Talaba yoshlara muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarining nazariy asoslari


Muhabbat hislarining turlari va uning nazariy asoslari


Download 1.35 Mb.
bet9/16
Sana21.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1645272
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
ФАРОҒАТ ЯНГИ (2)

2.2. Muhabbat hislarining turlari va uning nazariy asoslari
Sevgi insonning eng murakkab hissiyotlaridan biri bo`lishi bilan birga, eng asosiysi hamdir. Sevgi haqida turli xil nazariyalar mavjud bo‘lib, psixologlar muhabbat muhim ahamiyatga ega ekanligi borasida hamfikrlar ammo ular hali ham bu hodisa nima uchun va qanday sodir bo‘lishiga aniq javob topa olmaganlar. Hozirgi vaqtda sevgi, xissiy bog‘liqlik va yoqtirishni tushuntirishga urinuvchi uchta asosiy nazariya mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iboratdir.
Z. Rubinning yoqtirish va sevish shkalalari nazarisi sevgi va muhabbat munosabatlarini tushuntiruvchi o‘ziga xos nazariya hisoblanadi.
Amerikalik ijtimoiy psixolog, huquqshunos va yozuvchi, Z. Rubin birinchilardan bo‘lib sevgini emperik ravishda o‘lchash usulini ishlab chiqqan. Rubin ishqiy muhabbatning uch qismdan iborat ekanligiga ishonch bildirib, - bog‘lanish, - g‘amxo‘rlik va – yaqinlik kabilarni ta’kidlab o‘tadi. Bog‘lanish - boshqa odam bilan birga bo‘lish va undan mehr ko‘rish zarurati. Uningcha bog‘lanishning muhim tarkibiy qismlariga qo‘lab-quvvatlash va jismoniy aloqa kiradi.
G‘amxo‘rlik - boshqa odamning baxti va ehtiyojlarini o‘ziniki kabi qadrlash.
Yaqinlik - shaxsiy istaklar, xissiyotlar va e’tiqodlarni hech qanday to‘siqlarsiz bo‘lisha olish imkoniyatini beruvchi tuyg‘u sifatida baholangan.
Keyin Rubin ushbu elementlarni o‘lchash uchun ikkita savolnomani ishlab chikdi. Rubinning so‘zlariga ko‘ra, kimnidir yoqtirish va kimnidir sevish o‘rtasidagi farqni u odamga qanday baho berishimizdan aniqlash mumkin degan g‘oyani ilgari suradi.
Rubinning savollari boshqa odamni yoqtirish va sevish tuyg‘ularini o‘lchash uchun tuzilgan va keyin bu natijalar taqqoslab ko‘rilgan. Rubin anketani bir guruh ishtirokchilarga berib, o‘zlarining yaqin do‘stiga va sevgan insoniga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini bildiruvchi javoblarni asoslab berish so‘raldi. Olim shuni aniqladiki, yaqin do‘st haqidagi ballar yoqtirish shkalasida yuqori bo‘lgan bo‘lsa, sevgan inson haqidagi ballar sevgi shkalasida yuqori bo‘lgan. Shunday qilib tadqiqotchi Rubin sevgi tuyg‘ularini muvaffaqiyatli o‘lchashga muvaffaq bo‘lgan.
Amerikalik ijtimoiy psixolog Elayn Xetfildning ehtirosli va mehrli sevgi nazariyasi mavjud bo‘lib, unda tadqiqotchi faqat ikkita turdagi sevgi borligini ta’kidladi va bu ikki sevgini ehtirosli va mehrli sevgi nomlari bilan atadi.
Ehtirosli sevgi - kuchli jinsiy qo‘zg‘alish, tortishish, mehr, hissiyot va birga bo‘lishga bo‘lgan kuchli istak hissi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha ehtirosli muhabbat odatda qisqa umr ko‘radi va ma’lum muddat (olti oydan o‘ttiz oygacha) davom etish xususiyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi deya ta’kidlaydi. Ammo mehrli sevgiga aylanishi mumkin.
Olim sevgining ikkinchi turi sifati mehrli sevgini - ikki jins o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, hurmat, ishonch, mehr va sadoqat hislari ustiga quriladi. Shuning uchun ham mehrli sevgi ehtirosli sevgidan ko‘ra uzoqroq davom etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi deb alohida ta’kidlab o‘tadi.
Xetfild shuningdek, ko‘ngil ko‘tarilishi va rohatlanishga yetaklovchi ikki tomonlama sevgi hamda umidsizlik va frustratsiyaga olib keladigan javobsiz sevgi o‘rtasidagi farqni ham ajratib ko‘rsatgan. U mehrli va ehtirosli sevgining paydo bo‘lishi uchun zaruriy bo‘lgan ba’zi asosiy omillar mavjud ekanligiga ishora beradi. Aytib o‘tilishi lozim bo‘lgan omillar esa quyidagilar ekanligini ta’kidlaydi.
Uningcha sevgi muhabbat munosabatlarida ayrim hisobga olish lozim bo‘lgan jihatlarni ta’kidlab o‘tadi.
Vaqt: Individning sevib qolishi va sevishga tayyorlik payti,
O‘xshashlik: Inson o‘ziga o‘xshash bo‘lgan shaxsni sevib qolishga moyillikning mavjudligi bilan belgilanadi.
Dastlabki bog‘lanish uslublari: Uzoq muddatli, uzoq muddatli munosabatlar odatda bir-biriga kuchli va samimiy bog'langan muvozanatli odamlar o'rtasida paydo bo'ladi. Tezda sevib qolgan va tezda sovib ketadigan impulsiv, bezovta odam ko'pincha uzoq muddatli munosabatlarga qodir emas degan xulosalarini berib o‘tadi.
K anadalik psixolog Jon Alan Li o‘z tadqiqotlarida sevgining oltita uslubini "ranglar g'ildiragi" bilan taqqoslab o‘rganadi. Uning fikricha, rang spektrida uchta asosiy rang bo'lgani kabi, muhabbatda ham uchta asosiy uslub mavjudligi tushuntiriladi.
• Eros - ideal tasvirga ham jismoniy, ham hissiy muhabbat; ko'pincha jismoniy jozibaga asoslangan.
• Ludus - bu o'yin kabi o'ynaladigan yoki ular qandaydir musobaqada qatnashayotgandek (ko'pincha bir vaqtning o'zida bir nechta sheriklarning mavjudligiga olib keladigan) sevgining bir turi.
• Storge - ko'pincha do'stlik asosida paydo bo'ladigan va chuqur mehrga aylangan sevgi. Rang spektrining uchta asosiy rangi kabi, bir-birini to'ldiruvchi ranglarni yaratadigan aralashish, sevgining uchta asosiy uslubining kombinatsiyasi yangi variantlarni beradi. Xuddi rangli gildirakning asosiy ranglarini birlashtirib, boshqa ranglarni hosil qilish mumkin bo‘lgani kabi asosiy sevgi uslublarini ham qorishtirish mumkin. Natijada uchta ikkilamchi sevgi uslublari paydo bo‘ladi. Masalan:
• Maniya - sevgi-eros va sevgi-lyudus birikmasi kombinatsiyasi ko‘rinishi bo‘lib, bu hissiy emotsional beqarorlik, rashk va mutloq egalik tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi.
• Pragma - lyudus va storgeni birlashtirgan amaliy sevgi bo‘lib, sevishganlarning yakuniy maqsadiga erishish umidi bilan munosabatga kirishish natijasida munosabatlar amaliy va real ravishda tahlil qilinadi.
• Agape - sevgi-eros va sevgi-storgening birikmasi bo‘lib, sevginining barcha jihatlarini o‘z ichiga oluvchi va fidoiylik bilan kechuvchi uslublar haqida alohida tushuntirib o‘tadi.
Robert Sternbergning uchlik sevgi nazariyasi
Amerikalik ijtimoiy psixolog Robert Sternberg o'zining uch komponentli sevgi nazariyasini 2004 yil psixologiya fani olamiga taklif qiladi. Unga ko‘ra sevgi uch qismga bo‘linishi mumkinligi va bu uchlik sifatida yaqinlik, ehtiros va sadoqatni keltirib o‘tadi.

  • Yaqinlik - bir-birini qo‘llab-quvvatlash, bo‘lishish va sevilishni his qilish.

  • Extiros - jinsiy qo‘zg‘alish, simpatiya va eyforiya. Bu ikkita shaxsni birlashtiradigan asosiy omillardan hisoblanadi.

  • Sadoqat - boshqa odamga sadoqatli bo‘lish va uzoq muddatli munosabat-larda qolish istagi sifatida baholanadi.

Tadqiqotchi R. Sternbergning ta’kidlashicha ushbu uchta qismdan yetti xil kombinatsiya yaratish mumkin. Buni tushunishning eng oson usuli sevgi uchburchagini tasavvur qilishdan iboratdir deb tushuntiradi. Unda yaqinlik, ehtiros va sadoqat shaklning burchaklari va yettita kombinatsiya burchaklari o‘rtasidagi bog‘lanishlardir.
Shu bilan bir qatorda, masalani tushunish uchun jadval ko‘rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqligini tushuntiradi.







Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling