Talabalarning bilimini ilmiy izlanishlar bo‘yicha oshirish
Sexdagi liniyaning texnologik jarayonini tashkil etish
Download 0.52 Mb.
|
Beton
Sexdagi liniyaning texnologik jarayonini tashkil etish
Texnlogik jarayonlar asosiy va yordamchi qismlarga bo‘linadi. Asosiy jarayonlarda ish predmetlari o‘zining ko‘rinishi, shakli va o‘lchamlarini o‘zgartiradi (ya'ni, xom ashyolardan qorishma va to‘rlar, sinchlar, ulardan buyumlar tayyorlanadi). Qo‘shimcha jarayonlarda xom ashyolar va buyumlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi, taxlanadi va x.k. Texnologik jarayonning asosiy tavsifi-bu aloxida siklning bajarilishi va uning bajarilishi jarayonida buyumning bir postdan ikkinchi postga siljib borishidir. Alohida sikl-bu alohida texnologik jarayonlarning ma'lum ish joyida bajarilishidadir (qoliplarni tayyorlash sikli, armaturalash xili, quyish sikli va x.k.). Alohida sikllar yig‘indisidan texnologik sikl vujudga keladi. Alohida sikllarning to‘liq vaqti davomiyligi quyidagi formula asosida hisoblanadi: bu yerda: Te asosiy va qo‘shimcha jarayonlar vaqti yig‘indisi, min; D- qo‘shimcha vaqt sarfi, T0-nisbatan foiz hisobida. Aloxida sikllarning to‘liq vaqti hamma jarayonlarni bajarish uchun ketgan vaqtlarga hamma vaqt ham teng bo‘lavermaydi, chunki ba'zi jarayonlar bir vaqtda parallel bajarilishi mumkin. Yig‘ma temirbeton korxonalarida elementar sikllar ketma-ket keluvchi mexanizatsiyalashgan va qo‘lda bajariladigan jarayonlardan iborat bo‘ladi. Shu sababli mashina va mexanizmlar hamda zveno ishchilari orasida umumiy bog‘lanish bo‘lishi kerak. Hisoblashlar quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Postlarning texnologik hisobiy sxemasini ishlab chiqish. Aloxida sikllardagi jarayonlarning bajarilish vaqtini tasdiqlash. Hisoblash parametrlarini aniqlash. Postlarning texnologik hisobiy sxemasi alohida sikllarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan uskunalar va ishlab chiqarish ob'ektlarini bildiradi. Shu sababli postlarning sxemasini ishlab chiqishda undagi jihozlarning ratsional joylanishiga alohida e'tibor berilishi kerak. Asosiy va qo‘shimcha jarayonlarning parallel bajarilishini ta'minlash lozim. Ya'ni, betonquygichning bo‘sh yurishi kamroq bo‘lishi, armaturani taranglovchi qurilmalar buyumni armaturalash postidan uzoq bo‘lmasligi kerak va x.k. Hisoblash parametrlariga quyidagilar kiradi: ish hajmi, mashinalarning ishlash va bo‘sh yurish masofalari, texnologik rejimlar, qo‘lda bajariladigan ishlar va ishlarning vaqt me'yori, ishlab chiqarilgan buyumning yuqoriga yoki yon tomoniga siljitilishi vaqti. Alohida sikllarning davom etish vaqtini aniqlash uchun siklogramma quriladi. Siklogrammada alohida jarayonlarning bajarilish vaqti aniq topiladi. Siklogrammani qurish uchun oldin postlarning sxemasi joylashtiriladi. Siklogrammada ordinata o‘qi bo‘yicha vaqt minutlarda, absissa o‘qi bo‘yicha masofa metrlarda belgilanadi. Siklogrammada mashina va mexanizmlar, ishchilar, shuningdek qolipning buyum bilan birgalikdagi ishlash jarayoni va harakatlanish nuqtalar va chiziqlar bilan belgilanadi. Absissa o‘qidagi har qanday chiziqning proeksiyasi mashina qancha masofaga xarakatlanganini bildiradi. Agar chiziq absissa o‘qida bir nuqtaga proeksiyalansa, demak mashina bironta jarayonni harakatlanmasdan bajarmoqda, yoki jarayon qo‘lda ishchilar yordamida bir joyda bajarilayotganini bildiradi. Ordinata o‘qidagi har qanday chiziqning proeksiyasi keyingi jarayonni bajarish uchun ketgan vaqtni bildiradi. Siklogrammadagi liniyalar ordinata o‘qiga nisbatan α burchakga og‘gan bo‘ladi. Mashinaning harakatlanish tezligi siklogrammada burchak α ning tangensi orqali belgilanadi, tgα= . M isol uchun, betonquygichning ishlash siklogrammasi quyidagicha quriladi: ( 1-rasm). 1-rasm. beton kuygichning ishlash sxemasi. Sxema bo‘yicha betonquygichning vaziyati quyidagicha: I-beton qorishmasi yuklangan vaqt; II-qolipga beton qorishmasini quyishdan oldingi vaziyat; III-betonquygichning qolipga betonni quyib o‘tganidan keyingi vaziyat. I, II, III-vaziyatdagi nuqtalardan absissa o‘qiga perpendikulyarlar tushiriladi va betonquygichning xarakatlanish masofalari aniqlanadi. Jarayonlarning analitik hisoblashlar asosida topilgan bajarilishi vaqtlari ordinata o‘qi bo‘yicha joylashtiriladi. Ordinata o‘qidagi har bir jarayonning boshlanish va tamom bo‘lish vaqtlari nuqtalaridan perpendikulyarlar o‘tkazilib, absissa o‘qiga o‘tkazilgan perpendikulyarlarda kesishgan kerakli nuqtalar topiladi va x.k. Demak, stklogrammaning “a-b” uchastkasida betonquygichga beton qorishmasini yuklash vaqti ko‘rsatilgan (1-min); “b-v” betonquygichning qolipga siljib kelishi (masofa 5m, harakatlanish vaqti 1 min, tgα1=5 m/min-transport tezligi); “v-g” betonquygichning ishlab turgandagi harakati; “g-d”-betonquygichning qorishmani quyish va uni joylashtirishdagi turib qolgan vaqti; “d-ye”-betonquygichning oldingi I-vaziyatga qaytishi. Texnologik jarayonlarni bajaruvchi istalgan mashina va mexanizmlarning ishlash siklogrammasi yuqoridagidek tartibda quriladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling