‘p ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnilik rishtalari bog‘lab turadi. Tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi. Mintaqamizda dunyo tamadduni rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot an’analari mavjud bo‘lib, bu Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajagi, barqaror rivojlanishi va farovonligini ta’minlashda mustahkam poydevor bo‘la oladi.
Keyingi yillarda mintaqa davlatlari yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish yo‘lida sobitqadam bo‘lmoqda. Davlatlar umummintaqa manfaatlaridan kelib chiqib chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir masalalarga samarali yechim topmoqda.
Jumladan, bir necha yillardan buyon muammoli masala sifatida qarab kelingan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida shartnoma imzolandi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Transport sohasidagi hamkorlik borgan sari kengaymoqda. Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia, temir yo‘l va avtomobil qatnovi tiklandi. Amudaryodan o‘tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir va avtomobil yo‘li ko‘priklari ishga tushirildi. O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan mintaqa mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda yetakchi korxonalari vakillari ishtirokida ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi. O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasi o‘rtacha 20-30 foizga o‘sdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo‘lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqa davlatlari bilan manosabatlarimizga bevosita bog‘liq. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo‘shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta’minlamasdan amalga oshirib bo‘lmaydi8.
Uchrashuvda O`zbekiston Respubliksi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so`zladi. Davlatimiz rahbari tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro anglashuvga asoslangan munosabatlari hal qiluvchi o‘rin tutishini qayd etdi. Energetik salohiyat, tabiiy resurslar, transport-kommunikatsiya imkoniyatlariga ega Markaziy Osiyo ulkan geosiyosiy ahamiyat kasb etishi, bu mintaqadagi jarayonlar butun Yevroosiyo kontinenti barqarorligiga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Bu borada muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, umummintaqaviy muammolarga birgalikda yechim topish maqsadida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvini doimiy o‘tkazish endilikda an’anaga aylanishi kerak. Xavfsizlik masalalari muhokama qilinar ekan, bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelayotgani qayd etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining keyingi maslahat uchrashuvini 2019-yil Navro‘z arafasida Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi sammitning barcha ishtirokchilari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi 2019-yil 29- noyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlar ishtirok etdi. Davlat rahbarlarining uchrashuvlari Birinchi bo‘lib 28 noyabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi. Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi 28 noyabr kuni ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bilan boshlandi.
Конец формы
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Muzokaralar chog‘ida amaliy hamkorlik masalalariga, jumladan, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor ustuvor tarmoqlarda qo`shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishi xususida yakdil fikr bildirdilar.
Muhim tashabbuslar ilgari surildi Sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi. Sh.Mirziyoyev Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha yagona nuqtai nazarni kelishish zarurligini ta'kidlab, uning asosiy yo‘nalishlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Bu, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomashyo va inson resurslari salmoqli bo‘lgan mintaqamizning raqobatdosh ustunliklarini imkon qadar to‘liq ishga solish muhim. Qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirish, mintaqa ichidagi savdoni kengaytirish, ish o‘rinlarini yaratish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni aniqlash va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish lozim. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, agrar tarmoqda faol hamkorlik qilishga tayyor ekani bildirildi. Prezident shu maqsadda Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari investitsiyaviy forumini tashkil etish, savdo-sanoat palatalari rahbarlari uchrashuvlarini har yili o‘tkazishni taklif qildi.
Ikkinchi muhim yo‘nalish – mintaqaning transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish. Markaziy Osiyoning transport tizimi yaratilayotgan zamonaviy logistika infratuzilmasidan foydalangan holda mintaqa ichida uzluksiz kommunikatsiyani ta'minlashi, shuningdek, tobora ortib borayotgan tranzit oqimlariga samarali xizmat qilishi lozimligi ta'kidlandi. Transport kommunikatsiyalari bo‘yicha mintaqaviy kengash tuzilishini, Markaziy Osiyo transport tizimini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha dastur va bitimning kelishilishini tezlashtirish muhimligi qayd etildi.
Uchinchidan, mintaqaning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi, O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish, zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish borasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekani ta'kidlandi. Mamlakatlarning ulkan turizm salohiyatini amalga oshirish yana bir istiqbolli yo‘nalishdir. Davlat rahbari buning uchun Markaziy Osiyoning yagona, ko‘pchilik taniydigan turizm brendi, mintaqa uchun umumiy bo‘lgan jozibador turizm mahsulotlarini shakllantirish lozimligiga e'tibor qaratdi. Shu maqsadda prezident “Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat” xalqaro turizm konferensiyasini o‘tkazish taklifini bildirdi. Shavkat Mirziyoyev suvdan foydalanish borasidagi muammolarni hal etishga doir o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishni taklif etdi, Afg‘onistonda tinchlik, milliy murosa va iqtisodiy tiklanishga erishishga ko‘maklashish yo‘lida mintaqa mamlakatlarining sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish muhim ekanini ta'kidladi9.
– Siyosiy iroda va amaliy qadamlarimiz tufayli biz hamkorlikning yanada yuqori bosqichiga ko‘tarilmoqdamiz, – dedi davlat rahbari. – Bizning hamjihatligimiz va faol sa'y-harakatlarimiz ko‘pqirrali mintaqaviy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Biz qisqa muddatda birgalikda, amalda oldinga siljishga erishdik. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi yillarda 2 barobarga, qo‘shma korxonalar soni 4 barobarga o‘sdi. Birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan chegaralarning huquqiy rasmiylashtirish ishlari yakunlanish arafasida, oltmishga yaqin o‘tish punktlarining to‘laqonli faoliyati ta'minlandi, vizalar bekor qilindi. Ishbilarmonlik va hududlararo aloqalar, transport qatnovlari, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.10.
Markaziy Osiyo investitsiya forumi va mamlakatlarimiz savdo-sanoat palatalarining ilk yig‘ilishini o‘tkazish, shuningdek, Transport kommunikatsiyalari bo‘yicha mintaqaviy kengash tuzishni tezlashtirish, “Bir sayohat bilan butun mintaqa bo‘ylab” tamoyili asosida qo‘shma dasturlarni ilgari surish uchun Xalqaro turizm konferensiyasini tashkil etish taklif etildi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari Parlamentlararo do‘stlik guruhini ta'sis etish hamda “Markaziy Osiyo – yagona o‘tmish, umumiy kelajak” shiori ostida madaniy-gumanitar almashuv platformasining yaratilishi bizning barcha xalqlarimiz manfaatlariga javob berishi ta'kidlandi. Prezidentimiz ilm-fan, madaniyat va san'at sohalarida erishilgan salmoqli yutuqlar uchun Markaziy Osiyo mukofotini ta'sis etish, shuningdek, universitetlar forumlari va mintaqaviy sport o‘yinlarini tashkil etish taklifini ilgari surdi. –Har yili Navro‘z bayrami arafasida navbati bilan har bir mamlakatda Markaziy Osiyo madaniyat kunlarini o‘tkazishni muhim deb hisoblaymiz. Bularning barchasi qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi11 “-deb takidlab o`tdi Shavkat Mirziyoyev.
Suvdan birgalikda foydalanishning dolzarb masalalarini, mintaqaning murakkab suv va ekologik muammolarini hal qilishning barcha uchun maqbul yechimini izlash o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni talab etadi. Innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini tatbiq etish, cho‘llashishni bartaraf qilish va boshqa kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish maqsadida O‘zbekiston prezidenti BMT shafeligidagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast fondi imkoniyatlarini samarali ishga solishni taklif etdi.
Eng muhim ustuvor vazifa – mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashdan iborat ekanini hisobga olib, davlatimiz rahbari O‘zbekiston zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga keng miqyosda qarshi turish uchun mamlakatlarimizning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari va maxsus xizmatlarining operativ hamkorlik qilishi bo‘yicha ishchi mexanizmlarni yaratish tarafdori ekanini ta'kidladi. – Afg‘oniston mintaqamizning uzviy bir qismidir. Ushbu diyorga tinchlik va taraqqiyot yo‘liga qat'iy qadam qo‘yishi uchun yordam berish – barchamizning umumiy manfaatlarimizga to‘liq mos keladi. Muammoni siyosiy yo‘l bilan hal qilish borasidagi asosiy tamoyillarga amal qilish zarur deb hisoblaymiz. Avvalambor, bu – zo‘ravonlikdan voz kechish, o‘t ochishni to‘xtatish, muloqot va murosaga tayyorlikni namoyon etishdan iborat, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan tashqari, davlat rahbari Afg‘onistonda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga faol jalb etishga qaratilgan kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish o‘ta muhimdir.
Shavkat Mirziyoyev uchrashuv ishtirokchilarini o‘zaro hamkorlikning asosiy maqsad va tamoyillarini kelishib olishga, inson, kapital, tovar va xizmatlarning harakati, shuningdek, keng madaniy-gumanitar almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratib berish, Markaziy Osiyoda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklikni mustahkamlashning amaliy mexanizmlarini shakllantirish va yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

Download 415.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling