Talabalarning ishlashiga ruhsat berilishi: jamiyat rivoji yo’lida muhim imkoniyat


Download 17.4 Kb.
bet3/4
Sana03.09.2023
Hajmi17.4 Kb.
#1672394
1   2   3   4
Bog'liq
Талаба ишлаши (1)

Mehnat yarmarkalari
Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo’ylab keng tarmoqli chora-tadbirlar ishlab chiqish boshlandi. Barcha mahalliy hokimliklar tashkilotlar bilan hamkorlikda bo’sh ish o’rinlarini tahlil qilib, ularga talabalarni qabul qilish imkoniyatlari o’rganildi.
Shakllantirilgan vakansiyalar bazasi asosida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida mahalliy hokimliklar va tashkilotlar vakillari ishtirokida mehnat yarmarkalari tashkil etildi. OTM rahbariyatlari bu yarmarkalar orqali ishlashga ehtiyoji bo’lgan barcha talabalarni qamrab olish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirdi, jumladan maxsus vakillar ishtirokida shu mavzuga bag’ishlangan axborot soatlari o'tkazildi.
Shuningdek, faqat talabalar uchun mo’ljallangan ish izlash platformalari ishlab chiqilgani, unda yangi ish o’rinlari uzluksiz e’lon qilib borilgan taxsinga sazovor. Qo’shimcha ravishda bu vakansiyalar bazasi OTMlarning rasmiy sahifalarida ham kundalik joylab borildi..
Bir so’z bilan aytganda, davlat tashkilotlarining talabalarga bo’lgan munosabati sezilarli darajada o’zgardi. Bundan avval “talabaga ish yo’q” deb eshikni ko’rsatgan rahbarlar endi ularni samimiy qabul qilib, avval haq to’lanadigan amaliyotchi, keyin esa doimiy xodim sifatida qabul qila boshladilar.
Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilgan ushbu islohot natijasida yurtimizdagi minglab talabalar qonuniy ravishda ishga joylashdilar. Ularning asosiy qismini pedagogika yo’nalishida tehsil olayotgan talabalar tashkil etadi.
Mahalliy hokimiyatlar va pedagogika universitetlari tomonidan talabalarni iloji boricha OTMga yaqin maktab va bog’chalarga ishga joylashtirish choralari ko’rildi. Bundan asosiy maqsad esa ularga qulaylik yaratish hamda vaqtini tejash edi.
Yana bir quvonarli jihati shundaki, talabalarni ish bilan qamrab olish faqatgina mehnat yarmarkalari bilan cheklanib qolmay, asosiy ish platformasi hisoblanuvchi ish.mehnat.uz saytida ham maxsus “Talaba uchun” degan tanlov filtri qo’shildi. Bu esa saytga kirgan talaba uchun 100 minglab vakansiyalar orasida o’ziga mosini topishda qulaylikni bir necha barobarga oshirdi desak adashmaymiz.

O’zimni erkin shaxs hisoblay boshladim
Jo’rayev Elyor, tarix fakulteti 3 bosqich talabasi:
“Ota-onam ikkalasi ham o’qituvchi bo’lganliklari uchun yoshlikdan bizning yaxshi o’qishimizga jiddiy e’tibor berishgan, Onam ona tili va adabiyot fanidan, dada mesa jismoniy tarbiya fanidan dars beradi. Ikkalalari ham maktabda ishlaganligi uchun bolaligimizda asosiy vaqtimiz maktabda o’tardi. Onam bilan birga borib, kechga yaqin birga qaytardik.
Shunday bo’lgandan keyin mening asosiy vaqtim kutubxonada o’tar, badiiy kitoblar, kunlik keladigan gazetalarni 5-6 sinfimdan boshlab o’qishni boshlaganman. Kitobga bir do’st bo’lgan kishi undan ajrala olmay qolar ekan. Men ham kitoblarning ashaddiy muxlisi bo’lib qolgandim.
Qiziqishimni ko’rib tarix o’qituvchimiz fan olimpiyadalarida qatnashtirar, onamga ota-onamga buni albatta Toshkentda o’qitinglar, undan zo’r olim chiqadi derdi. Ustozimning bu gapi keyinchalik maktabni bitirgunimgacha menga dasturilamal bo’lib qoldi. Toshkentda o’qish orzusi butun fikrimni egallab olgan, faqat shuni o’ylardim. Shunga yarasha maktabda ham eng a’lochi bo’lishga harakat qilardim. Peshonamda bor ekan, ota-onamning ham roziligi Toshkentga o’qishga kirdim.
Lekin, haqiqiy hayot, haqiqiy mashaqqat endi boshlanganini tushunib yetganman. Yigit kishi uchun ota-onaga suyanib talaba bo’lishning o’zi bo’lmas ekan. Faqatgina shirin orzular og’ushida yashab poytaxtda o’qishning qiyinchiliklari, moddiy ta’minoti haqida o’ylamaganman. Bu yerda 1 oyda sarflaydigan pulingiz qishloqdagi butun oila bilan sarflaydigan pulingizdan ham ortib ketishi rost.
Ishlay desam ish ham, ish topishga yordam beradigan odamning ham o’zi yo’q.
Rostini aytaman, oilamni bunchalik qiyinchilikka qo’yishni istamay bir necha marta o’qishni tashlash haqida o’yladim. Lekin bunga nimadir to’sqinlik qilaverdi. Ana shu zaylda 2 kurs bo’ldim. Bu orada otam o’zi minib yurgan mashinasini sotishga majbur bo’ldi. Kontraktimni to’lash uchun.
Ana shunday o’ylovda yurgan kunlarimning birida tyutorimiz mehnat yarmarkasi o’tkazilyotgani haqida aytib qoldi. Men ish izlab yurganimni, bu masalada yordam berishini iltimos qildim.
Shunday qilib, fakultetimiz rahbariyati ko’magi bilan poytaxtdagi muzeylardan biriga jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mutaxassis bo’lib ishga joylashdim. Bir oy sinov muddati berishdi, keyin esa xodim sifatida ishga olishdi.
Rosti, birinchi maosh olgan kunim ko’zimdan yosh chiqib ketgan. Maosh tushgani haqida telefonimga kelgan xabarni yuz martalab qayta-qayta o’qiganman. Axir, umrimda birinchi marta ota-onamdan mustaqil pul topishim edi. Men o’zimni birinchi marta moliyaviy mustaqil xis qila boshladim. Ilgari barcha rejalarim ota-onamning imkoniyatiga uzviy bog’liq bo’lgan bo’lsa, endi o’zim reja tuzishim mumkin edi.
Oldimga qo’ygan katta maqsadlarimdan bittasi men uchun mashinasini sotgan otamga pul to’plab mashina sovg’a qilish.
Yurtboshimizning talabalarga bo’lgan bunday g’amxo’rligidan benihoya minnatdorman. ”


Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling