Talabalarning ishlashiga ruhsat berilishi: jamiyat rivoji yo’lida muhim imkoniyat
O’zimdan orttirib singlimga ham yordam beryapman
Download 17.4 Kb.
|
Талаба ишлаши (1)
O’zimdan orttirib singlimga ham yordam beryapman
Rushana Sadullayeva, xorijiy filologiya fakulteti, 3 kurs: “O’qishga kirganimda dastlab yotoqxonada yashaganman. Qiz bola bo’lganligim sababli otam moliyaviy jihatdan ta’minlar edi, o’zim ham boshida qiz bola talabaligida ishlashi kerak emas, uydagilari ta’minlashi kerak o’ylaganman. Birinchi kursda har bir talaba orzular og’ushida suzib yuradi. Uzoq kutgan “oltin davri”, unda huddi qush kabi parvoz qiladi. Ayniqsa, poytaxtda o’qiyotganim meni juda quvontirar edi. Darsdan chiqiboq aylanishga, ko’proq chiroyli joylarni ko’rishga oshiqardim. Sara-sara tamaddixonalarga kirib ovqatlanish esa sevimli mashg’ulotimga aylanib qoldi. Sarf-xarajatlarim haqida esa o’ylamas edim. Pulim tugadi deyishim bilan otam plastik kartamga pul tashlar edi. Rostini aytaman, men o’ylamay sovurayotgan bu pullarni otam qanday mashaqqat bilan topayotgani haqida o’sha paytlarda o’ylamaganman. Toki yangi yil bayramida uyga borganimda otam hali ham yozgi poyabzalda yurganini ko’rmagunimcha. O’sha lahzada osmon yelkamga qulab tushgandek bo’ldi. Axir, shu inson menga bir haftacha ilgari yirtilmagan etigimni urfdan qolgan deb xarxasha qilganim uchun yangi etikka pul yuborgan inson ediku. O’zi yupun kiyinib, bolam birovdan kam bo’lmasin deydigan inson ota ekan. Yangi yil men uchun ana shunday unitilmas hayot darsi bilan boshlandi. Ta’tildan qaytishimiz bilanoq ish topish, o’zimni o’zim ta’minlash harakatini boshladim. Davlat tashkilotlariga ishga kirishga bir necha marta urinib ko’rdim, talabasan deb ishga olishmadi.Shundan keyin, ingliz tilini bilganim uchun yozma tarjima buyurtmalari bilan shug’ullana boshladim. Lekin bu doim ham bo’lavermas, nari borsa xarajatlarimni yarmini qoplar edi.. Oldingidek pulni o’ylamasdan ishlatishlarim ham endi yakun topgan, har bir xaridim reja asosida amalga oshardi. Ana shunday kunlarning birida dekanimiz kirib, endi talabalar ham davlat tashkilotida ishlasa bo’ladi, o’zingizni sinab ko’ring deb qoldi. Bu xabarni eshitib mening halovatim yo’qoldi. Vakansiyalar ro’yxatidan izlab-izlab Innovatsiya vazirligining matbuot xizmatida bo’sh ish o’rni borligini topdim. Ariza yubordim, biroz o’tgach suhbatga chaqirishdi. Tilni bilganim hamda nutqim ravon bo’lganligi sababli ishga qabul qilishdi. Endi tasavvur qiling, oddiygina talaba qizining vazirlikka ishga kirishi ota-onani qanchalik xursand qiladi. Otamga bu haqida aytganimda ko’ngli tog’day ko’tarilib ketgan. Onamning aytishicha otam osha kuni hamma qarindoshlarimizni chaqirib mehmon qilgan ekanlar, qizim vazirlikka ishga kirdi deb. Endi o’qishni ham, ishni ham bir darajada olib borishga harakat qila boshladim. Boshida sal qiyin, keyin esa ancha moslashib qoldim. Mana shu yil singlim ham poytaxtga o’qishga kirdi. Ming shukrki, maoshimdan orttirib unga ham yetarlicha yordam beryapman. Iloji boricha otamga oson bo’lishini o’ylayman doim”. Yurtimizda ana shunday ham o’qib, ham ishlayotgan talabalar minglab topiladi. Bu ularning mustaqil shaxs bo’lib kamolga yetishlarida, yetuk mutaxassis bo’lib shakllanishlarida muhim bosqich desak adashmaymiz. Talabalarga ana shunday davlat miqyosida g’amxo’rliklarning davom etishi esa taxsinga sazovor. Download 17.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling