Ta`lim mazmunini belgilo`vchi omillar. Maktabning o`quv rajasi va unga qo`yiladigan talablar. O`quv dasturi va darsliklar
O‘quv darsliklari va unga qo‘yiladigan talablar
Download 79.7 Kb.
|
TA\'LIMNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI
O‘quv darsliklari va unga qo‘yiladigan talablar.
VI.Ta’limning mazmuni darsliklarda konkretlashtiriladi. Darslik ma’lum predmet buyicha dasturda ko‘zda to‘tilgan o‘quv materialini o‘z ichiga olgan, ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan vositadir. Darsliklar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarida bosh manba, o‘qituvchining o‘quv jarayoniga raxbarlik qilishining muhim qo‘llanmasi, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, bilimga qiziqishni rivojlantirishi, mustaqil ishlash malakasi, xotira, tafakkur, nutk va til estetik tarbiya kabilarning muhim vositasi hisoblanadi. O‘zekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan maktab iste’dodli olimlar tomonidan yozilgan, muqobil darsliklarga ega bulmokda. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi darsliklarning mazmuniga, so‘zsiz ta’sir etadi, darsliklar tuldiriladi, kaytadan ishlanadi, yangidan yaratiladi. Lekin darsliklarning stabillik printsipi saqlanib koladi. Darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablar quyidagilardan iborat: 1.Material bayonining qat’iy ilmiyligi va hozirgi zamon fan va texnika rivojiga mosligi. 2.Yuksak g‘oyaviylik va o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash vazifalariga bo‘ysunishi. 3.Darslik mazmunining hayot bilan bog‘liqligi har bir nazariy masalalar yetarlicha asosli misollar, ko‘rsatmalar bilan bo‘lishi va ularning hayotiy ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 4.O‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlarini hisobga olib, materialni izchil va tizimli joylashtirilishi. 5.O‘quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga muvofiq ko‘rsatma va ma’lumotlarning mavjudligi, darslik mazmuniga kuzatish va mashq uchun topshiriqlar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, takrorlash uchun savollar bo‘lishi. 6.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun bayonning oddiy, badiiy va obrazli bulishi. 7.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun chizma, diagramma, rasm va illustratsiyalarning mavjudligi. 8.Darsning tashkiliy ko‘riniishi yaxshi bo‘lishi. Boshlang‘ich ta’lim sharoitida darsliklar tuzishda o‘ziga xosliklar va qiyinchiliklar bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarining darsliklarida boshlang‘ich ilmiy bilimlar beriladi, ular Bolaning hayotiy tajribasi bilan, unga odat bo‘lib qolgan fikr yuritish mantiqi bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikda tushuntirishlar, misollar, topshiriqlar, mashqlar, rasm va suratlar ko‘p bo‘ladi, unga mumkin bo‘lgan o‘yin vaziyatlari, topshiriqlar kiritiladi. O‘quvchining nazariy bog‘liqliklarni topishi va o‘zlashtirishi mashqlarning harakteri va sismavzusiga bog‘liqdir. Bir fanning o‘zi turli sismavzuda muxokama, dalil, isbot va mashqlar yordamida bayon qilinishi mumkin. Hozirgi maktablarda yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan darsliklardan ham keng foydalanilmokda. Bu darsliklarning asosiy xususiyati shundaki, har bir informatsion materialdan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar beriladiki, bo‘lar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikmalarini mustaqil egallashlariga yordam beradi. O‘quv darsliklariga yordamchi o‘quv qo‘llanmalari chiqariladi. Bo‘lar: xrestomatiya, mashq va masalalar tuplami, lugat, spravochnik, o‘qish kitobi, geografik va tarixiy kartalar va boshqalar. Bo‘lar darslik materiallarini kengaytiradi, o‘zlashtirishni yengillashtiradi.O‘quv qo‘llanmalariga ham darsliklarga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi. Bunday o‘quv qo‘llanmalari o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini hosil qilishda muhim o‘rin tutadi. Download 79.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling