Tadqiqot vazifalari:
- mavzu yuzasidan pedagogik manbalarni to‘plash;
- tadqiqot bazasi etib tanlangan oliy o‘quv yurtalari talabalarida
tashkilotchilik mahoratini shakllantirish jarayonini kuzatish va pedagogik
tahlildan o‘tkazish;
- olingan natijalarni umumlashtirib dissertasiya holiga keltirish.
Ilmiy-tadqiqotning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi, O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq va asarlarida bayon qilingan
shaxs ma’naviyatini shakllantirish, kadrlar tashkilotchilik mahoratini oshirishga doir
g‘oyalar, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid
qarashlari, barkamol shaxsni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan falsafiy,
pedagogik, psixologik ta’limotlar, ilmiy-pedagogik, metodik manbalar, shuningdek,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim
islohotlariga doir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul
qilingan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |