Ta`lim global muammo sifatida
Ta`lim tizimidagi muammolar
Download 48.85 Kb.
|
Ta`lim global muammo sifatida
Ta`lim tizimidagi muammolar
O‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilarga bahslashish, o‘zining fikrini bayon etishga imkon juda kam berilishi; ayrim mashg‘ulotlarda pedagoglar eski ma’lumotlarni takrorlash bilan cheklanib qolayotganligi, ularning talab darajasida tayyorgarlik ko‘rmaganligi, bilim va kasb saviyasining pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, kompetentliklari esa yetarli darajada emasligi sezilmoqda. Bu muammolarni bartaraf etish pedagoglarning malakasini muntazam oshirishni, bunda alternativ usullarni qo‘llash hamda tinimsiz izlanishlarini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida pedagoga katta mas’uliyat yuklaydi. Hozirda o‘quv dasturi mazmuni va strukturasini qayta ko‘rib chiqish juda muhim. U pedagog uchun “ko‘zgu” vazifasini bajarishi lozim. Chunki, inson ko‘zgu (oyna)ga qarab o‘zining butun bir vujudini ko‘radi. Shuning uchun ham pedagog o‘z fani bo‘yicha o‘quv dasturiga qarab, butun bir faoliyatini, o‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilarga yetkazishi lozim bo‘lgan jarayon borishini, unda amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalarni eslaydi. Lekin, amaldagi fan dasturlarida o‘ziga yarasha kamchiliklar mavjud: jumladan: kirish qismida fanning dolzarbligi va ahamiyati to‘liq ochib berilmasligi; fanni o‘qitishda maqsad va vazifalarning chuqur, aniq yoritib berilmasligi yoki haddan tashqari ko‘pligi; ta’lim oluvchilarga qo‘yilayotgan malaka talablarining bugungi kun talablari asosida shakllantirilmaganligi, bu borada ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi; kursdan kursga o‘tishda yoki bitiruvchilarda malaka talablarini egallaganlik darajasini aniqlovchi mezonlar va ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilmaganligi; malaka talablarini ishlab chiqishda ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlari (mustaqillik, ijodkorlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik) hamda mantiqiy fikrlash operatsiyalari (tahlil qila olish, klassifikatsiyalash, solishtirish, taqqoslash, umumllashtirish, xulosa chiqarish, amaliyotga joriy etish kabi) kabi omillarga deyarli e’tibor berilmasligi; o‘quv dasturlari strukturasini yangilash va o‘zgartirish zaruriyati; o‘quv jarayonini loyihalash mexanizmlarini kiritish zaruriyati; pedagogik va axborot texnologiyalarining hamda mustaqil ta’limning to‘g‘ri talqin etilmaganligi; foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatiga yillar bo‘yicha chegara qo‘yilganligi va boshqalar. Yuqoridagi kabi kamchiliklarni barataraf etish bilan biz zamonaviy o‘quv dasturlarning yaratilishiga erishamiz. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblayman: birinchidan, fan dasturining kirish qismida o‘qitiladigan fanning dolzarbligi va ahamiyati, uning maqsad va vazifalari, uning kelajakda nima kerakligini ochib berishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Buni fanga tegishli hayotiy misollar, fan va texnologiyalar, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu albatta ta’lim oluvchilarda fanga bo‘lgan boshlang‘ich motivatsiyani uyg‘otishga, kelajakka bo‘lgan ishonch kurtaklarining yuzaga kelishiga yordam beradi; ikkinchidan, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Respublikamizga xorijdan ko‘plab yangi texnika va texnologiyalar, investisiyalar kirib kelmoqda, qolaversa o‘zimizda ham ishlab chiqarilmoqda, yangiyangi korxona hamda ishlab chiqarish tashkilotlari barpo etilmoqda. Albatta ertaga ularda mustaqil ishlay oladigan, ularni boshqara oladigan mutaxassis zarur. Shuning uchun bugungi kunda biz kelajak uchun tayyorlayapgan mutaxassislarimizga ular tomonidan qo‘yilayotgan zamonaviy malaka talablarini aniq, to‘g‘ri, pala-partish qilmasdan, “bizdan ketdi - egasiga yetdi” tarzida ish qilmasdan o‘rganib, kerak bo‘lsa ushbu korxona va tashkilotlarga borib, ko‘z bilan ko‘rib, ularning yetakchi, tajribali mutaxassislari bilan hamkorlikda shakllantirish lozim. So‘ngra ushbu tayyor malaka talablari o‘quv dasturida o‘z aksini topishi lozim; uchinchidan, amaldagi o‘quv dasturlarida soatlar taqsimotini jadval shaklida berish. O‘quv rejadagi fan mavzusi soatlari taqsimoti o‘quv dasturida o‘z aksini topishi maqsadga muvofiq. Chunki, pedagog dasturni ochganda soatlarni izlab yurmaydi, o‘quv rejasiga murojaat qilmaydi. Bu ishni osonlashtiradi va vaqtni tejaydi; to‘rtinchidan, o‘quv dasturida fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish deb: aqliy hujum, bumerang, sinkveyn, konseptual jadval kabi interfaol usullar yozilganini kuzatamiz. Axir ular pedagogik texnologiyalar emas-ku, ular pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan interfaol usullardir. Axborot texnologiyalari bo‘yicha esa biron bir texnologiya nomi yozilmagan. Demak, bu noto‘g‘ri yondashuv va talqin. Shuning uchun bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar deb: ta’lim oluvchining ijtimoiy va bilish faolligini ta’minlashga yo‘naltirilgan - shaxsiy-insonparvarlik; o‘quv jarayonining texnologik darajasini to‘liq ifodalash, amalda joriy etishga yo‘naltirilgan – loyihalash; mustaqillik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, hamkorlik, ijodkorlik kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan - muammoli o‘qitish; ta’lim oluvchida ijodkorlik, yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan - evristik o‘qitishni e’tiborga olish. Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilan interfaol usullar deb, bunda ta’lim oluvchining: mustaqil va ijodiy ishiga yo‘naltirilgan - kichik guruhlarda ijodiy izlanish; bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy maqola, risola va kitoblar bilan tanishtirish orqali, bilim olish va fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakasini yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashiga yo‘naltirilgan - erkin fikrlash; tinglash va muloqot qilish ko‘nikmasini, turli nuqtai nazardan tushunish malakasini rivojlantirish, bahsli masalalarni hal qilish, tahliliy mushohada yuritish va fikrlash layoqatini oshirish, o‘z fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlashga yo‘naltirilgan - tanqidiy tafakkur; faoliyat, muloqat, hamkorlik, turli hayotiy hodisalarni boshdan kechirishga yo‘naltirilgan – diskussiya; fikrini hamda mavzuga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishiga va to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordam berish, erkin holda bahslashishga yo‘naltirilgan – muloqot; shaxsiy funksiyasini dolzarblashtirishga, uning muhim tanlashni amalga oshirish tajribasini to‘plashga, tanqidiy qabul qilishga, hayojonli muammolarni ijodiy yechishga refleksiyaga maxsus yo‘naltirilgan – dialog; mustaqil ishlash ko‘nikmasi, ijodiy fikrlash qobiliyati va jamoani boshqarish, yechim qabul qilish hamda uni bajarishni tashkil etish malakasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan – o‘yinni e’tiborga olish. Axborot texnologiyalari deb: dasturlashtirilgan, avtomatlashtirilgan, chiziqli texnologiyalarga e’tiborni qaratish; beshinchidan, loyihalashni o‘quv dasturlariga kiritish. Bu juda muhim. Ma’lumki, pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifalardan biri bu, faoliyatni, jarayonni loyihalash hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fan dasturida o‘z aksini topishi kerak. Jarayonni loyihalashda: mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish hamda o‘quv maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ni aniqlashtirishni; o‘qitishning texnologik usullari variantlarini tuzishni; har bir variantni baholash va optimalini tanlash ya’ni, loyihalanayotgan jarayonning umumiy modelini yaratish va modellashtirishni; tanlangan texnologik usulni amalga oshirish yo‘llarini, ya’ni pedagogning ta’lim oluvchilar o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha didaktik faoliyati tizimlarini ishlab chiqishni; jarayonni moddiy-texnik ta’minlashni tanlash kabilarga alohida e’tibor qaratish lozim; oltinchidan, mustaqil ta’lim, mustaqil ishni to‘g‘ri talqin etish. Ko‘pchilik o‘quv dasturida laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar, seminar mashg‘ulotlari alohidaalohida yoritilgan. Axir, bularning barchasi mustaqil ta’lim shakllariga kiradi-ku. Shuning uchun ham ularni fan dasturida “mustaqil ta’lim” nomi bilan alohida paragraf qilib yoritish lozim. Shu bilan bir qatorda, ayrim fan dasturlarida barcha mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish shakli sifatida faqat “referat yozish” berilganligini kuzatish mumkin. Bu hozir modadan qoldi-ku. Bugungi kunda t’lim oluvchilarga referat yozish kerak desangiz, ular ARMdagi yoki Internetdagi tayyor ma’lumotlarni ko‘chirib yozib kelishadi. Shuning chun ham hozirda ularga kasbiy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlarni yaratishga oid, shuningdek, muammoli savol va topshiriqlarga javob topishga qaratilgan vazifalarni ko‘proq berishimiz maqsadga muvofiq. Bu o‘z navbatida ularning o‘z ustlarida mustaqil ishlashlariga, ARM va Internet tarmoqlarida izlanishlariga, tajribali pedagoglar bilan hamkorlik qilishlariga, ularning u yoki bu manbalardan ma’lumotlarning ko‘chirib olishlari oldini olishga yordam beradi; yettinchidan, oxirgi 10-15 yil ichida foydalangan adabiyotlar bo‘lishi kerak deyilgan. Bu ayniqsa, pedagogika yo‘nalishida mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, bugungi kunda ajdodlarimiz, avlodlarimiz, bobolarimiz tuzuklaridan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Shuning uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatiga yillar bo‘yicha chegara qo‘ymaslik kerak. Download 48.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling