Mavzu: Mutaxassislik fanlari bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikmasi, malakaslarini tekshirish. Yangi materialni mustahkamlanganligini tekshirish
Bir yoki bir necha mavzu yuzasidan takroriy – umumlashtiruvchi darslarla telshirish
Download 22.18 Kb.
|
13м-Mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’izaki tekshiri s h
- Bilimlarni amalda tekshirish
Bir yoki bir necha mavzu yuzasidan takroriy – umumlashtiruvchi darslarla telshirish. Bilimlarni tekshirishda takroriy-umumlashtiruvchi darslar o’zining aniqligi va ilmiy bilishga oid materiallarga boy bo’lishi tufayli talabalarning umuman fan bo’yicha emas, balki muayyan o’quv materiali bo’yicha olgan bilimlarining qandayligini aniqlash imkonini beradi. Shu sababli takroriy – umumlashtiruvchi darslar talabalar bilimini juda aniq tekshirish va ularning rivojlanishidagi bundan ham yuqoriroq bosqich hisoblanadi. Takroriy – umumlashtiruvchi surash uchun emas, balki javoblarning yuqori sifatli bo’lishiga erishish maqsadida butun guruhning ishini faollashtirish zarur. Surashning bu turi o’quv materialining xususiyati va mazmuniga, uning fanlararo aloqasiga qarab, darsning turli vaqtlarida (darsning boshlanishida- yangi materialni tushuntirish vaqtida, darsning oxirida – yakunlovchi instruktaj vaqtida ) o’tkazilishi mumkin. Surash jarayonida o’qituvchi birinchi navbatda, olgan bilim va malakalariga shubha bilan qaraydigan, uning fikricha o’z ustida muntazam ishlaydigan talabalardan surashi, bunda talabalarga murojat qilishdagi bir xil shakllardan qochishi, ularning izzat rafsini qadrlashi, hadeb bir talabadan surayverib boshqalarni esdan chiqarib quymasligi kerak.
Bilim,ko’nikma va malakalarni tekshirish hamda baholash ikki xil formada frontal va indivudual tarzda olib boriladi. Frontal surash kamroq qo’llanadi va undan biror murakkab mehnat usulini, nazariy qoidani butun gruppa qanchalik to’g’ri o’zlashtirganini tekshirish zarur bo’lib qolganda foydalaniladi. Odatda tayyor buyumlarni baholashda frontal tekshirish qo’llanadi. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish og’zaki, yozma va amaliy bo’lishi mumkin. Og’izaki tekshirish talabalar bilimining saviyasi, puxtaligi va ongliligini aniqlash imkonini beradi. Bilimlarni yozma tekshirish nisbatan kamroq, odatda talabalar bilimini «sinab» ko’rish kerak bo’lganda, ya’ni talabalar berilgan mavzuni o’rganishga u yoki bu masala bo’yicha qanday bilimlar bilan kelgani va bu bilimlar mavzuni o’rgangandan keyin qanchalik to’lganini aniqlash zarur bo’lganda qo’llanadi. Bilimlarni amalda tekshirish texnologiya ta’limida alohida o’rin tutadi, chunki, talabalarning texnologiya ta’limi yo’nalishi darslaridagi faoliyati asosan ijtimoiy foydali mahsulot yaratishga qaratilgan bo’ladi va shu yo’l bilan moddiy ifodasini topadi. Keyingi yillarda o’qituvchilar dasturlashtirilgan nazorat qilishdan keng foydalanmoqdalar. Bunda so’rash vaqtini qisqartirish va unga hamma talabalarni qamrab olish mumkin bo’ladi. Tajriba bilimlarni dasturlashtirilgan nazorat qilishni qo’llash talabalarni aktivlashtirishi, bilim, saviyasini oshirishi, bilimlarning mustahkamligini ta’minlashini ko’rsatmoqda. Download 22.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling