Mavzu: Mutaxassislik fanlari bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikmasi, malakaslarini tekshirish. Yangi materialni mustahkamlanganligini tekshirish


Amaliy laboratoriya ishlarini tekshirish


Download 22.18 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi22.18 Kb.
#1140121
1   2   3
Bog'liq
13м-Mavzu (1)

Amaliy laboratoriya ishlarini tekshirish. O’qituvchi laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talabalarga yordam berib boradi,o’zining kundaligiga har bir talabaning mustaqilllik darajasini, ayniqsa mashg’ulotning zveno shaklidagi topshiriqlarning to’g’ri bajarilganligini, bajarilgan ulchovlar, tuzilgan eskizlar, chiqarilgan xulosalarning to’g’riligini tekshiradi va qayd qiladi. Demak, amaliy-laboratoriya ishlari jarayonida o’qituvchining tekshirishi natijasida aniqlangan ma’lumotlar va tayyorlangan yozma hisobotlarning natijalari talabalarga xolisona baho qo’yishni ta’minlaydi. O’qituvchi talabalar tomonidan taqdim qilingan yozma hisobotlarni baholash bilan cheklanmay, butun guruh ishtirokida bu hisobotlarni muhokama qiladilar, kamchiliklar ko’rsatiladi, xulosalarni oydinlashtiriladi. Ana shunday tekshirishgina amaliy-laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida olingan bilimlar va mehnat ko’nikmalarining yaxshi bo’lishini ta’minlaydi.
Texnik vazifalarni hal qilishni tekshirish. Talabalar bilimi va ko’nikmalarini tekshirishning bu uslubi keyingi vaqtlarda tobora muhimroq bulib bormoqda. Chunki xilma-xil texnologik va texnik vazifalarni hal qilishning o’zi ijodiy, texnik tafako’rni rivojlantirishga yordam beradi, bu esa oily maktab talabalarning kasbiy tayyorgarligi mazmuniga nisbatan quyilayotgan asosiy talablardan biridir. Talabada bilim olish ehtiyojini vujudga keltirish kerak, bu faoliyat qiziqarli texnik vazifalarni hal qilish jarayonida namoyon bo’lishi mumkin. Shu vaqtda talaba o’zi olgan bilimlardan bemalol foydalanib, bilishga oid ijodiy vazifalarni hal qilish uchun aqliy va irodaviy kuch sarflansin.
Talabalar tomonidan bajarilgan texnik vazifalarga baho berishda o’qituvchi turli omillarni, chunonchi; hal qilish usulining oqilonaligini, vazifani hal qilish vaqtida talabaning fikrlashiga xos bo’lgan mantiqiy – mazmun xususiyatini,olingan bilim lardan mohirlik bilan foydalana bilish, amaliy texnik yoki texnologik vazifalarni hal qilishning ahamiyatini, chiqarilgan xulosalar va umumlashmalarning muhimligini hisobga olishi lozim.Talabalar hal qilgan texnik vazifalarni muhokama qilinishi,xato va kamchiliklar aniqlanishi va ularni tuzatish yullari belgilab olinishi kerak.

Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling