4. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari
Umuman bashoratni aniqlash malum obyektning bolajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar etiborga olinishi shart:
1.Kelajakda bozor konyunkturasigatasir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bolishi.
3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bolishi.
4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniksa qaror qabul kiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.
5.Bozor konyunkturasiistikboli oz vaqtida aniqlanishi va korxona, assosiasiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qollaniladi.
Bozor konyunkturasini iqtisodiy tenglikka yolikmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.
Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bolishimiz mumkin.
1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda utgan davrda bolib utgan xakikiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu malumotlarmikdor va sifat harakteriga egadir. Bozor konyunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari oz navbatida 3 turga bolinadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yigindisidan iborat bolib, bu turdagi modellar uchun chizikli funksiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish harakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bolib, ular ikki va undan ortikozgaruvchan bashorat qilish obyektlarining ozaro aloqalarini tadqiq qilishda qollaniladi. Uchinchi turi mazkur obyektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga oxshash obyektlarning rivojlanish konuniyatlariboyicha tadqiq qilishga asoslanadi.
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va muloxazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni oz ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish obyektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy erudisiya va tuyg`u vositasida kelgusidagi ozgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish obyektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantikan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |