Ta’lim jarayonlarini raqamlashtrishda qo‘llaniluvchi dasturiy ta’minotlar
Download 19.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqFaxriddinova maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOFTWARE USED IN THE DIGITALIZATION OF EDUCATIONAL PROCESSES Faxriddinova Hilola Vahobjon qizi
- Annotatsiya
- Ключевые слова
TA’LIM JARAYoNLARINI RaqAMLASHTRISHDA qo‘llaniluvchi dasturiy ta’minotlar ПРОГРАММНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗУЕМОЕ ПРИ ЦИФРОВИЗАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ SOFTWARE USED IN THE DIGITALIZATION OF EDUCATIONAL PROCESSES Faxriddinova Hilola Vahobjon qizi Navoiy Davlat Pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti talabasi E-mail: @hilolafaxriddinova753gmail.com Tel: +998945540218 Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonlarini raqamlashtrish, raqamlashtrish jarayoni boshqarishda foydlanadigan ba’zi bir amaliy dasturlar ularning imkoniyatlari va ushbiu dasturiy vositlardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish haqida fikr va mulohazalar yuritilgan. Kalit so’zlar: virtual, virtual dars ishlanmasi, web-texnologiya, HTML, teg. Аннотация: В данной статье рассматриваются некоторые практические программы, используемые при цифровизации образовательных процессов, управление процессами цифровизации, их возможности, а также эффективное использование этих программных средств в образовательном процессе. Ключевые слова: виртуальный, разработка виртуальных уроков, веб-технологии, HTML, тег. Abstract: In this article, some practical programs used in the digitalization of educational processes, digitalization process management, their capabilities, and the effective use of these software tools in the educational process are discussed. Keywords: virtual, virtual lesson development, web technology, HTML, teg. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonini boshqarishda foydalanish ta’limning samaradorligi oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Buning asosiy sabablaridan biri, o‘quv jarayonini to‘liq nazorat qilish va uni yangilab borish imkoniyatining yaratilishidadir. Masalan, ta’lim muassasasining lokal tarmog‘ida berilayotgan ma’lumotlar, hujjatlar hajmining qisqarishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida, ta’lim jarayonida qabul qilinayotgan boshqaruvga doir qarorlarni qabul qilishda vaqtni tejash imkoniyatini yaratadi. Masofali o‘qitish tizimining asosini kompyuter, axborot va pedagogik texnologiyalar tashkil etishi shubhasiz. Ta’limda axborot texnologiyalari haqida gapirganimizda, birinchi navbatda on-layn tizimida o‘qitish, masofali ta’lim, interaktiv pedagogika va turli o‘quv shakllari ko‘rinishidagi didaktik tizimlarni nazarda tutishimiz talab etiladi [1]. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish – bu bilim, ko‘nikma va malakalarning elektron shakldagi ma’lumotlar bazasini yaratish va bu baza asosida olingan bilimlarni nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish masalasini echishni talab etadi. Dissertatsiya ishining ushbu bo‘limida o‘qitish jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan bilimlarning elektron – resurslarini ishlab chiqish masalasining echimini olish algoritmi va dasturiy ta’minoti qarab chiqilgan. Shunday qilib, o‘qitish jarayonida AKTni qo‘llashda asosiy e’tibor bilimlarning elektron shakllarini ishlab chiqishga qaratilar ekan. Elektron –o‘quv resurslarni ishlab chiqishda esa, ta’lim oluvchilarga beriladigan ma’lumotlarni (BKM) to‘liq tassavur qilish yoki loyihalash uchun ularga qo‘yiladigan talablarni e’tiborga olish lozim. Shu o‘rinda bilimlarni shakllantirishda asos qilib olinadigan o‘quv-me’yoriy hujjatlarni tavsiflab o‘tamiz [2]. Download 19.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling