Taʼlim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash. Baholash turlari va mezonlari. O‘qituvchi: U. X. Xayrullayev Reja


Download 0.59 Mb.
bet3/6
Sana13.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1090192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu

Yakuniy nazorat va uni o’tkazish
14. Institutda Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
15. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi.
16. Yakuniy nazorat turi institutning tegishli fakultet dekani yoki O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. Institutda oraliq nazorat o‘tkazilmaydi.
17. Yakuniy nazorat fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarning talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan Yozma va ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarining xususiyatidan kelib chiqqan holda shakllarda o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat Yozma shaklida o‘tkazilishga 80 daqiqa vaqt beriladi, ushbu nazorat matematikaga oid fanlardan o‘tkazilganda esa 120 daqiqa vaqt beriladi.
18. Tegishli fan oq‘itilayotgan kafedra mudiri o‘quv semestrining to‘rtinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat o‘tkazilishi belgilangan shakllar asosida fanlardan yakuniy nazorat savollarini fakultet O‘quv-uslubiy kengashi muxokamasidan o‘tkazib, kengash xulosasini ilova qilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari bo‘yicha “Nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi”ga, magistratura mutaxassisliklari fanlari bo’yicha ”Magistratura bo’limi”ga taqdim qilinishini ta’minlashi shart.
19. Nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi (magistratura bo‘limi) yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida yakuniy nazorat biletlarini tuzadi. Attestatsiya boshlanishdan ikki hafta oldin tegishli kafedra mudiri jalb etilib yakuniy nazorat biletlari muayan fan Dasturini qamrab olganligi semestrlar kesimida o‘tkazishadi.
20. Yakuniy nazoratlar Nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlar tasdiqlanadigan jadval asosida, kafedralarning pedagoglari orasidan tayinlanadigan auditoriya raxbari va kuzatuvchilar tomonidan o‘tkaziladi, (Bunda, auditoriya raxbari va kuzatuvchilar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifasiga mas’ulyatsiz yondoshsa ish beruvchi bilan tuzilgan sharnomaning tegishli bandi bo‘yicha ogoxlantirilish beriladi.)
21. Yakuniy nazoratni o’tkazishda rektor tomonidan buyruq bilan tayinlangan institutning boshqa xodimlari ham qatnashishi mumkin. Bir kunda 1 ta dan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, Fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim.
Yakuniy nazorat jadvallari, auditoriya raxbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan ro‘yxati institut tarkibiy tuzilmalari hamda fakultetlarga yakuniy nazoratlar boshlanishiga bir kafta qolganda yetkaziladi. Yakuniy nazorat jadvallarining talabalarga yetkazilishiga fakultet dekanlari shaxsan mas’uldir.
22. Yakuniy nazorat biletlari auditoriyaga Nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi (magistratura bo‘limi)ning mas’ul xodimi tomonidan javob varaqalari bilan birga yetkaziladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling