Ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


Download 1.34 Mb.
bet19/26
Sana23.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1651169
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Murod Abdukarimov - ilmiy ish 2023

Volanni o‘yinga kiritish. Volanni o‘yinga kiritish bilan bog‘liq texnik element oshirish deb nomlanadi. Volan qoidalarda ko‘rsatilgan tartibda o‘yinga
kiritilishi kerak. Ushbu qoidalarga ko‘ra, volanga zarba berilayotgan paytda raketka kallagining gardishi uni o‘yinga kiritayotgan sportchining belidan baland, raketkaning kallagi esa uning dastagidan balandda bo!lmasligi lozim. O‘yin davom etishi uchun volanga zarba berilgandan keyin u raqibning zarbasini qabul qilishning tegishli kvadratiga o‘tishi zarur (yakkalik va juftlik o‘yinlari uchun).
Volanni o‘yinga kiritish paytida uni quyidagi asosiy usullar bilan ushlab turish tavsiya etiladi:

  1. barmoqlar va volan o‘rtasidagi aloqa maydonini hamda uni noto‘g‘ri oshirish ehtimolini kamaytirish uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan volanning o‘yinchiga yaqin path qismidan ushlanadi; bu usuldan volanga raketkaning yopiq tornoni bilan qisqa, yassi va baland-hujumkor zarba berishda foydalaniladi (6-rasm);

  2. bosh va ko‘rsatkiсh barmoqlar bilan volanning patlari aylanasi bo‘ylab yoki boshchasiga yaqin ushlanadi; bu usul volanga raketkaning ochiq tornoni bilan yassi, baland-olis, baland-hujumkor zarba berishda qo‘llaniladi.(6-rasm);

Badminton o‘yini qoidalariga ko‘ra, volanni o‘yinga kiritishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

  • volanni oshirish boshlanishidan u tugallanguniga qadar zarba beruvchining ham, uni qabul qiluvchining ham oyoqlari hech bo‘lmasa tovon yoki barmoq qismi bilan yerdan uzilmasligi va harakatsiz holatda bo‘lishi kerak;

  • boshlang‘ich holatda zarba beruvchining raketkasi volanning boshchasiga tegib turishi zarur;

  • zarba berilayotgan paytda volan to‘lig‘icha badmintonchining belidan pastda boiishi lozim; bel deganda eng pastki qovurg‘a kesimida o‘tadigan tasavuriy chiziq tushuniladi;

  • volanga zarba berish paytida badmintonchining raketkasi sterjeni past tomonga egilib turgan bo‘lishi kerak;

  • volanni oshirish boshlanishidan u tugallangunga qadar zarba beruvchining raketkasi faqat oldinga qarab harakatlanishi zarur.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling