Таълим жараёнида илђор педагогик технологиялардан фойдаланиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Download 31.5 Kb.
|
Mamatoxirov Komilabonu
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Ona tili fanining predmeti va vazifalari. Ona tili – nutq, o`qish va yozish sohasidagi ko`nikma va malakalar o`quvchilar o`quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o`qish ko`nikmalarini egallash bilan birinchi navbatda, o`z ona tilini o`rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni o`qitish vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o`rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg`otishda ham alohida rol o`ynaydi. Ona tili o`qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. Chunki u nazariyaga asoslanib o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash, o`stirishning amaliy vazifalarini bajaradi. Ona tili o`qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o`qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi. Ona tilidan ko`nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o`zlashtirish qonuniyatlarini o`rganadi, til o`rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi. Ona tili o`qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi: Nimani o`qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang`ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o`quv qo`llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi. Qanday o`qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo`llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi. Nega xuddi mana shunday o`qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o`rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi. Ona tili o`qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlaydi, o`qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi. Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi. Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o`rgatiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o`stirish nazarda tutiladi. Boshlang`ich sinfda o`quvchilar nutqini o`stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o`zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling