Ta`lim jarayoniga zamonaviy ta`lim texnologiyalarini kiritish va ularni qo`llashdagi vazifalar


Download 18.23 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi18.23 Kb.
#1390895
Bog'liq
Д. Даулетназарова


Ta`lim jarayoniga zamonaviy ta`lim texnologiyalarini kiritish va ularni qo`llashdagi vazifalar
D. Dauletnazarova-pedagogika kafedrasi asissent o`qituvchisi
Otajonova Nilufar 3-kurs talabasi
Saparboeva Guliza 3-kurs talabasi
Qodirberganova Mardona 3-kurs talabasi
Ajiniyoz nomidagi NukusDPI, Nukus shahri
O`zbekistonda ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub maqsadi, inson va uning manfaatlari, uning faravon hayot kechirishini taminlash hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgandir. Ma`lumki har bir davlatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan baholanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Bugun hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta’lim-tarbiya mazmunini tubdan o’zgartirish, uni zamon talabi darajasiga ko’tarish asosiy o’rinni egallaydi” deb aytganlar.
1Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so`z texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so`zdan – “texnos” (Techne) – san`at , hunar va “logos” (logos) – fan so`zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma`nosini anglatadi “Texnologiya” atamasi pedagogika fani tomonidan ishlab chiqarish sohasidan o`zlashtirilganki, bunda “yuqori asosli psixologiya – pedogogik muhandisligi maydoniga o`zgaradi” [1. 56-b].
O’qituvchi innovatsion texnologiyalardan foydalanib darsni tashkil etar ekan turli texnik vositalardan (kompyuter, proyektor, elektron doska vahokazo) ham foydalanishi mumkin. O’quv jarayonida innovatsiyalar yanada ko’p bo’lar ekan dars mazmuni yanada oshadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning asosiy maqsadi o’qituvchi va o’quvchi orasida munosabatning barqarorlashuvi, o’quvchilarni fanga qiziqtirish, o’rganilgan bilimlarni hayotda qo’llay bilish va o’quvchilarning darsdagi faolligini oshirish kabi misollarni keltirish mumkin.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni kiritish va
ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:
2- pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim texnologiya asoslari bilan
tanishtirish - ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi
o‘qituvchilarni aniqlash. Ular orqali pedagog-o‘qituvchilarga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maqsadni, uning
mohiyatini yetkazish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bo‘lgan
pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llash
jarayoniga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish:
ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini ishlab chiqish, ta’lim
(tarbiya) jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va vazifalarni
belgilash, ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash (taxmin qilish) va
uning samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul
shakl, usul hamda texnik vositalarni tanlash, ta’lim jarayonida talabaning
erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko‘nikma hamda malakalarning shakllanishi uchun vaqt o‘rnini belgilash, ularning bilimlari darajasini avvaldan tashxislash, talabalar faoliyatini yo‘naltirish, nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish bilan bog‘liq individual maslahatlar berish, seminarlar, treninglar, ko‘rgazmali darslar tashkil etish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog o‘qituvchilarning ta’lim jarayonini tashkil etishga ijodiy yondashuvi
samaradorligini baholashning ishonarliligini ta’minlash uchun uning
monitoringini olib borish, kuzatuv va tahlillar o‘tkazish, metodik
yordamlar ko‘rsatish va ularning hisobotlarini eshitib borish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini
mashg‘ulotlar jarayonida sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tahlil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlashning
afzalliklarini innovator o‘qituvchilarni kafedra yig‘ilishlaridagi ilmiy-uslubiy
seminarlarda, oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlarida chiqishlarini tashkil etib, pedagogik jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
- oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik
texnologiyalar bo‘yicha ishlovchi innovatsion (pedagogik texnologiya)
markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan
ta’minlanishi zarur;
- ta’lim texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish borasidagi
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog-o‘qituvchilardan
innovator pedagogik jamoani shakllantirish va h.k [2. 14-15-b].
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida
muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va
raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tarbiyalashga imkon beradi.
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki darsni turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanib o`tish orqali ta`lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, shuningdek jamoa o`rtasida o`zaro hamkorlini shakllantirishga erishishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. A.M. Kushnir, 2004-y. 56-bet

  2. Z. F. Sharopova Ta’lim texnologiyalari. O`quv qo`llanma.- T.: 2019, 14-15-bet.

Download 18.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling