Talabalarga dasturlashni o‘rgatishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish
Download 20.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqФ. Toxirov .
TALABALARGA DASTURLASHNI O‘RGATISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH Toxirov F.J. – o‘qituvchi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy shahri. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida informatika turkumiga kiruvchi fanlarni, xususan, dasturlash texnologiyasini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish davr talabiga aylanmoqda [1]. Shuningdek, dasturlash tillarining takomillashuvi tufayli talabalarga dasturlashni o‘rgatishda muammoli ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirish zarurati paydo bo‘lmoqda [2]. Bu borada, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimida muammoli ta’limdan foydalanish metodikasiga oid tadqiqotlar mamlakatimiz va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida A.A.Abduqodirov, D.I.Yunusova, J.O.Tolipova, D.M.Maxmudova, M.A.Goncharova, N.V.Reshetnikova, Y.Y.Rudnitskaya, L.V.Pilipets, O.A.Prusakova, A.M.Galimov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Ularning ilmiy tadqiqotlarida talabalarning muammoli tafakkurini shakllantirish, informatika kursida axborot texnologiyalari bo‘yicha muammoli ta’limning o‘quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayonida qo‘llashga oid izlanishlar olib borilgan. Jumladan, Y.Y.Rudnitskaya tadqiqotida talabalarning muammoli tafakkurini shakllantirishning didaktik modelini yaratgan [3]. L.V.Pilipetsning tadqiqotida boshlang‘ich sinflarda fizika fanini paradokslardan foydalangan holda muammoli o‘qitish texnologiyasi ishlab chiqilgan [4]. A.M.Galimovning ishlarida tabiiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslangan kompyuter modellari ishlab chiqilgan [5]. Bu kabi fikrlar O.A.Prusakovaning ilmiy izlanishlarida ham uchraydi. Uning tadqiqotida tayanch maktabda axborot texnologiyalarini o‘qitishda muammoli vaziyatlarning yuzaga kelish mexanizmlari va asosiy xarakteristikalari aniqlangan [6]. Yuqorida qayd etilgan olimlarning tadqiqotlari va tajriba sinov ishlari tahlilida ma’lum bo‘ldiki, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning dasturlashga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Shu bois, tadqiqot doirasida “C++ dasturlash tilida takrorlanuvchi operatorlar bilan ishlash” mavzusini muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanib tashkil qilish bosqichlari ishlab chiqildi. Bunda, professor-o‘qituvchi video ko‘zgu orqali talabalarga C++ dasturlash tilining while, do..while, for operatorlarini ishlash tartibi haqida ma’lumot beradi. Mazkur jarayonda professor-o‘qituvchi tomonidan talabalarga quyidagi misol savol tariqasida berilishi tavsiya etiladi: C++ dasturlash tilida berilgan n ta butun sonning yig‘indisini qanday topish mumkin. Talabalarga ushbu mavzuga qadar kichik miqdordagi sonlarni dasturga kiritish va ular ustida amallar bajarish o‘rgatib kelinadi. Mazkur savol ularda yangi g‘oyalarni ilgari surishiga olib keladi. Professor-o‘qituvchi talabalar tomonidan berilgan takliflarni eshitadi va quyidagi dastur kodini yozib ko‘rsatadi: 1. while (i<=n) { cin>>a; s+=a; i++; } 2. do { cin>>a; s+=a; i++; } while (i<=n); 3. for (int i=0; i<=n; i++) { cin>>a; s+=a; } Professor-o‘qituvchi bundan so‘ng kiritish operatorini takrorlanish tanasida qo‘llash orqali berilgan miqdordagi sonlarni kiritish va ular ustida amallar bajarish mumkinligini aytib o‘tadi va muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanib, turli murakkablikdagi misol va masalalarni dasturlash usullarini ko‘rsatib beradi. Misol va masalalarni dasturlash while, do while va for operatorlari orqali amalga oshiriladi. Mazkur jarayon quyidagi bosqichlarda olib boriladi: Mustaqil bo‘lmagan faoliyat bosqichi. Bunda quyidagi masalaning dastur kodi professor-o‘qituvchi tomonidan to‘liq yozib beriladi: 1 kg konfetning narxi haqiqiy sonda berilgan. 1, 2, …, 10 kg konfetning bahosini chiqaruvchi dastur. Yarim mustaqil faoliyat bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi masalaning dastur kodini bir qismi berilmay taqdim etiladi. n (n>0) butun son berilgan. Butunga bo‘lish va qoldiqni aniqlash amallaridan foydalanib, n sonida 3 ga karrali raqam borligini aniqlovchi dastur. Mustaqil faoliyat bosqichi. Bu jarayonda talabalar o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llaydi. Bunda talabalarga quyidagi masala beriladi, professor-o‘qituvchi tomonidan tavsiyalar deyarli berilmaydi. Barcha uch xonali sonlar ichida raqamlarining yig‘indisi 21 ga teng bo‘lgan birinchi sonni topish dasturi. Ijodiy faoliyat bosqichi. Bu jarayonda ijodiy yondashuv, algoritmik va mantiqiy fikrlashni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish, berilgan muammoni yechishning yangi yo‘llarini topish, mustaqil isbotlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda quyidagi masala berilishi mumkin: n butun son berilgan (n>0). 1 va n oralig‘idagi tub sonlarni topish dasturi. Ushbu bosqichda professor-o‘qituvchi bergan topshiriqqa talabalar o‘zlari yechim izlaydi va bu jarayonga ijodiy yondashadi. Bundan so‘ng, talabalarga topshiriqlar beriladi va ularni tahlil qilish o‘rgatiladi: - talabalarga best-programming.uz axborot-ta’lim muhitida joylashtirilgan elektron ta’lim resursi tarkibidagi na’munaviy dastur kodlari namoyish etiladi. So‘ngra topshiriq sifatida best-programming.uz axborot-ta’lim muhitiga joylashtirilgan misol va masalalar beriladi. - topshiriq sifatida berilgan masala shartini tahlil qilish o‘rgatiladi. - berilgan masalaning algoritmini tuzish, algoritmni so‘z va blok-sxema ko‘rnishida tasvirlash, tuzilgan algoritmlarning qulay va samarali variantni tanlash, mavjud algoritmlar asosida turli sinf masalalarini algoritmlash o‘rgatiladi. - berilgan masalalarning algoritmlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tahlil va sentiz qilish qobiliyati oshiriladi. - berilgan masalalarning algoritmini C++ dasturlash tilining dastur kodiga o‘tkazishga oid ko‘nikma va malakalari rivojlantiriladi. - dastur kodiga o‘tkazilgan masalalarning yechimini tekshirishga oid malakasi shakllantiriladi. - dastur kodida kamchiliklar aniqlansa berilgan masalaning algoritmini va dastur kodini qayta tahrirlash va tahlil qilishga o‘rgatiladi. Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik orqali dasturlashni o‘qitish talabalarning dasturlashga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Download 20.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling