Mavzu: Mutaxassislik fanlari bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikmasi, malakaslarini tekshirish. Yangi materialni mustahkamlanganligini tekshirish
Download 22.18 Kb.
|
13м-Mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil urganishga berilgan topshiriqni tekshirish.
13-Mavzu:Mutaxassislik fanlari bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikmasi, malakaslarini tekshirish. Yangi materialni mustahkamlanganligini tekshirish. Tekshirishning bu uslubidan talabalarning o’zlashtirish darajasini, birinchi navbatda mehnat usullarini tekshirish zarur bulib qolganda foydalaniladi. Shu maqsadda o’qituvchi yangi mavzuni mkstahkamlashga oid savollar ro’yxatini beradi, bu bilan asosan yangi bayon qilingan materialning mazmuni qamrab olinadi. Lekin yangi o’quv materialini mustahkamlashni o’qituvchi boshqacha tashkil etishi mumkin. Masalan, agar o’quv materiali talabalarning tushunishi uchun nazariy jihatidan qiyinlik qilsa, unda bayon qilinayotgan materialni qismlarga mantiqan tugal bo’laklarga bo’lish maqsadga muvofiq bulib, ana shunda har bir qism talabalar tomonidan mustahkamlanishi mumkin. Boshqa holda, o’qituvchi yangi material tushuntirib bergach, uni darslik, o’quv qullanmasi bo’yicha o’qib chiqishni talabalarga tavsiya qilishi, so’ngra savollar berish yuli bilan materialning qanday o’zlashtirilganligini tekshirishi mumkin. O’quv materialini mustahkamlash vaqtida o’qituvchi jurnalga faqat yaxshi javoblar uchun baho qo’yishi mumkin va lozim,shu bilan birga bu baho talabaga nima uchun quyilganini aytib utish kerak. Bunday holda qoniqarsiz baho quymaslik kerak, chunki har bir talaba ham darsda yangi materialni tuliq o’zlashtirishga qodir bo’lavermaydi. Mustaqil urganishga berilgan topshiriqni tekshirish. Talabalar bilimi, ko’nikma va malakalari darajasini tekshirishni bu uslubi butun tekshirish tizimida asosiy uslublardan biri hisoblanadi. Psixologlarni ta’kidlashicha, o’quv materialini kitob bo’yicha yoki o’qituvchini tushuntirishi bo’yicha talabalarni eslab qolish yuli bilan bir marta ishlab chiqilganda, hatto kuchli talabalar ham uning taxminan 70-75% ini yaxshi uzlashtirishga muvafaq bo’ladilar. Demak, mustaqil urganishga berilgan top shiriqlarni tekshirish, nazoratning boshqa uslublari bilan bir qatorda,o’quv materialini o’zlashtirish sifatini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Agar tekshirish uslubi yangi urganilayotgan mavzu bilan mustahkam bog’liq bo’lsa va butunlay uning asosida tuzilgan bo’lsa, unda mustaqil urganishga berilgan topshiriqlarni dars boshlanishidan oldin surash ma’qul va ahamiyatli uslubdir. O’quv materialining xususiyatiga, dars tipiga, uning maqsad hamda vazifalariga tula-tukis muvofiq keladigan tekshirish uslubi to’g’ri tanlangan uslub hisoblanadi. Mustaqil urganishga berilgan topshiriqlarni tekshirishni yangi materialni urganish yoki darsda ilgari tayyorlangan vazifalarga o’xshash yangi material, mashqlarni bilan qushib olib borish o’zining ijobiy tomonini ko’rsatdi. Bunga hamma talabalar ishga jiddiy kirishib ketdilar, chunki uyga berilgan vazifa yuzaki emas, balki astoydil tekshirilayotganini ko’radilar va shu sababli ularning vazifalarni bajarishga bo’lgan munosabati o’zgardi. Download 22.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling