Talablar. Funksional va texnologik jarayonlarning loyihalash ishlaridagi ahamiyati
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
2- MARUZA BINO VA INSHOOTLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR, ULARNING KLASSIFIKATSIYASI VA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR. FUNKSIONAL VA TEXNOLOGIK JARAYONLARNING LOYIHALASH ISHLARIDAGI AHAMIYATI. REJA : - Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar. - Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi. - Bino va inshootlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. - Bino va inshootlarni loyihalashda funksional va texnologik jarayonlar. Tayanch so‘zlar: bino, inshoot, fuqaro binolari, sanoat binolari, funksional talablar, texnik talablar, memoriy-badiiy talablar, iqtisodiy talablar. Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar. Hozirgi kun qurilish amaliyotida “bino ” va “inshoot” tushunchalari mavjuddir. Inson faoliyatining xar qanday jabhalari uchun mo‘ljallangan va er ustida barpo etilgan bo‘lib ichki hajmlarga ega bo‘lgan qurilmalarga bino deb ataladi. (M: TJB, jamoat binolari, sanoat binolari va h.k.). Inson tomonidan o‘zining moddiy va manaviy manfaatlarini qondirish maqsadida suniy ravishda yaratilgan har kanday qurilma inshoot deb ataladi. Ushbu tariflardan ko‘rinib turibdiki bino va inshoot tushunchalari bir biri bilan ajralmas va doimo hamohangdir. Bir so‘z bilan aytganda inshoot tushunchasi bino tushunchasini ham o‘ziga qamrab oladi, lekin inshootlar hamma vaqt muhandislik ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi. Qolgan turdagi barcha texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan inshootlarni muhandislik inshootlari deb qarash qabul qilingan (M: televizion machtasi, tutun trubasi, rezervuar, ko‘prik va x.k.). Har qanday loyihalanadigan va quriladigan binolar o‘zaro bir biriga bog‘liq bo‘lgan va bir birini to‘ldiradigan quyidagi qism va elementlardan tashkil topadi , yani: 1. Binoni butun hajmi bo‘yicha bo‘laklarga bo‘luvchi hajmiy rejalash elementlari (qavat, alohida xonalar, binoning uzunligi bo‘yicha aloxida hajmlarga bo‘luvchi devorlar, binoni baoandligi bo‘yicha hajmlarga ajratuvchi orayopmalar va x.k.). 2. Binoning strukturasini aniqlovchi konstruktiv elementlar ( poydevor, devor, oraliq devor, tom va x.k.). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling