Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi
Download 47.08 Kb.
|
“Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Askarlar ta’limi jarayonining asosiy printsiplari.
“Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi” REJA 1. Askarlar ta’limi jarayonining asosiy printsiplari. 2. Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi printsipi. 3. Ta’limda tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik printsipi. 1. Askarlar ta’limi jarayonining asosiy printsiplari. Qurolli Kuchlar doimiy jangovar tayyorgarligining muhim tarkibiy qismlaridan biri bўlinmalar, qismlarning jangovar ўquvi, shaxsiy tarkibning harbiy mahoratidir. Askarlarga ta’lim berish jarayonining pedagogik mohiyatini harbiy pedagogikaning muhim tarkibiy qismi bўlgan harbiy didaktika ўrganadi. Askarlar ta’limi jarayonining qonuniyatlarini tadqiq etar ekan, didaktika uning printsiplari, shakl va metodlari, moddiy-texnikaviy vositalari va shu kabilarni belgilaydi. Sanab ўtilgan vazifalarni hal etish davomida harbiy didaktika askarlar ta’limi jarayonining metodik tizimida ўz aksini topuvchi nazariy modelini tuzadi. SHaxsiy tarkib ta’limining aniq (xususiy) metodikasi sifatida harbiy didaktika unga qўyiladigan talablarni belgilab beradi. Harbiy faoliyat ўzining maqsadi va tabiatiga kўra harbiy xizmatchilardan uzluksiz, aniq tizim asosidagi tayyorgarlikni talab qiladi. SHuning uchun ham ўz harbiy mutaxassisligini chuqur egallash, ўzining bilimlari, kўnikmalari va malakalarini, mahoratini tinmay takomillashtirib borish har bir harbiy xizmatchining muqaddas burchi sanaladi. Askarlar ta’limi jarayonining mohiyatini, mazmunini, metodikasini va uni tashkil etish yўllarini harbiy pedagogikaning tarkibiy qismi bўlgan harbiy didaktika (yunon tilida “didasko” - ўqitaman) ўrganadi. Askarlarga ta’lim berish jarayonini tadqiq qilar ekan, harbiy didaktika ta’lim qonuniyatlari va printsiplarini ўrganadi, turli shakl va metodlarni, usul va vositalarni samarali qўllash shartlarini asoslab beradi. SHu bilan birga u askarlar ta’limi mazmunini, uni tashkil etishni va metodikasini bashorat qiladi va takomillashtirish bўyicha tavsiyalar beradi. Askarlar ta’limining harbiy didaktikada yoritiladigan umumiy qonuniyatlari turli ўquv fanlarini ўrganish jarayonida ўziga xos tarzda namoyon bўladi. Bu ўziga xoslikni xususiy metodikalar ўrganadi. Masalan: ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, taktika, jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik metodikasi va boshqalar. Askarlar ta’limining umumiy nazariyasi sifatida harbiy didaktika metodikalar ўrtasidagi aloqadorlikni va turli pedagogik vazifalarni hal qilishda yagona yondashuvni ta’minlaydi. Harbiy didaktika xususiy metodikalarga tayanadi, ular tўrisidagi ma’lumotlar bilan boyib boradi va shu bilan birga ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib boradi. Harbiy didaktika askarlar ta’limini murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida ўrganadi va bu jarayonning quyidagi asosiy funktsiyalarini belgilaydi: ta’limiy (askarlarni bilim, kўnikma va malakalar bilan qurollantirish); tarbiyaviy (askarlarda ўz Vatanining qurolli himoyachisi uchun zarur shaxsiy xislatlarni tarbiyalash); rivojlantiruvchi (askar shaxsini komil inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish) va ruhiy tayyorlash (askarlarda xizmat vazifalarini bajarishga va jangovar vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga ruhiy tayyorlikni shakllantirish). Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda, askarlar ta’limi jarayoni ta’lim beruvchi (komandir, boshliq, ўqituvchi, instruktor)ning ўqitish, saboq berish va ta’lim oluvchi (bўysunuvchi)ning ўqish, ўrganish bўyicha maqsadli, tizimli va hamkorlikdagi faoliyatidir. Bu jarayonda ta’lim beruvchi rahbar funktsiyasini bajaradi. Uning asosiy pedagogik vazifasi quyidagilardan iborat: bўysunuvchilarning ўquv faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish; ўquv materialini tizimli va ilmiy asosda bayon etish; askarlarda bilim olishga nisbatan qiziqish uyotish va ijobiy motivlarni shakllantirish; ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, kўnikma va malakalarini rivojlantirish malakalarini shakllantirish; harbiy mahoratni takomillashtirish; bўysunuvchilarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi holatini tekshirish, bilim, kўnikma va malakalarini hamda kasbiy mahoratini baholash. Bu vazifalarni bajarar ekan, komandir (boshliq) avvalambor, bўysunuvchilarning ўquv faoliyatining tashkilotchisi sifatida qatnashadi. Uning ta’siri ostida askarlar faol faoliyatga kirishadilar: tinglaydilar, kuzatadilar, zarur harakatlarni bajaradilar, ўqiydilar, yozadilar, oldilariga qўyilgan masalalarni muhokama qiladilar, ўz mehnatlarini tahlil qiladilar va komandir (boshliq) kўmagida kerakli tuzatishlar kiritadilar. Bu faoliyat jarayonida ta’lim oluvchilar tegishli bilim, kўnikma va malakalarga ega bўladilar. SHu bilan bir vaqtda ularning tafakkuri rivojlanadi, irodasi va xarakteri chiniqadi, ma’naviy-axloqiy va jangovar xislatlari, hissiy-irodaviy turunligi, jangovar vaziyatlarda harakat qilish uchun ruhiy tayyorgarligi shakllanadi. Askarlar ta’limining muhim qonuniyatlaridan biri ta’lim jarayonini hozirgi davr talablari asosida, zamonaviy urush xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish hisoblanadi. Fan va texnikaning rivojlanishi, Qurolli Kuchlarlarning zamonaviy va murakkab jangovar texnika va qurol-yarolar bilan ta’minlanishi, yangi ta’lim texnologiyalarining yaratilishi va boshqa shu kabi hozirgi zamonga xos ўzgarishlar ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan tobora yangi talablar qўymoqda. Bu esa ўz navbatida ta’lim oluvchidan qўshimcha aqliy, ma’naviy, ruhiy va jismoniy zўriqishni, hissiy-irodaviy turunlikni talab qiladi. Askarlar ta’lim jarayonda egallashi lozim bўlgan bilim, kўnikma va malakalar tizimi ta’lim mazmunini tashkil etadi. Harbiy mutaxassislarni tayyorlash bўyicha ta’lim standartlari, ўquv dasturlari, rejalari ta’lim mazmunini belgilab beradi. Download 47.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling