III. MAGISTRLIK DISSERTATSIYA MAVZUSINING ASOSNOMASI
1. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Dunyo miqyosida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda bolajak mutaxassislar uchun jahon sivilizatsiyasi yutuqlari va axborot resurslaridan keng foydalanish, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim mazmunini xalqaro standartlar asosida tashkil etish masalalari alohida dolzarblik va ahamiyat kasb etmoqda. Bunda innovatsion texnologiyalar qatoridan orin olgan loyihalash texnologiyalarining ahamiyati beqiyosdir.
Bugungi kunda talabalik davrida innovatsion tafakkur rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillarni shakllantirish muammosi davlat siyosati darajasiga kotarilgan. Bu borada oliy talim muassasalarida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot ishimizda ishlab chiqilgan tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’grisida”gi 242-sonli qarori, 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947 sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |