Talaffuzda portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh kabi talaffuz qilinadigan so’zlarni
Download 47.53 Kb.
|
fonetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yigit
1.Talaffuzda portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh kabi talaffuz qilinadigan so’zlarni belgilang. A) Tuzsiz, ijtimoiy B) obod, fabrika C) iztirob, matiz D) Maqsad, taqdim 2. Yozma nutqda harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi nima deyiladi? A) orfografiya B) orfoepiya C) Fonetika D) grafika 3. lab u ndoshlari haqida qaysi fikr to’g’ri? A) lab-tish undoshlari hosil bo’lish usuliga farqlovchi belgiga ega B) lab-lab undoshlarining ham,masi shovqinli undoshlari sanaladi C) lab-tish undoshlari jarangli-jarangsiz juftini hosil qiladi D) lab-lab undoshlari portlovchi va sirg’aluvchi undoshlarga mansubdir. 4. Shovqinlilar guruhiga kiruvchi sirg’aluvchilar soni nechta? A) 9 ta B) 4 ta C) 10 ta D) 2 ta 5.Qaysi tovushlar til undoshlari hisoblanadi? A) B.N.M B) V.F.L C) V.M.F D) Y.G.Q 6. Ochiq savollarni oson deb o’ylamasliklaringiz uchun keyingi savollarni murakkab qildim. A) 8 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 10 ta 7. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz, yetishgaymiz kelajakka pokizadir vijdonimiz. Ushbu she’riy parchadagi so’zlar tarkibida nechta shovqinli portlovchi jarangsiz undosh mavjud? A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 9 ta 8. Chuqur til orqa undoshlarii belgilang. A) g, k, ng B) s, z, sh C) q, g’, x D) m, n, ng 9. Qaysi so’zlardagi undoshlar til oldi undoshlari hisoblanadi? A) diyda, joynamoz, talofat B) dilozor,jondor, larza C) jo’rtaki, laparchi, xayrixoh D) latta, nojins, jodugar 10. Qaysi qatordagi so’zlardagi undoshlar faqat sonorlardan tashkil topgan? A) Mosh, mos, makon B) jang, mo’g’ul, nov C) malol, marom, marmar D) shag’al, nog’ora, mog’or 11. So’zlarni o’zaro biriktirish qoidalarini tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi? A) Morfologiya B) Leksikologiya C) Fonetika D) Sintaksis 12. Jarangsiz jufti yo’q lab-lab undoshi qaysi? A) m B) b C) p D) n 13. Portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh singari talaffuz qilinadigan so’z qaysi gapda berilgan? A) Devor ustida musicha turibdi. B) Oshga sabzi to’g’ragani chiqdik. C) Oltin o’tda, odam mehnatda bilinadi. D) Cho’ntagimga yuz so’m solib, ko’chag yugurdim. 14. Qaysi so’zda hosil bo’lish usuliga ko’ra bir guruhga mansub unbdoshlar qatnashgan? A) Suzuvchan B) Bedarak C) Havoyi D) Dabdabali 15. Unli va sirg’aluvchi undoshlar ishtirok etgan so’z berilgan qatorni aniqlang. A) sichqon B) Vazifa C) Alda D) Lazgi 16. Qaysi gapdagi barcha undoshlar faqat til undoshlardan iborat? A) Men go’yo tabiat bilan qo’shiliob ketgandayman. B) Jo’yakda cho’zilib soya-salqinda dam olishga nima yetsin? C) Nosir juda zo’r o’rganishi, xalqning shanini ko’tarishi kerak D) Alisher uyiga kirishi bilan qolganlar jim qolishdi. 17.Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt ayolsiz muhabbat yo’q, onasiz qahramon ham,shoir ham tug’ilmaydi.Ushbu gapda akustik tomoniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega bo’lgan undoshlardan tuzilgan nechta so’z bor? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) bunday so’z yo’q 18. Axloqiy fazilatlarning, yuqori estetik diding bilan uyg’unlashgandagina husningga ham qo’shiladi. Ushbu gapda chuqur til orqa undoshlarining son nechta? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 19. Tilning qayerida hosil bo’lish o’rniga ko’ra farqlanuvchio belgiga ega bo’lgan undoshlar berilgan qatorni toping. A) b,t,x,h B) l,n,ch,j C) t,sh,v,g’ D) d,y,k,q 20. Fil kuchli, fildan ham til kuchlidir. Ushbu gapda nechta so’z faqat til oldi undoshidan tashkil topgan? A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 21. Qaysi so’zlar faqat jarangli undoshlardan iborat? 1) ko’ylak; 2) maydon; 3) jadval; 4) va’zxon; 5) qo’llar; 6) vijdon; 7) sog’lom; 8) doimiy; 9) darslik; 10) osmon; A) 2, 3, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 8, 10 C) 2, 3, 5, 6, 8 D) 1, 4, 5, 7, 9 22. Quyidagi qatorlarning qaysi birida sh tovushining jarangli jufti qo’llangan so’zlar qayd etilgan? A) kajava, ajrim B) juda, janr C) jirafa, ajdod D) jabr, gajak 23. Jarangsiz juftiga ega bo’lgan jarangli portlovchi Undoshlarning nechtasi til oldi undoshi sanaladi? A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 24. Yigit, boshingdan baxt-u davlat yiroq ketmasin. Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibida qaysi tovush ishtirok etmagan? A) til o’rta tovushi B) lab-lab undoshi C) til orqa undosh D) jarangsiz undosh 25. Lab undoshlaridan faqat lab-lab undoshlaridan tashkil topgan so’zni aniqlang. A) vafosizlik B) mashaqqat C) mavsum D) bomba Download 47.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling