Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet41/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

BUYRUQ MAYLI (DER IMPERATIV)


1.Buyruq mayli buyurish, talab, iltimos, man etish kabi ma’nolarni ifodalaydi. U yasalishiga ko‘ra to‘rt shaklga ega:
a) ikkinchi shaxs birlik shakli,
b) ikkinchi shaxs ko‘plik shakli,
c) hurmat shakli,
d) birgalik shakli.
2.Buyruq maylining ikkinchi shaxs birlik shakli fe’l o‘zagiga –e qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi. Bunda kishilik nolmoshi du tushib qoladi.Ba’zane qo‘shimchasi bo‘lishi shart emas. Masalan:
lerne! –o‘qi! schreib-(e)!-yoz!
Hol die Kreide! Spiel(e) Ball!
Quyidagi hollarda –e suffiksining qo‘llanilishi shart emas:
a) O‘zagi t, d, chn, dm, tm, gn, ffn undoshlari bilan tugagan fe’llar hamma vaqt –e qo‘shimchasini oladi.
Warte auf mich! - Meni kut!
b) fe’l o‘zagi –ig bilan bitgan bo‘lsa : reinige !, beruhige!
s) fe’l oxiri –er, -el bilan tugagan bo‘lsa: entwickle!, raschele!,rudere!
O‘zagida a, au unli tovushlari bo‘lgan kuchli fe’llar buyruq maylida umlaut qabul qilmaydi. Masalan:
Laufe nach Hause! – Uyga yugur!
O‘zagida –e unli tovushi bo‘lgan kuchli fe’llardan buyruq mayli yasalganda, uning o‘zagidagi –e qisqa yoki cho‘ziq i, -ie ga almashadi va qo‘shimcha olmaydi.
Nimm das Buch! –Kitobni ol!
Lies den Text vor-Matnni o‘qi!
Kommen, sein, lassen, gehen, sitzen, stehen fe’llari ham buyruq maylida –e qo‘shimchasini olmaydi.
Komm!-Kel! Sei!- Bo‘l!
Steh!-Tur! Komm zu mir!- Mening oldimga kel!
Geh auf die Straβe!- Ko‘chaga chiq!
3. Buyruq maylining ikkinchi shaxs ko‘plik shakli fe’l o‘zagiga (e)t qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.Bunda ham kishilik olmoshi ihr qo‘llanilmaydi.
Arbeit-et! –Ishlanglar! Lest den Text! – Matnni o‘qinglar!
4. Buyruq maylining hurmat shakli fe’l o‘zagiga en qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. Biroq fe’ldan keyin bosh harf bilan yozilgan holda Sie kishilik olmoshi qo‘yiladi.
Lesen Sie! –O‘qing! Antworten Sie!- Javob bering!
5. Buyruq maylining birgalik shakli fe’l o‘zagiga en qo‘shimchasi qo‘shish va wir kishilik olmoshi qo‘yish orqali yasaladi.
Gehen wir ins Kino! –Yuringlar, kinoga boraylik!

Ajraladigan old qo‘shimchali fe’llardan buyruq-istak mayli yasalganda, old qo‘shimcha fe’ldan ajraladi:


schreib(e) ab ! lies vor !
schreibt ab ! lest vor !
schreiben Sie ab ! lesen Sie vor !
schreiben wir ab ! lesen wir vor !

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling