Талабалар мустақил таълимини ташкил этишда компьютер технологияларининг ўрни ва аҳамияти


Download 16.77 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.77 Kb.
#1596484
Bog'liq
М. Мамбетниязов.


MUSTAQIL TA`LIMINI TASHKIL ETISHDA KOMP`YUTER TEXNOLOGIYALARINING O`RNI VA AHAMIYATI
Mambetniyazov.М.
Ajiniyoz nomidagi NDPI,
«Informatika o’qitish metodikasi » kafedrasi katta o’qituvchisi,

Ta`lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish, ta`limda yuqori samaradorlikka erishish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda ta`lim jarayonini texnik vositalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Maktablarda, litsey va kollejlarda, oliy ta`limda axborot texnologiyalarini qo`llash orqali dars o`tish o`quvchilarga berilayotgan axborotni tez va oson etib borishini, ularni tushunarli va xotirada yaxshi saqlanishining asosi bo`ladi.


Axborot texnologiyalari – talabalarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo`yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan, ma`lumotlarni tashkil etish, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnika vositalari bo`lib xizmat qilar ekan. Biz undan to`g`ri va samarali foydalansak, ta`lim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Kelajagi buyuk davlatni bunyod etishda yangicha fikrlaydigan, bozor munosabatlari sharoitlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o`rin egallashi uchun zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini inson faoliyatining barcha jabhalariga, shu jumladan ta`lim tizimiga keng joriy etish muhim omillardan biridir.
Ta`lim muassasalarining o`quv-tarbiya jarayonida komp`yuter texnologiyalari yordamida talabalarning mustaqil bilim olishi ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o`qituvchisi oldida:
• talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishda fanning ahamiyatini oshirish;

  • mustaqil ta`lim mashg`ulotlarini ishlab chiqish va uni talabalar tomonidan o`zlashtirish samaradorligini oshirish;

  • talabalarning bilish faoliyatini va o`zlashtirish darajalarini rivojlantirish asosida o`qitishning usul va shakllarini takomillashtirish;

  • ta`limda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash usullarini ishlab chiqishdek muhim vazifalar turadi.

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ta`limda talabalarning mustaqil bilim olishini kuchaytirishga qaratilgan topshiriqlar yordamida amaliy dasturlardan foydalanishga o`rgatish zarur.
Hozirgi kunda Respublikamiz ta`lim tizimi zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlanayotganligi va bunday vositalardan o`quv-tarbiya jarayonida samarali foydalanishga katta e`tibor berishga qaratilayotganligi ta`lim tizimida zamon talablariga javob beradigan yangi-yangi o`quv-pedagogik dasturlar yaratish masalasini qo`ymoqda.
Biz ko`pgina ishlab chiqilgan xorijiy va Respublikadagi komp`yuter dasturlarining imkoniyatlari bilan tanishib chiqqan va tahlil etgan holda o`z oldimizga shunday maqsadni qo`ydikki, talabalar komp`yuter orqali fandan, shu jumladan "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan mustaqil bilim olishga va o`zlashtirgan bilim darajalarini aniqlashga erishsin. Shuningdek, o`qituvchi o`z navbatida qaysi talaba fanni yoki mavzuni qanday darajada o`zlashtirganligini nazorat qilib borishi va o`quv materialini kerakli vaqtda tuldirishi yoki boshqasi bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo`lsin. Buning uchun, aynan komp`yuter sohasini tushunuvchi mutaxassisgina emas, balki ixtiyoriy fan o`qituvchisi dasturdan foydalanish imkoniga ega bo`lsin. Bundan ko`rinib turibdiki, talabalarning mustaqil bilim olishi va o`zlashtirish darajalarini aniqlashda komp`yuterdan o`qitishning texnik vositasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ta`lim jarayonida o`qitiladigan turli predmetlarda komp`yuterdan keng va samarali foydalanish uchun o`quv va amaliy dasturlar tizimi yaratilishi lozim. Talaba bunday dasturlardan foydalanib bajarayotgan amallarning izchilligini va to`g`riligini ta`minlash va tekshirishi mumkin, darsni yakkalashtirish, har bir talaba o`zining intellektual o`zlashtirish darajasida bilim olishiga erishish, ta`lim jarayonida «teskari aloqa» ni o`rnatish, xulosa qilib aytganda o`quv-tarbiya jarayonini jadallashtirish mumkin.
Hozirda zamonaviy komp`yuterlar ta`lim tizimining barcha sohalariga jadal sur`atlar bilan kirib kelayotganligi, ular imkoniyatidan samarali foydalangan holda talabalarning o`quv materiallarini mustaqil o`zlashtirish samaradorligini oshirishga e`tibor berish kerakligini ko`rsatmoqda.
Talabalarning fanlarni mustaqil o`zlashtirishi va o`z bilim darajalarini o`zlari aniqlab borishlari uchun pedagogik dasturiy vositalar bilan didaktik materiallar (o`quv-metodik qo`llanmalar) ham o`rin egallaydi. Albatta, talabalar mustaqil bilim olishini yo`lga qo`yish natijasida dars jarayoni samaradorlignining oshishi va ta`lim sifatini ko`tarish o`qituvchining asosiy vaziflaridan biri hisoblanib, uning ta`lim berish jarayonini to`g`ri tashkil eta olishiga bog`likdir. Agar talaba uchun barcha etarli sharoitlar (o`quv materiallari, komp`yuter texnikalari, avtomatlashtirilgan dasturlar va h.k.) bo`lsayu, undan foydalanishda sustkashlik bo`lsa, o`quv jarayoni to`g`ri tashkil etilmagan bo`lsa, yuqori natijalarga erishib bo`lmaydi. Bu o`rinda o`qituvchi va talabaning o`zaro munosabatlari ham muhim o`rin egallaydi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanish natijasida, talabalar fanlarni mustaqil bilim olishga erishadi, o`qituvchi esa o`z navbatida fan bo`yicha tayyorlagan didaktik materiallarning elektron variantini o`z vaqtida yangilab borishga qiyinchiliklarsiz erishadi. Bu esa ta`lim jarayoni sifatining oshishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Informatika, informatsion texnologiyalar /M.M.Aripov, T.Imomov va b.
O`quv qo`llanma, 1-qism. –Toshkent.: «TDTU», 2002 y, 230 b.
2. Hayitov A.F. Umumiy o`rta ta`limda informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o`qitishni komp`yuterlashtirish nazariyasi hamda amaliyoti. Avtoref. ped. fan. dokt. Diss. -T.: TDPU, 2006 y, 37 b.



Download 16.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling