Таълим жараёнида илђор педагогик технологиялардан фойдаланиш
II.BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISHDA INTERFAOL O‘YINLARDAN FOYDALANISH
Download 255.5 Kb.
|
Таълим жараёнида илђор педагогик технологиялардан фойдаланиш
II.BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISHDA INTERFAOL O‘YINLARDAN FOYDALANISH.
2.1. O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDAGI FAOLLIKNI OSHIRISHDA INTERFAOL O‘YINLARNING TUTGAN O‘RNI. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari– norasmiy bahs– munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o‘qish,o‘rganish, seminarlar o‘tkazish, o‘quvchilarni tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat. Interfaollik, bu – o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o‘quv- biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi – o‘quvchilarning o `zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi – o‘qituvchi, o‘quvchi – o‘quvchi (sub’yekti –sub’yekti) suhbatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarni ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. O‘zaro fikr almashish jarayoni hosil bo‘ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi. Interfaol ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat – dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologialar yordamida amalga oshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o‘z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o‘qitish, masofadan o‘qitish, internet tarmoqlari asosida o‘qitish, media – ta’lim metodlaridan iborat. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiyatlariga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Agar o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchi o‘zining o‘zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo‘lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o‘yinlar orqali amallarga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o‘yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi . Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof –muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turi yo‘lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda talil qilish,hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mutaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o‘stirish, til o‘rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi. Interfaol o‘yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi. -ishtirokchilarni tarkibi bo‘yicha, ya’ni o‘g‘il bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o‘yinlar: -ishtirokchilarning soni bo‘yicha –yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o‘yinlar: - o‘yin jarayoni bo‘yicha fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan; -vaqt me’yori bo‘yicha–dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan o‘yinlar. Bularning bari o‘quvchilarga fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ularda olam tuzilishini ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshalng‘ich sinf o‘quvchilari uchun birinchi masala bu savodxonlikka erishish. Savodxonlikka erishish uchun o‘qish, yozish hamda matematikaning boshlang‘ich bilimlarini bilish kiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan ona tili o‘qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o‘qish va nutq o‘stirish bo‘limida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuniga; o‘quvchilarni to‘g‘ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o‘qishga o‘rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g‘oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O‘qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog‘lab o‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O‘qish va nutq o‘stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. O‘qish darslar davomida o‘quvchilar so‘zdagi harflarni bir-biriga bog‘lab yozish, so‘z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari yuqori sinflardagi o‘zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. O‘qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o‘qituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo‘ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o‘yinda bo‘ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o‘yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o‘qish orqali amalga oshiriladi. Ifodali o‘qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o‘zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o‘qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o‘qish darslarda o‘quvchilarning zerikishiga yo‘l qo‘ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg‘otadi. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. Ta’limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma’naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: • O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; • hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish; • o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; • o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim). Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: • o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi; • o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar 237 Декабрь 2020 10-қисм Тошкент va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar; • o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin. 1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi. «Videotopishmoq» metodi Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: • o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi; • o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi; • jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi; • o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi. Ta’lim va o‘qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika o‘rganadi. Umuman pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo‘shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o‘qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Boshlang‘ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo‘lgan. U ham o‘qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O‘zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi. Ular ham o‘zbek xalq maktablarini ochish, o‘quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar. Didaktikaga asoslangan holda biz o‘quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli o‘tish uslubini ham to‘g‘ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko‘rgazmali va texnika vositalari bilan o‘tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o‘tadi. O‘qituvchi izlanuvchan bo‘lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o‘tishi uchun faqat ko‘rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o‘yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim. O‘yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Ular bu yoshda o‘yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo‘ladi. O‘yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh bo‘lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o‘yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o‘yin bilan o‘tadi. O‘yinlar faqat didaktik vosita bo‘lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o‘yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o‘yin faoliyatini boshqarishini o‘rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. Tilni o‘rganish o‘quvcilar zehni, aqli, ongi, madaniy darajasini oshiradi va tilni puxta o‘rganmay turib, boshqa fanlarni o‘zlashtirish qiyin. Chunki har bir predmetni ifodalash, bolaga o‘rgatish hamisha so‘zlar vositasida amalga oshadi. O‘yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin jarayonida qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengishga o‘rgatib boradi. O‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o‘yin orqali materiallarning ko‘rinishi, rangi, tuzilishi turli o‘simlik va hayvonot olamidagi o‘zgarishlarni anglaydilar. O‘yin- bu bolalar uchun o‘qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o‘yin darsiga aylantirib qo‘ymaslik lozim. Bola hayotining asosiy turi o‘yindir. “Bola uchun o‘yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir, o‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa bor. Bolalarning o‘yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo‘lib, o‘z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o‘yinga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi, bu o‘yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog‘liq faoliyatini, so‘ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. O‘yin o‘sib borayotgan bola organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali bolalarda tashkilotchilik ko‘nikmalari tarbiyalanadi. Ammo o‘yin har qanday sharoitda ham o‘yindir. Shunday o‘yinlar ham borki, ular bolalarga mustaqillikni, oddiylikni, bir- biriga yordam berish hissini tarbiyalaydi. Yan Amos Kamenskiy Grammatik o‘yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog‘lom bo‘lishi uchun u doimiy harakatda bo‘lishi zarur, shundagina o‘yin qiziqarli o‘tadi. O‘yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti-harakatlarini doimo kuzatib turishi kerak. Chunki bolalar o‘yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar. Psixologik olimlar o‘yinlarni to‘rt guruhga bo‘ladilar: Download 255.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling