Talabalarning ishlashiga ruhsat berilishi: jamiyat rivoji yo’lida muhim imkoniyat


Download 17.4 Kb.
bet1/4
Sana03.09.2023
Hajmi17.4 Kb.
#1672394
  1   2   3   4
Bog'liq
Талаба ишлаши (1)



Talabalarning ishlashiga ruhsat berilishi: jamiyat rivoji yo’lida muhim imkoniyat

Xalqimiz azaldan talabalarni qo’llab-quvvatlab kelgan. Bu shunday ezgu bir an’anaga aylanganganki, hukmdorlar islohotlarni ta’limdan boshlar ekan, eng avvalo maktab va madrasalar bunyo etishga, talabalarning boshini silashga urg’u berilgan.


Zamon o’zgarib, endilikda talabalar qadimiy madrasalar o’rniga zamonaviy universitetlar, institutlar, kollej-u texnikumlarda ta’lim olishmoqda. Lekin quvonarlisi shundaki, xalqimizda talabani qo’llab-quvvatlashga qaratilgan o’sha ezgu an’analar o’zgargani yo’q.
Prezidentimiz ham faoliyatining eng boshidanoq bu masalaga keng e’tibor qaratdi. Oliy ta’limdagi shaffoflikni kuchaytirish, kvotalar sonini sezilarli darajada ko’paytirish, davlat granti asosida qabullar sonini oshirilishi kabi islohotlarni shular jumlasida sanashimiz mumkin.
Shuningdek, yurtboshimiz tomonidan talabalarning muammolarini tinglash asnosida ham ko’plab masalalarga yechim topildi. Yaratilgan ana shunday imkoniyatlar qatorida, shubhasiz, talabalarning o’qish davrida ishlashlariga ruxsat berilishi ham bor.
Bir qarashda oddiydek tuyulgan bu islohot aslida jamiyat uchun ham, kelajagimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega edi. Buni eng avvalo talabaning iqtisodiy erkinligi bilan bog’lashimiz mumkin.
Ma’lumki, yaqin yillargacha talabalar 4 yillik ta’lim davomida faqat o’qish bilan chegaralanib, kundalik sarf-u xarajatlari ota-onasi va oila a’zolari zimmasida edi. Bu ularning psixologiyasiga salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda yaqinlari uchun ham bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarar, qisqa qilib aytganda, qaysidir ma’noda ular oilasiga “yuk” edi.
Poytaxdagi oliygohda o’qiyotgan farzandning ijara puli, ovqatlanishi, kiyim-kechagi-yu boshqa sarf-xarajatlari to’g’ridan-to’g’ri ota-onaga borib taqalgan. Endi tasavvur qiling, bir emas ikki-uch nafar farzandini oliygohda o’qitayotgan oilalar qancha edi!
Farzandini o’qitish uchun yiqqan-terganini sotgan, maktabda o’qiyotgan farzandlarining rizqidan qiyib, topganini talaba farzandlariga yuborgan, o’zi esa nochorgina hayot tarziga ko’nib yashagan nechalab oilalarni ko’rganmiz, eshitganmiz. Oilasidagi mana shunday qiyin vaziyatni ko’rib turgan talabaning ham hayolini bir yerga jamlab, butun diqqatini o’qishga qaratishi albatta amri mahol. Ularning aksariyati ruhiy tushkunlik, o’zini boqimanda deb o’ylash kayfiyatida o’qishni tamomlashganini hikoya qilib berishgan.
Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan Ulug’bek Shukrulloyev talabalik davrini shunday eslaydi:
“Oilada 4 nafar o’g’il edik. Katta akam va otam dehqonchilik bilan shug’ullanishardi. Ikkita ukam QarDU’da, men esa Toshkentda o’qirdim.
Tan olib aytishim kerak, mening talabalik davrim ruhiy ezilish, o’zimdan o’zim norozilik kayfiyatida kechdi.
Qaysidir bayram sababli dam olish e’lon qilinsa, uyga ketishni istamay, bir o’zim kvartirada qolar edim. Sheriklarim buni manmanlik, qishloqni yomon ko’rish deb tushunishgan. Chunki, ular buning sababini bilishmas edi. Aslida, hatto yo’lkiram ham otamga yuk bo’lishidan uyalardim.
Uyga borsam esa, battar ezilish. Otam bilan katta akam bizlarni o’qitish uchun tinim bilmay ishlashar, shu bilan ham ro’zg’orimizdan yetishmovchilik arimasdi. Chunki, pulning deyarli hammasi bizga yuborilardi. Bir qismi Qarshiga, bir qismi esa menga.
Lekin, ular bu qiyinchiliklarni bizga bildirmaslikka harakat qilishgan. Yaxshi o’qishsin, hayoli chalg’imasin deyishgan bo’lsa kerak-da. Lekin, qayerda deysiz, buni juda yaxshi anglab turardim. Mening esa borgan sari sarf-xarajatlarim ortib, o’z-o’zimdan noroziligim kuchayib boraverdi.
Necha martalab ishlamoqchi bo’lganman. Lekin talabasan deb hech qayerga ishga olishmagan. Garchi, savodim yaxshi, o’z mutaxassisligimdan yetarlicha xabardor bo’lsam ham qabul qilishmagan. Peshonamda “talaba” degan tamg’a sababli. Juda alam qilib ketganidan bir necha marta restoranlarga ofitsiantlikka yoki “moyka”da ishlashga chiqqanman. Juda kechga qolib ketganim uchun deyarli har safar militsiyaga tushardim. O’qishimga ziyon bo’lishidan qo’rqib, bunday ishlarga ham qayta chiqmay qo’ydim.
Talabalarga ishlash uchun ruxsat berilishi haqidagi yangilik rostini aytaman meni juda quvontirib yubordi. Shu bilan birgalikda o’sha talabalik yillarimizni ham yodimga soldi.
Bu aslida juda katta imkoniyat. Talabaning ham ishlab, ham o’qishi uning kelajakda jamiyat uchun kerakli shaxs bo’lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi deb o’ylayman. Har bir yigit-qiz mana shu paytdanoq o’z-o’zini ta’minlay boshlashi ularni boqimandalik, yaqinlariga qaramlikdan xalos qilib, mustaqil harakat qilishlariga zamin yaratadi. Biz kabi “uydan nima kelarkin?” deb o’tirishmaydi (kulib).
Hozirgi kunda bir nechta jiyanlarim poytaxtda o’qishmoqda. Mana shu imkoniyatlar tufayli ular ham o’qishdan bo’sh paytida ishlashmoqda. Meni hayron qoldirgani, aynan mening o’qishimda o’qiyotgan jiyanim o’zidan orttirib yaqinda dadasiga 5 million so’mlik telefon sovg’a qilibdi. Bu juda yaxshiku!”


Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling