Ta'lim mazmuni — taraqqiyot mezoni
Download 346.67 Kb.
|
Ta\'lim mazmun
Yuqorida aytilgan taʼlimga notoʻgʻri yondashuv bilan bogʻliq masalalar, oʻz navbatida, kadrlarning hududlar kesimidagi taqsimotida muvozanatning buzilishi, amaldagi oʻquv reja va dasturlarda nomutaxassislik fanlari ulushining yuqoriligi, oʻquv adabiyotlarining yetishmasligi, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni amaliyotga joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoriylashtirish mexanizmining kuchsizligi kabi muammolarga sabab boʻlgan.Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida Prezidentimiz taʼlim tizimi xodimlari oldiga oliy taʼlimga qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish, sohada sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oʻquv yuklamalarini optimallashtirish, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash, taʼlimda nodavlat va xususiy sektorning rolini oshirish, taʼlimni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish, nufuzli chet el oliy oʻquv yurtlari bilan yaqindan hamkorlikni kuchaytirish kabi vazifalarni qoʻymoqda.Umuman, oldimizda turgan vazifalar juda koʻp. Eng asosiysi, oʻquv-tarbiya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning zamonaviy taʼlimga qoʻyiladigan talablarga javob berishidir. Murojaatnomada pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega boʻlgan, oʻz ishida aniq natijalarga erishgan oʻqituvchilarga yuqori maosh toʻlash tizimi joriy etilishi aytib oʻtildi.Shuningdek, maktab oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, oʻquv yuklamalari va fanlarni qayta koʻrib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi. Bu ishlarni amalga oshirish, avvalo, tizimdagi rahbarlardan zamonaviy fikrlash va xorij amaliyotini yaxshi bilishni talab qiladi.Download 346.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling