Ta’lim -shaxs rivojlanishining asosiy omili. Ta’lim metodlari va vositalari


Download 54.68 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi54.68 Kb.
#1626653
1   2   3   4
Bog'liq
81.61TA’LIM METODLARINI AMALGA OSHIRISHGA QO’YILGAN TALABLAR

X U L O S A


Ta’lim va tarbiya mamlakat samaradorligi hamda raqobatdoshligini oshirishning muhim omillaridandir. Oliy o‘quv yurtlarida maxsus va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi avlodni kamol toptirishda qaratilgan ta’lim-tarbiya ishlarini yana yuqori pog‘onalarga ko‘tarish pedagoglarning oldiga (qo‘ygan) turgan eng asosiy vazifalardan biridir. 2012 yil 16 – 17 fevral kunlari “ Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “ Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashining o’zgarishi, ularning siyosiy va grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga bo’lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi ”2 deb ta’kidlaydi Prezident I.A.Karimov o’z ma’ruzasida. ( Barkamol avlod – mamlakatimizni rivojlantirishda hal qiluvchi kuch. Ma’rifat gazetasi 2012 yil 18 – fevral soni) “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risi”da 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarorini bajarish va uni hayotga tadbiq qilish ishlarini shunday darajaga ko‘tarish zarurki, u barcha yoshlarimizni chuqur va puxta bilim olishlarini erkin fikrlovchi shaxs bo‘lib yetishishlarini, kerakli malaka va ko‘nikma hosil qila olishlarini ta’minlay olish. Bu borada Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ijodiy izlanish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyani joriy etish fanlarning yutuqlaridan foydalanish, ilg‘or tajribalarni ko‘lamli ravishda amalga oshirish va yanada samarali davom ettirish talab qilinadi.
Barcha fanlar qatori o‘quvchilarga geografiyadan bilim berishda vatanparvarlik tarbiyasiga, maktab ta’limida alohida e’tibor berish kerak. Uni yetarlicha amalga oshirish har bir o‘qituvchining to‘laqonli burchidir. Geografiyadan bilim berishda hozirgi kun talablari darajasiga ko‘tarish, uning ilmiyligini oshirish, darslarning samarali o‘tishini ta’minlash, o‘qituvchilar oldiga turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Vatanparvarlik-ona vatanimiz bilan faxrlanish, mamlakatimiz qudratini mustahkamlash uchun halol mehnat qilish, milliy mustaqilligimizni himoya qilishga tayyor bo‘lib turish g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishga muhim ahamiyatga ega. Xalqimizning tarixi qadim-qadimlarga borib taqaladi. Bu boy tarixni hali o‘qilmagan sahifalarini holisona o‘rganish va uni yoshlarga o‘rgatish, vatanparvarlik tarbiyasining muhim omilidir. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bolalar bog‘chalari umumiy ta’lim va hunar-texnika maktablari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, yoshlar ittifoqi tashkiloti hamda ota-onalar zimmasiga yuklatilgandir. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi unda yashayotgan barcha xalq va elatlarning ma’naviy jihatdan yangicha mazmun bilan boyib, kamol topib borishi uchun keng yo‘l ochib berdi.
Xulosa qilib aytganda “ transport geografiyasi” mavzusini o’qitishda ta’lim texnologiylaridan geografiya darsida foydalanish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi, nomoddiy ishlab chiqarish sohasi va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligi, malakat tabiatni , atrof – muhitni muhofaza qilish vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda eng muhim omil bo‘lib hisoblanadi.


Download 54.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling