Talabalarning ishlashiga ruhsat berilishi: jamiyat rivoji yo’lida muhim imkoniyat
Talabalar uchun ulkan imkoniyat yaratilgan kun
Download 17.4 Kb.
|
Талаба ишлаши (1)
Talabalar uchun ulkan imkoniyat yaratilgan kun
Bundan bir yil muqaddam, 2022-yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari talabalarining bandligini ta’minlash bo’yicha o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida bundan buyon talabalarning ishlashlariga ruxsat berilishini ma’lum qilgan edi. Ushbu yangilik yurtimizdagi minglab talabalar va ota-onalar tomonidan juda iliq kutib olindi. Ushbu imkoniyat o’z navbatida oliy ta’limdagi yana bir ulkan masalaga oqilona yechim berdi: Birinchidan, endi talabalar o’qish mobaynida moliyaviy tomondan o’z-o’zini ta’minlay olishi mumkin bo’ldi. Moliyaviy imkoniyat deganda faqatgina turar joyini, ovqatlanishi-yu kiyim-kechagini emas, o’z-o’ziga investitsiya kirita olish imkoniyatini ham tushunishimiz maqsadga muvofiq. Chunki, shu vaqtgacha oilasi tomonidan ta’minlangan talabalar o’qishdan tashqari qo’shimcha kurslarga qatnashishga, o’zi uchun zarur kitoblarni sotib olishga qaysidir ma’noda jur’at qila olishmagan. Sababi, sarflangan har bir pul to’g’ridan-to’g’ri oila gardaniga tushar edi. Endi esa talaba o’zi mustaqil ishlashi, orttirgan pulini o’z kelajagi uchun sarmoya sifatida kiritishi mumkin bo’ldi. Ikkinchidan, talabaning o’qish davomida ishlashi u uchun katta amaliyot vazifasini ham bajaradi. Oliygohda faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmasdan, olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash bo’lajak kadrlarning salohiyatini o’stirishga xizmat qiladi. Shu sababli ham talabalarning har biriga individual yondashib, o’z mutaxassisiklari bo’yicha ishga joylashtirishga alohida urg’u berildi. Prezidentimiz tomonidan Markaziy bank tajribasi asosida vazirliklar, soliq, kadastr idoralari 3-4 kurs talabalarni haq to’lanadigan stajirovkalarga jalb qilish, amaliyot yakunida esa ularga doimiy ish taklif etish bo’yicha topshiriq berildi. Shuningdek mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar bo’yicha har chorakda talabalar o’rtasida tanlov e’lon qilib borish vazifasi topshirildi. Videoselektorda vaziriklar, soliq va kadastr idoralariga bu borada alohida tizim ishlab chiqib, shu tizim bo’yicha har yili 3 ming nafar talaba band qilinishi bo’yicha ko’rsatma berilgan edi. Albatta, talabalarga berilgan bunday g’amxo’rliklar o’z samarasini bermoqda. Uchinchidan, ushbu imkoniyat tufayli ko’plab oilalarda tinch-totuvlik muhiti qaror topdi. Ilgari farzandini oliy ma’lumotli qilaman deb ota-onalar bor mashaqqatni yelkasiga olganlar. Og’zaki hisoblab ko’rsak, viloyatdan poytaxtga kelib o’qiyotgan bir talabaning bir kurs xarajatlari ancha-munchani tashkil qilardi. Kamida 10 million so’m to’lov kontrakt, kundalik ehtiyojlari uchun har oy kamida 2-3 million so’m, kiyim-kechagi-yu boshqa sarflari bilan qo’shib hisoblaganda yiliga 45-50 million atrofida bo’lardi. Endi tasavvur qiling, oylik maosh evaziga kun ko’ruvchi o’rtamiyona oilalar uchun shuncha mablag’ni topish osonmidi? Nari borsa, 5 million maoshga ishlagan ota-ona topganini bolasiga yuborsinmi, ro’zg’orini tebratsinmi? Iqtisodiy qiyinchiliklar hech shubhasiz oila totuvligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Bolasini o’qitish uchun 2 smenada ishlagan otalar, paxta mavsumining boshidan oxirigacha daladan uyga qaytmay paxta tergan onalar haqida eshitganmiz. Yurtboshimiz tomonidan yaratilgan ushbu imkoniyatni aynan o’sha “qahramon” ota-onalar yanada quvonch bilan qarshi olishgan bo’lsalar ajabmas. ` To’rtinchidan, ushbu imkoniyat jamiyatda kadrlar salohiyatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Oliygohda oladigan bilimlarini ko’p o’tmasdan amaliyotda sinab ko’ruvchu talabada kasbiy rivojlanish ancha yuqori kechishi tadqiqotlarda isbotlangan. Misol uchun, talaba 2 kursda olgan bilimini haqiqiy ish amaliyotida sinab ko’rishi uchun o’qishni bitirishini kutishi shart emas. Xotira xususiyatlariga ko’ra, takrorlanmagan bilimning esdan chiqib ketishi ham juda oson kechar ekan. Kitobda o’qiganlarini o’z vaqtida reallikda sinab ko’rish esa bu bilimlarning xotirada muhrlanib qolishiga zamin yaratadi. Bilimli, har tomonlama yetuk xodimlarga talab toboro ortib borayotgan bugungi zamonaviy jamiyatimizda esa bu har tomonlama to’g’ri qaror bo’ldi desak adashmaymiz. Download 17.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling