Taʼlim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash. Baholash turlari va mezonlari. O‘qituvchi: U. X. Xayrullayev Reja
Download 0.59 Mb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy qoidalar
TAʼLIM ELEMENTLARINI O‘ZLASHTIRISH NATIJALARINI BAHOLASH. BAHOLASH TURLARI VA MEZONLARI. O‘qituvchi:U.X.Xayrullayev Reja:
Umumiy qoidalar 1. OTM talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi yuqori malakali, raqobatbardosh, kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, oliy ta’lim tizimida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, shuningdek, institutni jahonning nufuzli universitetlari reytingiga kirishini ta’minlashdan iborat. 2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: talabalarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq, tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash; o‘quv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; talabalar bilimini holis va adolatli baholash hamda uning natijalarini o‘z vaqtida ma’lum qilish; talabalarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash; o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish 3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 4. Sinov birliklari, baholash mezoni dasturda belgilangan ta’lim natijalarini aks ettirgan holdagina o‘zlashtiriladi. Agar belgilangan natijalariga erisha olmasa, sinov birliklar Ta’lim natijalarini aks ettirgan talabaga o‘zlashtirgan miqdori dastur elementiga berilgan sinov birliklari mazkur tartibga muvofiq fan o‘quv dasturi mazmunini o‘zining balidan qat’iy nazar) taqdirda, u tegishli fan bo‘yicha o‘zlashtirgan (ta’lim kredit tizimi sharoitlarida amalga oshirilganda kreditlarning zarur sonini to‘plagan) deb hisoblanadi. 5. Mazkur tartib 2021-2022 o‘quv yilidan amaliyotga joriy qilinadi. Tartib institutning bakalavriatura va magistraturasining barcha kurslariga tegishlidir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling