Ta’lim menejmenti asoslari Reja


Download 401.47 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi401.47 Kb.
#1024590
Bog'liq
Ta’lim menejmenti asoslari


BERDAQ NOMIDAGI QDU Kimyo-Texnologiya FAKULTETI 3”A” - KImyo GURUHI TALABASI jumamuradov asadbekNING UMUMIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI

Ta’lim menejmenti asoslari

Reja:

  • Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari
  • Ta’lim tizimi va turlari
  • Hozirgi davrda jahonda talim tizimining ahvoli

Ta’lim sohasida davlat siyosati

Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so’z yuritilganda, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so’z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to’xtalib o’tilganligini alohida ta’kidlash zarur.

Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:


1
    • Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib borilishi;

2
    • Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;

3
    • Ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;

4
    • Moliya-xo’jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

5
    • Ta’lim muassasalari O’z. Res. Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatish huquqi beriladi;

6
    • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o’z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Ta’lim menejmenti tushunchasi

Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.

Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari

Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo’lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga erishish, o’quvchi va o’qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o’z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.

Ta’lim muassasasini boshqarish tizimlari

Maktabni boshqarish ishiga maktab inspektsiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo’limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o’rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg’or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi, maktab direktori va o’qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko’rsatadi.

Ta’lim muassasasini boshqarish tizimlari

  • Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o’rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan faoliyatidir.
  • Bir yilda bir marta o’tkaziladigan maktab konferentsiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferentsiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi.
  • Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.

Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim — tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi

Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.

Rivojlangan xorijiy davlatlar va O`zbekiston ta’lim tizimidagi o’zaro uyg’unlik masalalari.

Bizning maktabimiz jaxonda eng ilg’or maktablar bo’lib qolishiga Respublika raxbariyati va xukumati tomonidan xamma shart sharoit yaratilmoqda. Bizning ta’lim tizimlarimiz xam jaxonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. SHu tufayli xam AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ta’limining ustalari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar va muloqotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yuqori baxo berildi.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 401.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling